Mavzu: Kationlarning ikkinchi va uchunchi analitik guruhi


Download 60.7 Kb.
bet11/11
Sana25.01.2023
Hajmi60.7 Kb.
#1119302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Laboratoriya 3 (sirtqi)

Reaksiyaning bajarilishi. 2 tomchi Co2+ tuzi eritmasiga 8 tomchi NH4CNS ning toyingan eritmasidan va 5-6 tomchi amil spirt qo`shiladi va probirka chayqatiladi.
Ni2+ kationiga xos reaksiyalar
Nikel (II) tuzining suvdagi eritmalari yashil rangli bo`ladi. Tajribalarni NiCl2 yoki NiSO4 tuzlarining suvdagi eritmalaridan foydalanib o`tkazish mumkin.
1. O`yuvchi ishqorlar yoki NH4OH eritmasi bilan o`tkaziladigan reaksiyalar. NaOH yoki KOH Ni2+ ioni bilan yashil rangli cho`kma Ni(OH) 2 hosil qiladi:
NiCl2+2NaOH→Ni(OH)2↓+2NaCl
Reaksiyaning bajarilishi. NiCl2 tuzining 4-5 tomchi eritmasiga 1-2 tomchi o`yuvchi ishqor eritmasidan qo`shiladi. Cho`kma kislotalarda, ammiak va ammoniyli tuzlarning eritmalarida eriydi. Ammiak NiSO4 eritmasidan avval asosli tuz (NiOH)2SO4 ning yashil cho`kmasini, so`ngra ortiqcha NH4OH da uni eritib, zangori tusli kompleks tuzni hosil qiladi.
2. Dimetilglioksim reaktivi bilan o`tkaziladigan reaksiya. Ni2+ ioni bilan dimetilglioksim (CH3CNOH)2 ammiakli muhitda lola rang qizil cho`kma –ichki kompleks tuz hosil qiladi.
NiSO4+2C4H8N2O2+2NH4OH→Ni(C4H7N2O2)2+(NH4)2SO4+2H2O
Reaksiyaning bajarilishi. Nikel tuzining 2-3 tomchi eritmasiga 4-5 tomchi suyultirilgan NH4OH eritmasidan va dimetilglioksimning spirtdagi 1% li eritmasidan 2-3 tomchi qo`shilsa, cho`kma nikel dimetilglioksimat hosil bo`ladi.
Mustaqil ta`lim uchun savollar va mashqlar
1. II-III – guruh kationlarini har biri uchun xarakterli reaksiyalarni yozing.
2. Nima uchun guruh reagent ta’sirida III - guruh katonlarining ayrimlari gidroksid, qolganlari sulfidlar holida cho`kmaga tushadi?
3.II- III – guruh kationlar birikmalarining biologik ahamiyatini izohlang.
4. Al3+ va Cr3+ kationlari III-guruhning qolgan kationlaridan qanday ajratiladi?
Download 60.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling