Mavzu: Jahon iqtisodiyotida halqaro kapitalni taqsimlash va qayta taqsimlashda halqaro korporatsiyalarning o`rni


Download 0.68 Mb.
bet16/19
Sana01.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1317076
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotida halqaro kapitalni taqsimlash va qayta taqsimlashda halqaro korporatsiyalarning o`rni

Kvotalash yoki kontingentlash. Umuman, tashqi savdoni davlat tomonidan tar­tibga solishda qo'llaniladigan notarif usullarning 50 dan ortiq turi mavjud. Ularning tarkibida eng keng tarqalgani kvotalardir. Agar tarif usullar aniq bir tovar guruhi bo'yicha eksport yoki import hajmi masalasini ochiq qoldirsa, kvotalar olib kirila- digan yoki olib chiqiladigan mahsulotning qiymat yoki miqdoriy hajmini to'g'ridan to'g'ri cheklash vositasi bo'lib xizmat qiladi.
Kvotalash — bu tovarlar eksporti yoki importini muayyan vaqt ichida ma'lum miqdor yoki summa bilan miqdoriy jihatdan cheklashdir. Kvotalash mavsumiy ko'- rinishda yoki xarakterda bo'lsa kontingentlash shakliga kiradi. Ular o'z yo'nalishiga ko'ra quyidagilarga bo'linadi.
Eksport kvotasi— xalqaro barqarorlashuv shartnomasiga muvofiq muayyan tovarlarning umumiy eksportdagi ulushini belgilash. OPEK yoki biron-bir milliy hukumat tomonidan mamlakat ichki bozorida defitsit tovarlarning chetga chiqib ketishining oldini olishda qo'llaniladi (masalan, Rossiya neft eksportida).
Import kvotasi— milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni himoyalash, savdo balansini muvozanatlashga erishish, ichki bozorda talab va taklifni tartibga solish hamda boshqa mamlakatlar tomonidan diskrinimatsiya (kamsitish) savdo siyosa­ti qo'llanilganda javob tariqasida qo'llaniladi. Masalan, AQSh Yangi Zelandiyadan import qilinadigan sut va qaymoq hajmini 5,7 mln. litr, Niderlandiyadan import qilinadigan muzqaymoq hajmini 104 ming kg., Shveysariyadan keladigan pishloq hajmini 3.4 mln. kg. qilib belgilagan2.
Global kvotalar. Bu tovarlarning qaysi mamlakatga eksport yoki import qili- nishidan qat'i nazar, eksport va importga nisbatan dunyo miqyosida belgilanadi.
Individual kvotalar. Global kvota doirasida tovarni eksport yoki import qila- digan har bir mamlakatga nisbatan belgilanadi.
Import kvotalarini joriy qilishda davlat milliy ishlab chiqaruvchilarga xorijiy raqobat ta'sirini kamaytirishga intiladi. Bunday kvotalarning harakat mexanizmi import tarifla- ridan foydalangandagi holatni eslatadi, ya'ni import tovarlar taklifi cheklanganda ichki narxlar jahon narxiga nisbatan o'sib boradi. Biroq, tarifdan farqli ravishda, import kvo- talari xorijiy raqobatning ichki narxlarga ta'sir qilishiga yo'l qo'ymaydi. Bu usul import- dan keladigan foydani ko'paytiradi va mamlakat to'lov balansini muvozanatga keltirish jarayonini osonlashtiradi. Xalqaro bitimlar orqali qat'iy belgilanadigan tarif stavkalari o'rnatilgan vaziyatda mamlakat yuqoridagi masalani hal eta olmaydi. JST eksport-im- port operatsiyalariga nisbatan miqdoriy cheklashlar joriy qilishga ruxsat beradi.
O'z navbatida, eksport kvotasi milliy ishlab chiqaruvchilarni yetarli tabiiy resurslar bilan ta'minlash, jahon bozoridagi eksport baholarini oshirish va harbiy- strategik maqsadlarga erishish kabi maqsadlarga qaratilgan bo'ladi.
Eksport kvotalari import kvotalari singari mamlakat hukumati tomonidan bir tomonlama tartibda yoki manfaatdor tomon bilan xalqaro kelishuv asosida joriy eti- lishi mumkin. Ular global yoki ma'lum davrda amal qiluvchi mavsumiy ko'rinish- da bo'lishi mumkin.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling