Mavzu: Jamoadagi psiхologik iqlimni yaxshilashda insondagi ruhiy holatni yaxshilashda treyninglardan foydalanish Har bir mashg’ulot 4 bosqichdan iborat


Download 110.79 Kb.
bet4/13
Sana24.12.2022
Hajmi110.79 Kb.
#1052609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Jamoadagi psiхologik iqlimni yaxshilashda insondagi ruhiy holatni yaxshilashda treyninglardan foydalanish

Ikkinchi mashg’ulot
Men –bu men
Ushbu mashg’ulotda har bir ishtirokchi o’z «Meni»ni anglash, shuningdek, atrofdagilar bilan o’zini taqqoslash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Mashq: «Rangli panjalar»
Ishtirokchilar xona bo’ylab ixtiyoriy harakat qiladilar. Trener kartondan yasalgan turli (ko’k, qizil, sariq) rangdagi «uchta qo’l»ni ushlab turadi. U bir rangdagi «panjani» ma’lum vaqtga yuqori ko’taradi. SHu vaqtda har bir ishtirokchi boshqa ko’proq ishtirokchilar bilan tegishli shartlashilgan usulda salomlashishi lozim.
Bu salomlashishda bir qator usullardan foydalanish ma’qulroq, masalan: «qizil panja»-qo’lni qisish uchun; «ko’k panja»-shyerigining yelkalarini qoqib qo’yish uchun; «sariq panja»-«orqa bilan» salomlashish uchun. Mashqlarni bajarish jarayonida so’zlashish ta’qiqlanadi.
Ushbu mashq ishtirokchilarda bir-birlariga simpatiya uyg’otishga olib kelishi ham nazarda tutiladi. Ishtirokchilarning o’zlari bilan o’tkaziladigan mashqlar qatorida boshqalar bilan birgalikda ishlashga, frustrtsiya holatini bartaraf etishga yordam beruvchi mashqlar ham zarur. Bunday maqsad uchun quyidagi mashq ancha qo’l keladi.
Mashq: «Biz yagona komandamiz»
Ishtirokchilar uchta guruhga bo’linadi. Har bir guruh o’z nomini, gimni va shiorini tanlashi (ishlab chiqishi) lozim. Keyin guruhlar a’zolari vatman varag’i olib, «Bizning guruhimiz rasmi»ni chizadilar. Bunda guruh nomini va shiorini ifodalaydilar. Guruh a’zolaridan bir necha kishi guruhning ijodiy ishida ishtirok etadi. Har bir guruh o’z ijodiy ishining taqdimotini o’tkazadi va devorga osib qo’yadi.
Ishtirokchilar doira bo’lib o’tiradilar va atrofdagilarga yoqishni o’rgatuvchi quyidagi oltita qoida (Deyl Karnegi taklif qilgan)ni muhokama qiladilar:
Birinchi qoida: Atrofdagilarga qiziqish bilan boqing.
Ikkinchi qoida: Tabassum qiling
Uchinchi qoida: Odamning ismi uning uchun har qanday tilda
eng yoqadigan va jarangdor so’z ekanligini esda tuting.
To’rtinchi qoida: YAxshi tinglovchi bo’ling. Boshqalarni o’zlari haqida gapirayotganlarida rag’batlantirib turing.
Beshinchi qoida: Suhbatdoshingiz qiziqadigan mavzuda suhbatlashing.
Oltinchi qoida: Suhbatdoshingiz ongiga ta’sir o’tkazing va unga ochiq munosabat bildiring.
Bundan tashqari, ilk o’spirinlarning o’z tengdoshlari to’g’risidagi tasavvurlarini boyitish va shunga muvofiq shaxslarini moslashtirishga yo’naltirish uchun tegishli mavzular bo’yicha suhbat (munozara)lar uyushtiriladi, masalan:
Sizning tasavvuringizdagi «ideal», «zamonaviy» va «yomon» o’spirin» mavzusida suhbat uyushtirish zarur.
Ishtirokchilar uchta guruhga ajratiladi. Har bir guruh «Syehrli qalpoqcha»dan olingan qog’ozchada yozilgan o’z topshiriqlarini muhokama qiladilar. Bu varaqada qayd qilingan shaxs xususiyatlaridan zarur sifatlarni ajratib oladilar.
So’ng ishtirokchilar aylana bo’lib o’tiradilar va ular ichidan har bir guruh tomonidan ajratilgan vakil navbati bilan o’z guruhi tanlagan shaxs sifatlarini ma’lum qiladi. Qolganlar ularga qo’shilish yoki qo’shilmasliklarini qayd qiladilar.
Birinchi guruhga topshiriq. «Ideal» ilk o’spirin portretini chizing va uning sifatlarini qayd qiling.
Ikkinchi guruhga topshiriq. «Zamonaviy» ilk o’spirin portretini tasvirlang. Uning sifatlarini qayd qiling.
Uchinchi guruhga topshiriq. «YOmon» ilk o’spirin portretini tasvirlang . Undagi asosiy sifatlarni qayd qiling.
Ishtirokchilar mashq yakunida «Ideal», «Zamonaviy» va «YOmon» ilk o’spirinlarning xususiyatlari bo’yicha «Mening qadriyatlarim» deklartsiyasini to’ldiradilar.
SHundan so’ng V. Satir tomonidan ishlab chiqilgan «Mening qadriyatlarim» deklartsiyasini trener ovoz chiqarib o’qiy boshlaydi. Har bir ishtirokchi o’zi belgilagan qadriyatlardan birortasi o’qilganda «Men-bu men», «Men-mashhurman» jumlalaridan tegishlisini takrorlaydi.
Guruh a’zolari xayrlashadilar va tarqaladilar.

Download 110.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling