IBRATLI XIKOYa
Bir kuni bir eshak quduqga tushib ketdi va odamlarni yordamga chaqirish uchun bor ovozi bilan hangray boshladi. Uni ovozini eshitgan xo’jayini yugurib keldi va uni quduqdan chiqarib olish uchun qo’lidan kelganini qildi. Eshakni quduqdan chiqarib olishni iloji yo’qligini bilgach, xo’jayin shunday fikr qildi:
«Eshagim ancha qarib qoldi, yaqin orada ketib qolishi aniq, o’zi shu siz xam yoshroq va baquvvatroq eshak olmoqchi bo’lib yurgandim, qolaversa bu quduq ham ancha qurib qoldi, uni anchadan beri ko’mib yuborib yangi quduq qazimoqchi bo’lib yurgandim. Nega endi bitta o’q bilan ikki quyonni urmayin, birdan eshak va quduqni ko’mib qo’ya qolaman». Ko’p o’ylab o’tirmasdan qo’shnilarini yordamga chaqirib, ketmon-kuraklarini olib quduqni tuproq bilan to’ldira boshlashdi. Nima bo’layotganini bilgan eshak, ovozi boricha hangray boshladi. Lekin odamlar uning hangrashiga e’tibor bermasdan, quduqga tuproq tashlashda davom etishardi. Bir mahal eshak jim bo’lib qoldi. Qachonki xo’jayin quduqga qaraganda ajoyib bir manzarani ko’rdi. Eshak o’zining ustiga tushgan tuproqni bir silkinib, tushirib yuborib, oyoqlari ostiga olardi. Biroz vaqt o’tgandan keyin eshak barchani hayratda qoldirib, tuproqlarni oyoqlari bilan tepkilab-tepkilab yuqoriga ko’tarilib, quduqdan chiqib olgan edi!
Balki sizning hayotingizda ham qiyinchiliklar, noxushliklar bo’lgandir va bu kelajakda sizga yangidan yangi yaxshiliklar keltirar. Har qachon sizni ko’mishmoqchi bo’lib ustingizga tuproq tashlasalar, siz yelkangizga tashlangan tuproqni bir silkib tashlab va mana shu tuproqga shukr qilgan holatda yuqoriga ko’tarilavering.… Mana shunday qilib sekin-sekin eng chuqur quduq ostidan yuqoriga chiqa olish mumkin. Har qanday muammo sizga otilgan toshdir. Mana shu toshlar yordamida siz yuqori darajalarga ko’tarilib borasiz.
ODDIY BEShTA QOIDANI YoDINGIZDA TUTING!
Qalbingizni hasad va yomon sifatlardan halos eting. Kim sizni haq yoki nohaq xafa qilgan bo’lsa barchalarini kechirib yuboring.
Qalbingizni havotirlardan halos eting!
Hayotingizni tinch va hotirja’m o’tkazing va boriga shukr qiling!
Ko’proq bering!
Kamroq kuting!
Shunda hayotingiz go’zal bo’ladi!
4. Yakunlash.
“Ijobiy tilaklar gulchambari” mashqi.
Maqsad: Ijobiy ustanovkalarni mustahkamlash.
Mashqning borishi:
O’quvchilar o’rnilaridan turib davra hosil qilib turadi. Har bir o’quvchi yonida turgan sherigini yelkasiga qo’lini qo’yib ijobiy tilaklarini bildiradi.
Tnener so’zi:
Mana hozir har birimiz yonimizdagi do’stimizga o’z ijobiy tilaklarimizni bildirdik. Bu tilaklarimiz yer yuzidagi barcha insonlarni yaxshi tilaklarga qo’shilib uzilmas zanjir hosil qilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |