Mavzu: Jamoadagi psiхologik iqlimni yaxshilashda insondagi ruhiy holatni yaxshilashda treyninglardan foydalanish Har bir mashg’ulot 4 bosqichdan iborat


Download 110.79 Kb.
bet7/13
Sana24.12.2022
Hajmi110.79 Kb.
#1052609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Jamoadagi psiхologik iqlimni yaxshilashda insondagi ruhiy holatni yaxshilashda treyninglardan foydalanish

Oltininchi mashg’ulot
Mashq: «Salomlashing, yetkazing»
Trening ishtirokchilari aylana bo’lib o’tiradilar. Trener ishtirokchilar bilan biror usulda salomlashadi. So’ngra ular shunday usulda navbat bilan salomlashib, bir-birlariga yetkazadilar.
Mashq: «F.I.SH.-alfavit»
1-qism. Ishtirokchilar 4 guruhga ajralib, har biri familiyasini alfavit bo’yicha joylashtirishi lozim.
2-qism. Guruhlar 2 guruhchaga ajralgan holda ishtirokchilar ismining birinchi harfini alfavit bo’yicha joylashtiriladi.
3-qism. Barcha ishtirokchilar sharifining birinchi harfini alfavit bo’yicha joylashtiriladi.
Trener xulosa qilib aytadi: «Biz bir-birimizga yaqin turib, yelkani yelkaga tegizib, iliqlikni his qilaylik. Finishga borish yo’li oson emas, ammo bir-birimizni yaxshi bilib oldik».
Mashq: «O’zim haqimda»
Ishtirokchilarga har kim o’zining oila hayotini aks ettiruvchi rasm chizish taklif qilinadi. «O’zim haqimda» mavzusida do’stlari, qiziqishlari bo’yicha qisqacha hikoya tuzish yoki rasm chizish mumkin.
Munozara va rolli o’yin:
Birinchi guruh uchun muhokama vaziyati: Men aft-basharam, qiyofam va jussamdan uyalaman.
Ikkinchi guruh uchun muhokama vaziyati: Men yana kichkina bo’lishni xohlayman.
Uchinchi guruh uchun muhokama vaziyati: Men o’zimni yolg’iz his qilaman.
YEttinchi mashg’ulot
Mashq: «G’ayritabiiy salomlashish»
Guruh ishtirokchilari qog’ozga qanday salomlashishni yozadilar, ammo ismlarini qayd qilmaydilar va «syehrli qalpoqcha»ga soladilar. So’ngra har biri navbat bilan salomlashish qayd qilingan qog’ozni olib, o’zining shaxsiy varianti sifatida o’qib beradi.
Munozara va rolli o’yin:
Birinchi guruh uchun muhokama vaziyati: Mening do’stlarim yo’q.
Ikkinchi guruh uchun muhokama vaziyati: Menga qo’rqinchli.
Uchinchi guruh uchun muhokama vaziyati: Men o’qishga kelishni xohlamayman.


Download 110.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling