2. Jahon xo'jaligining rivojlanishi to'g'risidagi ilmiy konsepsiyalar
To'lig'icha jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga bag'ishlangan ilmiy nazariyalar mavjud emas. Ammo jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga alohida e'tibor qaratil-gan ko'psonli iqtisodiy, sotsiologik va ijtimoiy-madaniy nazariyalar mavjud. Ushbu nazariyalarga quyidagi rivojlanish nazariyalarini kiritish mumkin:
Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari nazariyalari.
Yagona industrial va yangi industrial jamiyat nazariyasi.
Postindustrial jamiyat nazariyalari.
Yagona sivilizatsiya nazariyasi.
Sivilizatsiyalar to'qnashuvi nazariyasi.
Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari nazariyalari. Amerikalik iqtisodchi, sotsio-log va tarixchi Uilyam Rostou 1960-yilda «Iqtisodiy o'sish bosqichlari: nokommu-nistik manifesto deb nomlangan kitobida iqtisodiy o'sish bosqichlari nazariyasini yaratdi.
Yagona industrial va yangi industrial jamiyat nazariyalari. Yagona industrial jamiyat nazariyasi fransuz sotsiologi R. Aron nomi bilan bog'liq bo'-lib, turli mamlakatlarda industriallashish jarayoni ular uchun yagona industrial jamiyatning shakllanishiga olib keladi, degan fikrga asoslanadi. Ushbu naza-riyaga muvofiq texnik taraqqiyot nafaqat iqtisodiy qonunlarning amalda qo'l-lanilishini, balki qonunlarning mohiyatini ham modifikatsiyalaydi: mulkchi-likning yetakchilik roli bekor qilinadi, iqtisodiy hokimiyat yirik korporatsiya-lar qo'liga o'tadi, davlatning yordami bilan boylik va kambag'allik o'rtasidagi farq yo'qotiladi.
Postindustrial jamiyat nazariyasi Amerikalik sotsiolog Daniyel Bell fikriga ko'ra, postindustrial jamiyat quyidagi beshta belgi orqali tavsiflanadi:
tovarlar ishlab chiqarish tarmoqlaridan xizmatlar ko'rsatishga o'tish;
bandlar tarkibida malakali mutaxassislar ulushining ortib borishi;
nazariy bilimlarning yetakchiligi;
texnik-iqtisodiy muhitning texnologiyalar ustidan nazorat o'rnatishga yo'nal-tirilishi;
yangi «intellektual texnologiyalar» bilan bog'liq qarorlar qabul qilish jarayonining ta'minlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |