3.2-jadval. AQSHda avtomobillar va poyabzal importiga joriy etilgan tariflardan keladigan daromadlar
|
Qiymat
|
Tariflardan keladigan daromadlar
|
Avtomobillar
|
110
|
1,60
|
Poyabzal
|
15
|
1,63
|
Sanoat jixatdan taraqqiy etgan mamlakatlar olib borayotgan tarif siyosati asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlari va mehnat sig‘imkorligi yuqori tovarlarni eksport qiluvchi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur tarif siyosati doirasida yig‘ilgan import bojlari summasi turli mamlakatlardan kirib kelayotgan importning umumiy qiymatiga nisbatan yirik summani tashkil etadi va ularning foizdagi ifodasi turli mamlakatlar bo‘yicha o‘zgarib turadi.
3.3-jadval. AQSH da turli xil materiallardan tayyorlangan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan tariflar
|
Kostyumlar
|
Ko‘ylaklar
|
Ipak
|
1,9
|
1,9
|
Jun
|
12,0
|
14,3
|
Paxta
|
11,3
|
20,0
|
Sintetika
|
29,0
|
32,5
|
Shu tariqa bunday tariflar to‘qimachilik mahsulotlaridan boshqa mahsulotlarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Diskreminatsion tariflarning yana bir turi tarif eskalatsiyasi deb ataladi. Mazkur tarif tovarning qayta ishlanganlik darajasiga qarab mutanosib ravishda ortib boraveradi. Tarif eskalatsiyasidan sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan keng miqyosda foydalaniladi. 3.4-jadvalda sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar tomonidan qo‘llaniladigan tarif eskalatsiyasiga oid misollar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |