Mavzu: Kationlarning ikkinchi va uchunchi analitik guruhi


Download 60.7 Kb.
bet9/11
Sana25.01.2023
Hajmi60.7 Kb.
#1119302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Laboratoriya 3 (sirtqi)

Mn2+ kationiga xos reaksiyalar
Mn2+ ioni tuzlari eritmada och pushti rangli, suyultirilgan eritmalarda esa rangsiz bo`ladi. Reaksiyalarni MnSO4 yoki Mn(NO3)2 tuzlarining suvdagi eritmalaridan foydalanib o`tkazish mumkin.
1. Mn2+ ionining MnO-4 gacha oksidlanish reaksiyasi. Turli oksidlovchilar ta`sirida Mn2+ kationi binafsha rangli MnO-4 anioniga aylanadi. Bu reaksiya Mn2+ ni topish uchun xarakterli reaksiya hisoblanadi. Oksidlovchi sifatida turli moddalarni ishlatish mumkin.
Qo`rg`oshin qo`sh oksid bilan nitrat kislota yordamida oksidlash. Bunda quyidagicha reaksiya bo`ladi.
2Mn(NO3)2+5PbO2+6HNO3→2HMnO4+5Pb(NO3)2+2H2O
Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga PbO2 dan 2-3 bo`lakcha solib, 4-5 tomchi suyultirilgan (1:1) nitrat kislota qo`shiladi va aralashma suv hammomida qizdiriladi. Oksidlovchi aralashmaga 1 tomchi MnSO4 qo`shiladi, shisha tayoqcha bilan aralashtirilib, yana qizdiriladi. So`ngra sovigunicha qoldiriladi. Sovigach eritma pushti-binafsha tusga kiradi.
2. O`yuvchi ishqorlar va NH4OH bilan o`tkaziladigan reaksiyalar. NaOH, KOH va ammoniy gidroksid Mn2+ ionlari bilan oq cho`kma Mn(OH)2 hosil qiladi:
MnSO4+2NaOH→Mn(OH)2+Na2SO4
Cho`kma kislotalarda eriydi, ishqorlarda erimaydi. Havo tarkibidagi kislorod bilan oksidlanadi.
Reaksiyaning bajarilishi. Marganes tuzining 2-3 tomchi eritmasiga o`shancha ishqor yoki NH4OH qo`shiladi. Saqlab qo`yilgan cho`kmaning rangi asta-sekin o`zgaradi.

Zn2+ kationiga xos reaksiyalar
Rux ionining tuzlari rangsiz. Tajribalarda ZnSO4 yoki ZnCl2 tuzlarining eritmalaridan foydalanish mumkin.

Download 60.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling