Mavzu: Kameral soliq nazoratining mazmun mohiyati. Mundarija
Kameral soliq tekshiruvi natijasida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklarni qayd etish9 _________-son DALOLATNOMASI
Mavzu Kameral soliq nazoratining mazmun mohiyati Mundarija
“______” ______________ 20_____ yil |
|
_________________________________ | ||||||
|
|
|
|
|
(viloyat, tuman, shahar) | |||
I. O‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi to‘g‘risida ma’lumotlar: | ||||||||
1. |
Soliq to‘lovchining nomi |
| ||||||
2. |
STIR |
| ||||||
3. |
Mulkchilik shakli |
| ||||||
4. |
Rahbarning F.I.O. |
| ||||||
5. |
Joylashgan manzili |
| ||||||
6. |
Tekshiruvni o‘tkazgan soliq organi nomi |
| ||||||
7. |
Tekshiruvchi mansabdor shaxsning lavozimi va F.I.O. |
| ||||||
8. |
Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq sanasi, raqami hamda tekshiruv boshlangan va tugatilgan sana |
| ||||||
9. |
Tekshirilgan soliqlar (yig‘imlar) turi va qamrab olingan soliq davri |
| ||||||
II. Tekshirish uchun soliq to‘lovchidan talab qilingan hujjatlar to‘g‘risida (soliq agenti, soliq to‘lovchi bilan aloqador bo‘lgan o‘zining hududida joylashgan va boshqa hududda joylashgan uchinchi shaxsdan) ma’lumotlar: | ||||||||
1. |
Hujjatlar (axborotlar) turi |
| ||||||
2. |
So‘rovnoma sanasi va raqami |
| ||||||
3. |
Taqdim etilganligi to‘g‘risida ma’lumot |
| ||||||
4. |
Taqdim etish muddatining o‘zgartirilishi to‘g‘risida ma’lumot |
| ||||||
III. Tekshiruvga jalb qilingan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar: | ||||||||
1. |
Guvohning F.I.O. |
| ||||||
2. |
Mutaxassisning F.I.O. |
| ||||||
3. |
Ekspertning F.I.O. |
| ||||||
4. |
Tarjimoning F.I.O. |
| ||||||
5. |
Boshqa shaxs lavozimi va F.I.O. |
| ||||||
IV. Tashkil etilgan kameral soliq tekshiruvi to‘g‘risida ma’lumotlar: | ||||||||
1. |
Kameral soliq tekshiruvi boshlangan va tugatilgan sana |
| ||||||
2. |
Qo‘shimcha olinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar turi/nomi |
| ||||||
V. Soliqqa oid huquqbuzarlik holatlari: | ||||||||
1. |
Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzish bo‘yicha hujjatlashtirilgan faktlar |
| ||||||
2.
|
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni: |
| ||||||
yengillashtiruvchi holatlar |
| |||||||
og‘irlashtiruvchi holatlar |
| |||||||
3. |
Soliqqa oid huquqbuzarlik bo‘yicha boshqa holatlar |
| ||||||
VI. Soliqqa oid huquqbuzarliklarni bartaraf etish va (yoki) moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash yuzasidan tekshiruvchi mansabdor shaxsning xulosasi: | ||||||||
1. |
________________________________________ bo‘yicha ________________ so‘m (soliq va (yoki) yig‘im turi) miqdorida soliq hisoblansin | |||||||
2. |
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining ______, _____, ______-moddalariga asosan _________________ so‘m moliyaviy jarima hisoblansin | |||||||
3. |
Soliqlarni (yig‘imlarni) to‘lash majburiyati kechiktirilgan har bir kalendar kuni uchun joriy yilning ___________________ holatiga _______________ so‘m penya hisoblansin | |||||||
4. |
___________________________________________________________________ (huquqbuzarlikni bartaraf etish yuzasidan boshqa xulosalar) | |||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan soliq to‘lovchi dalolatnomada bayon etilgan holatlarga va (yoki) tekshiruvchi mansabdor shaxsning xulosalariga rozi bo‘lmagan taqdirda, dalolatnoma olingan kundan e’tiboran 10 kun ichida dalolatnomaning barcha yoki ayrim qoidalari yuzasidan yozma e’tirozlarini sudga yoki yuqori turuvchi soliq organiga taqdim etishga haqli. | ||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
_________________________________________ |
________________ |
________________ | ||||||
davlat soliq organi nomi va dalolatnoma tuzgan mas’ul xodim lavozimi |
(imzo) |
F.I.O. | ||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
T A N I Sh D I M: | ||||||||
_________________________________ |
________________ |
________________________ | ||||||
soliq to‘lovchining nomi va rahbari |
(imzo) |
F.I.O. | ||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Soliq to‘lovchi (uning vakili) mazkur dalolatnomani imzolashni rad etdi. | ||||||||
___________________________________________________________________________ hujjatni imzolashdan bosh tortish holatlari | ||||||||
_________________________________________ |
________________ |
________________ | ||||||
davlat soliq organi nomi va dalolatnoma tuzgan mas’ul xodim lavozimi |
(imzo) |
F.I.O. |
Agar kameral soliq tekshiruvi davomida soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi faktlari aniqlangan taqdirda, aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritish Soliq kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Kameral soliq tekshiruvi davomida soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishi faktlari aniqlanganda, soliqqa oid huquqbuzarlik dalolatnomasi tuziladi. Mazkur dalolatnoma ikki nusxada tuziladi va bir nusxasi soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga topshiriladi.
Soliqqa oid huquqbuzarlik dalolatnomasi kameral soliq tekshiruvi tugagunga qadar tuzilishi shart. Bunda dalolatnomani ko‘rib chiqishda talabnomaga nisbatan soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan tafovutlarning asosnomasi ham birga ko‘rib chiqiladi.
3.Kameral nazorat samaradorligini oshirish maqsadida ichki va tashqi manba ma’lumotlari asosida soliq to’lovchilar to’g’risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish10
Davlat soliq xizmati organlarida ichki va tashqi axborot manbalari hisobiga soliq to‘lovchilarning ma‘lumotlar bazasi shakllantiriladi. Ichki manbalar bo‘yicha ma‘lumotlar bazasi soliq to‘lovchilarning moliyaviy va soliq hisoboti ma‘lumotlari bo‘yicha, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida davlat soliq xizmati organida mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha shakllanadi.
Ichki manbalardan shakllanadigan ma‘lumotlar bazasi quyidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi:
- soliq to‘lovchilarning moliyaviy va soliq hisobotlari ma‘lumotlari, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: moliyaviy hisobotlar, taqdim etiladigan shakllar, tushuntirishlar va hisobkitoblarga ilovalar;
soliq hisobotlari (byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalarga to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha har oylik va choraklik hisob-kitoblar, qayta hisob-kitoblar va soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiy ma‘lumotnomalar);
- soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalari ma‘lumotlari, ularning tarkibiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblanishi, to‘lanishi, soliq qarzi, ortiqcha to‘lovlar, to‘lov muddati kechiktirilgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar kiradi;
- soliq tekshiruvi yakunlari bo‘yicha ma‘lumotlar, ularning tarkibiga tekshirish dalolatnomasiga muvofiq qo‘shimcha hisoblangan soliq va boshqa majburiy to‘lov summalari bo‘yicha ma‘lumotlar, tekshirish dalolatnomalariga muvofiq to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda jarima summalari kiradi;
- ma‘muriy javobgarlik choralari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, ularning tarkibiga mansabdor shaxslarga qo‘llanilgan ma‘muriy jarimalar summasi va soliq qonunchiligini buzgan shaxslar ro‘yxati kiradi;
- soliq to‘lovchilarning ro‘yxatdan o‘tkazish ma‘lumotlari, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish ma‘lumotlari; yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish ma‘lumotlari. Tashqi manbalar bo‘yicha ma‘lumotlar bazasi soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelgan taqdirda tegishli organlar va tashkilotlar tomonidan bu to‘g‘risida belgilangan muddat ichida davlat soliq xizmati organlariga taqdim qilinadigan ma‘lumotlar asosida shakllanadi. Ushbu ma‘lumotlar soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlaridagi ma‘lumotlar bilan taqqoslanib tekshiriladi.
Xususan: - yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar:
yangidan tashkil etilgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarining mavjudligi; taqdim etilgan soliq hisobotlarida ko‘rsatilgan rekvizitlarning Davlat reestridan ko‘chirmada (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik sanasi va raqami, yuridik shaxsning nomi, STIR va boshqalar) ko‘rsatilgan rekvizitlar bilan muvofiqligi;
-litsenziya va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar beradigan organlar tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar: soliq to‘lovchilar tomonidan litsenziyalashtiriladigan faoliyat turini amalga oshirilishining qonuniyligi va litsenziyaning amal qilish muddatlari;
nizom jamg‘armasini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda shakllantirish bo‘yicha talablarga rioya etilishi;
alkogol va tamaki mahsulotlari bilan savdo qilish uchun maxsus ruxsat guvohnomasi, shuningdek neft mahsulotlarini sotishga litsenziyasi bo‘lgan korxonalar bo‘yicha – talab qilib olgungacha bo‘lgan maxsus ikkilamchi depozit hisobvaraqlarining mavjudligi va soliq hisobotida tovar aylanmasi miqdorini maxsus hisobvaraqlar bo‘yicha o‘tadigan tovar aylanmalari miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorlarda aks ettirilishi;
Adliya vazirligida 2010 yil 14 yanvarda 2065-son bilan ro‘yxatga olingan ―Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq to‘lovini bo‘nak to‘lovlarini hisobga olgan holda to‘lash tartibi to‘g‘risida‖gi Nizomga asosan, ulgurji savdo korxonalari uchun o‘tkazilgan operatsiyalardan tushadigan tushum summasining 5 foizi miqdorida yagona soliq to‘lovi bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lashi lozim bo‘lgan korxonalarning xizmat ko‘rsatuvchi bankiga mazkur Nizom talablari tatbiq etiladigan soliq to‘lovchilar bo‘yicha belgilangan shaklda xabarnoma yuborilganligi, banklar tomonidan korxonalarning har-bir operatsiyalari bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar undirib qolinayotganligi o‘rganiladi.
- ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolik pasportlari berilganligi, shu jumladan yo‘qotilgan yoki amal qilish muddati o‘tgan fuqarolik pasportlari o‘rniga boshqa fuqarolik pasportlar berilganligi haqidagi ma‘lumotlar bo‘yicha, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan hisobga olingan korxonalarning mansabdor shaxslari va ta‘sischilari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar solishtiriladi;
- ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlar asosida quyidagilar: ko‘chmas mulkning berilgan vaqti; ko‘chmas mol-mulklarga egalik qiluvchi shaxslar; ko‘chmas mol-mulklarning inventar va balans qiymati tekshiriladi;
- suv resurslarini hisobga oluvchi organlar tomonidan taqdim etilgan suv resurslari to‘g‘risida ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar: foydalanilgan er usti va er osti suv resurslarining hajmi; foydalanilgan er usti va er osti suv resurslarining hisob kitobini alohidaalohida yuritilishi va hisoblanishi;
o‘lchov asboblarisiz foydalanilgan suv hajmlari tekshiriladi; - davlat notarial idoralari va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar: ko‘chmas mulk ijara shartnomasini tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori;
tegishli soliq hisobotlarda yuridik shaxslar bo‘yicha ob‘ektlar va soliq solinadigan bazaning to‘liq aks ettirilishi;
yer resurslarini hisobga oluvchi va baholovchi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar: yer uchastkasiga nisbatan huquqi yuzaga kelgan (tugatilgan) shaxslarni ko‘rsatgan holda yer uchastkasiga nisbatan huquq berilganligi (tugatilganligi);
mavjud huquqiy hujjatlarga asosan er maydoni korxonaga tegishliligi;
yer maydoni va joylashgan zonasi;
soliq to‘lovchilarning joylashgan joyiga nisbatan shahar markazi radiusi bo‘yicha koeffitsientlarni to‘g‘ri qo‘llanilganligi;
yer qa‘ridan foydalanish uchun ajratilgan karer (uchastka) hajmi;
jismoniy shaxslar egaligidagi yerlardan tadbirkorlik faoliyati bilan foydalangan taqdirda, yerdan foydalanish maqsadiga qarab yuridik shaxslar uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha soliqlarni hisoblanishi;
qishloq xo‘jaligi erlarining normativ qiymatlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi tekshiriladi;
- foydalanishga berilgan yer qa‘ri uchastkalarining davlat hisobi yuritilishini amalga oshiruvchi va yer qa‘ri uchastkalaridan foydalanish huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan berilgan ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar: yer qa‘ridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalarni mavjudligi;
yer qa‘ri uchastkasi joylashgan va foydalanish uchun ajratilgan yer maydonlari ning huquqiy hujjatlari mavjudligi;
yer qa‘ridan foydalanuvchi va yagona soliq to‘lovini to‘lovchi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan umumbelgilangan tartibda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashga o‘tkazilganligi tekshiriladi. Xususan, yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashda Soliq kodeksining 350-moddasiga asosan yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga (bundan maxsus pechlardan foydalangan holda energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalar asosida pishiq g‘isht ishlab chiqaruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovi tatbiq etilmasligi belgilangan. Shundan kelib chiqib, umumbelgilangan tartibda soliq va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lanishi;
bank muassasalari tomonidan taqdim etiladigan ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar: tashkil etilgan yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotining mavjudligi;
yuridik shaxslarga bank hisobvaraqlari ochilganligi va yirik bank operatsiyalari bo‘yicha ma‘lumotlar;
moliyaviy hisobotlarda soliq to‘lovchining boshqa xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar bilan qarzlari holati to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni to‘g‘ri aks ettirilganligi;
ish va xizmatlarni import qilinishi bo‘yicha to‘lov manbaida norezident daromad solig‘ini va import qilingan ish va xizmatlardan olinadigan QQSni hisoblanishi;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari bo‘yicha soliq hisobotlarda tovar aylanmasi miqdori to‘g‘risidagi ma‘lumotlar va inkassatsiya xizmatining topshirilgan naqd pul tushumi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarida ko‘rsatilgan miqdorlardan kam bo‘lmagan miqdorlarda aks ettirilishi tekshiriladi;
yirik va shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan yuridik shaxslarning faoliyati qonuniyligi, hisob raqamlariga tushayotgan va chiqim qilinayotgan mablag‘larning maqsadi korxona faoliyat turiga mosligi o‘rganiladi. - bojxona organlari tomonidan taqdim etiladigan eksport-import operatsiyalari, shuningdek tovarlar harakati haqidagi ma‘lumotlar bo‘yicha quyidagilar: soliq to‘lovchilarning import va eksport kontraktlari bo‘yicha ma‘lumotlar;
hisobotlarda tashqi iqtisodiy kontraktlar bo‘yicha o‘zaro qarzdorlik holatini va valyuta tushumining bir qismini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda majburiy sotishni to‘g‘ri aks ettirilishi;
eksport operatsiyalarida soliq imtiyozlarini va pasaytirilgan stavkalarni, shu bilan birga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha nol darajali stavkani qo‘llanilishining qonuniyligi;
korxonaning yil boshidagi qoldiqdagi tovar-mahsulotlarga kirim qilingan mahsulotlarni qo‘shgan holda va sotilgan mahsulotlarni qiymatini chiqarib tashlagandan so‘ng balans hisobotida ko‘rsatilgan qoldiq mahsulotlar qiymatiga mosligi o‘rganiladi. Soliq nazoratini amalga oshirishda ―Davlat soliq xizmati to‘g‘risida‖gi Qonunning 7-moddasiga asosan, tegishli organ va idoralardan so‘rovnomalar orqali ma‘lumotlar olinishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ― O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaroriga asosan davlat soliq xizmati idoralariga soliq to‘lovchilarning majburiyatlari paydo bo‘lishi (tugatilishi) to‘g‘risida ma‘lumot taqdim etadigan idora va tashkilotlar olingan ma‘lumotlar ―Tashqi manba‖ dasturiy majmuasidagi ma‘lumotlar asosida soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan hisobot va ma‘lumotlar solishtirib tahlil qilib boriladi. Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risida qonun hujjatlariga muvofiq axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish tartibining ko‘rsatilgan axborotni taqdim etmaslikda, o‘z vaqtida taqdim etmaslikda yoki buzib ko‘rsatilgan holda taqdim etishda ifodalangan buzilishi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning (Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risida axborot taqdim etish tartibini buzish)ga asosan, – eng kam ish haqining etti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xulosa.
Davlatning barqaror kuchli iqtisodiy-ijtimoiy siyosat olib borganligi yoki nufuzi bir nechta omillar jumladan, uning jamiyat ishtirokchilari, ya'ni xalqining moddiy va ma'naviy to'liq ta'minlanganligi, ijtimoiy himoyalanganligi, xususiy sektor salmog'ining yuqoriligi, iqtisodiyotda xususiy mulkka egalik huquqining yuqori ko'rsatkichi, iqtisodiyotni erkinlashtirilganligi hamda birga barcha sohalar adolatli huquqiy himoyalanganligidan nishonadir. Soliq siyosati to'g'ri olib borilishi natijasida Davlat va mahalliy byudjetlar yetarli darajada moliyaviy manbaga ega bo'ladi, bu esa mamlakat milliy iqtisodiyotining hamma sohalarida foydalanish imkoniyatini yaratadi, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshishiga sabab bo'ladi. Jismoniy shaxslarga beriladigan imtiyozlar eng avvalo hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi muammolarni yechishga ijobiy yordam berishi kerak. Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig'i bo'yicha imtiyozlarni berilishi mahalliy byudjetlarning daromadlarini shakllantirishda daromadlarni tushishi kamayishiga olib keladi. Mahalliy byudjetlar daromadlarini ko'payishi o'z navbatida soliq to'lovchilarning moliyaviy ahvolini yaxshilanishi hamda yuzaga kelgan muammolarni yechilishi bilan bog'liqdir. Har qanday soliqni takomillashtirishda, avvalambor, asosiy e’tibor soliqning ob’ektiga, soliq stavkasining turlariga va uni hisoblashga qaratilmog’i lozim. Soliqning takomillashganligini esa uning adolatlilik printsipiga mosligida, to’lovchiga tushunarligida, soliq to’lovchining soliqdan qochmasligida va soliqlarni o’z vaqtida to’lashligida hamda soliqni hisoblashda qulay, optimal va kam xarajat qilib undiriladigan variantning tanlanganligida namoyon bo’ladi. Hozirgi kunda jismoniy shaxslar yer solig’ining muammoli jihatlaridan biri uni to’liq ro’yxatga olish va hajmini aniqlashdir. Soliq xizmati organlari jismoniy shaxslar yer uchastkalari maydonini to’liq ro’yxati va hisobini yuritishlari lozim. Natijada soliq to’lovchilar soni va mahalliy byudjetga hisoblangan soliq summasi oshadi. Xorijiy mamlakatlar tajribasini ko’rib o’tganimizda, deyarli barcha davlatlarda yer uchastkalari yer solig’iga emas balki, mol-mulk solig’i ob’ektiga qo’shilgan holda soliqqa tortiladi. Ushbu soliq amaliyotini mamlakatimiz soliq tizimida qo’llash mumkin. Bunda mamlakatimizdagi mol-mulk va yer soliqlari birlashtirilib, jismoniy shaxslar egaligidagi barcha mulkka, jumladan, yer uchastkalari ham shu mulk ob’ektiga kiritilgan holda soliqqa tortiladi. Buning uchun mamlakatimizda mulk hamda yerning bozor bahosi shakllangan bo’lishi kerak. Shuningdek, soliq stavkalarini ham qaytadan ko’rib chiqish kerak bo’ladi. Shunday qilib, mol-mulk va yer soliqlarini birlashtirgan holda, ushbu soliq turlarini ixchamlashtirishga, soliqlarni undirish bilan bog’liq xarajatlarni kamaytirishga hamda soliqlarning samarali ishlashiga erishish mumkin. Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’ini muammoli jihatlaridan biri uni to’liq ro’yxatga olish va qiymatini baholashdadir. Mol-mulkni ro’yxatga olish va qiymatini baholash bilan texnik inventarlash byurosi shug’ullanadi. Texnik invetarizatsiya byurosi tomonidan aniqlangan umumiy inventarizatsiya qiymati esa jismoniy shaxslar mol-mulk solig’ini hisoblab chiqarish uchun soliqqa tortish bazasi bo’lib xizmat qiladi. Bizning fikrimizcha, TIB tomonidan baholangan mol-mulk qiymati hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitidagi bahoga to’g’ri kelmaydi. Chunki, jahon amaliyotida soliqni hisoblab chiqarishda mol-mulkning bozor bahosi asos qilib olinadi. Mol-mulkni inventarizatsiya qiymati asosida baholashda uning bozor bahosidan kelib chiqmaydi va natijada baholangan qiymat haqiqiy bozor bahosidan kam bo’lib chiqadi. Jismoniy shaxslardan undirilayotgan mol-mulk va yer soliqlari bo’yicha imtiyozlarni qisqartirish taklif etiladi. Chunki, amaliyotda ushbu imtiyozlarning ko’p hollarda maqsadga muvofiq ishlatilmasligi kuzatilmoqda. Shu maqsadda imtiyozli jismoniy shaxslarga soliq turlaridan imtiyoz taqdim etmasdan ularning ish haqi yoki pensiyalariga ustama belgilash muammoni yetarlicha hal etishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Normativ-huquqiy hujjatlar:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.- T.:O‘zbekiston, 2018 yil, 76 bet.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi: Rasmiy nashr – O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.-T.: “Adolat”, 2020 y. - 456 b.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g’risida”gi Qonuni. 1997 yil 29 avgust.
Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU,
Mirziyoyev Sh.M. “Innovatsion g‘oyalarni ilm-fan va sanoatga keng tatbiq etish- islohotlar samaradorligining bosh mezoni”//Xalq so‘zi, №107 (7337). 2019 yil 29 may.
Darslik va o‘quv adabiyotlari:
Vahobov A., Jo‘rayev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Darslik. –T: “Sharq”, 2018. –448 b.
Yaxyoyev Q. “Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti”. – Toshkent, G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2000y.
Almardonov M. Yuridik shaxslarni soliqqa tortish. –T.: “Cho‘lpon nomidagi NMIU”, 2013. -296 b.
Shamsutdinov F., Shamsutdinova Sh. Chet mamlakatlar soliq tizimi. Darslik. –T.: “Fan va texnologiya”, 2011. –508 b.
Jo‘rayev A., Toshmatov Sh., Abdurahmonov O. Soliqlar va soliqqa tortish. O‘quv qo‘llanma. –T.: “NORMA”, 2009. –184 b.
Yo‘ldoshev A. Soliq va soliqqa tortish. O‘quv qo‘llanma. –T.: “NORMA”, 2007. –128 b.
Jo‘rayev A., Safarov G’. Soliq nazariyasi. O‘quv qo‘llanma. –T.: “Iqtisod-moliya”, 2005. –211 b.
Jo‘rayev A. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo‘llari. Monografiya. –T.: “Fan nashriyoti”, 2004. –242 b.
Internet saytlari:
http://www.gov.uz - O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali
http://www.soliq.uz - O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi
http://www.lex.uz - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi huquqiy axborot bilan ta’minlash markazi
http://www.mf.uz - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
http://www.norma.uz–“Norma hamkor”mas’ulyati cheklangan jamiyati
http://www.stat.uz - O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi
http://www. ziyonet.uz - Jamoat axborot ta’lim tarmog’i
https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/
https://www.spocus.com/article/
23. https:// DARYO.uz saytidagi materiallardan
1 https://lex.uz/docs/-4832439
2 O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi
3 O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi
4 https://lex.uz/docs/-4832439
5 https://lex.uz/docs/-4832439
6 https://lex.uz/docs/-4832439
7 https://lex.uz/docs/-4832439
8 https://lex.uz/docs/-4832439
9https://lex.uz/docs/-4832439
10 https://arm.tdpushf.uz/
Download 53.28 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling