Mashq: «Men ham zo’rman, siz ham zo’r»
Ishtirokchilar xona bo’ylab harakatlanadilar.
Ko’rsatma: Siz biror shaxs bilan duch kelgan vaqtingizda bosh barmog’ingiz bilan «Men zo’rman», so’ngra shyerigingizga «Siz ham zo’r», deb ayting. SHyerik ham ko’rsatkich barmog’i bilan «Siz zo’rsiz», so’ngra «Men ham zo’r», deb javob beradi. Barcha trening ishtirokchilari o’zaro uchrashishlari kerak.
To’qqizinchi mashg’ulot
Mashq: «Aylana bo’ylab salomlashish»
Guruh ishtirokchilarining har biri aylana bo’ylab turadi va boshqalar bilan «Xayrli kun», «Salom» deb salomlashadilar. «Bugun barchangizga yanada yangi va qiziqarli narsalarni o’rganishingizni tilayman» deb tilak bildiradilar. Ishtirokchilar so’z bilan bir qatorda imo-ishora yoki mimikadan foydalanishlari ham mumkin.
Mashq: «Aylana bo’ylab to’p tashlash»
Ishtirokchilar aylana bo’lib turadilar. O’rtadagi bir ishtirokchining qo’lida to’p bo’ladi. U o’zi xohlagan ishtirokchiga to’pni tashlaydi. U ham to’pni o’zi xohlagan ishtirokchiga tashlaydi. To’pni tashlash vaqtida ismini yoki boshqa savol, tilak va shu kabilarni aytish mumkin.
Mashq: «Nima o’zgardi?»
Ishtirokchilar ikki qator bo’lib, bir-biriga qarab safga turishadi. Birinchi guruh ishtirokchilari burilib, orqasi bilan turadi. Ikkinchi guruhdagilar o’z kiyimlarida o’zgarish qiladilar. YAna birinchi guruh ikkinchi guruhga yuzlanadi. Birinchi guruhdagilar qarshisidagi shyerigining kiyimidagi o’zgarishlarni topishi lozim. So’ngra ishtirokchilar rollarni o’zgartiradilar.
Munozara va rolli o’yinlar:
Birinchi guruhcha uchun vaziyat: Mening ustimdan kuldilar.
Ikkinchi guruhcha uchun vaziyat: Meni tanaffusda turtib yuborishdi, men yiqildim va ancha og’rindim.
Uchinchi guruhcha uchun vaziyat: Meni bugun chyekishga majburladilar va aroq ichishni tavsiya qildilar.
Mashq: «Bebosh sharchalr»
Guruh ishtirokchilari uch guruhga bo’linib, 3 ta aylana hosil qiladilar va qo’llarini ushlab oladilar.
Ko’rsatma: Men hozir sizning guruhingizga havo sharchasini tashlayman. Vazifangiz tana a’zolaringiz bilan ( yelka, pyeshona, burun va boshqa ) ularni yerga tushmaslik hamda aylanadan chiqarib yubormaslikka harakat qilish. Qo’l bilan tegish mumkin emas. Dastlab, har bir guruhga bitta shar tashlayman, so’ngra ularning sonini oshiraman. Eng ko’p shar tutib turgan guruh g’olib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |