3. Ammoniy oksalat bilan o`tkaziladigan reaksiya.(NH4)2C2O4 tuzi Ba2+ ionlari bilan xlorid va nitrat kislotalarda,qizdirilganda esa sirka kislotada ham eriydigan oq kristall cho`kma BaC2O4 hosil qiladi:
BaC12+(NH4)2C2O4= BaC2O4+2NH4Cl
yoki Ba2++C2O42-= BaC2O4
Reaksiyaning bajarilishi. Bariy tuzining 2-3 tomchi eritmasiga 2-3 tomchi ammoniy oksalat eritmasi qo`shiladi.
Sr2+ kationiga xos reaksiyalar
Reaksiyalarni SrCl2 yoki Sr(NO3)2 tuzlaridan birortasining suvdagi eritmasi bilan o`tkazish mumkin.
1. Sulfat kislota va eriydigan sulfatlar bilan o`tkaziladigan reaksiya. Sr2+ kationiga tarkibida SO42- ionlari mavjud reaktivlar ta`sir ettirilganda oq cho`kma hosil bo`ladi:
SrCl2+H2SO4= SrSO4+2HCl
yoki SrCl2+Na2SO4= SrSO4+2NaCl
Ionli ko`rinishda Sr2++ SO42-= SrSO4
Gipsli suv bilan o`tkaziladigan reaksiya.CaSO4∙2H2O ning suvdagi to`yingan
eritmasi ham Sr2+ ioni bilan SrSO4 cho`kmasini hosil qiladi.Chunki CaSO4∙2H2O suvda kam eriydigan modda.
Reaksiyani bajarilishi. Stronsiy tuzining 2-3 tomchi eritmasiga 5-6 tomchi gipsli suv tomiziladi.
Ca2+ kationiga xos reaksiyalar.
Reaksiyalarni CaCl2 yoki Ca(NO3)2 tuzlaridan birortasining suvdagi eritmasidan foydalanib o`tkazish mumkin.
1.Ammoniy oksalat bilan o`tkaziladigan reaksiya.(NH4)2C2O4 bilan Ca2+ ioni mineral kislotalarda eriydigan,ammo sirka kislotada erimaydigan oq cho`kma-kalsiy oksalatni hosil qiladi:
CaCl2+(NH4)2C2O4 = CaC2O4+2NH4Cl
yoki Ca2+ + C2O42- = CaC2O4
Qizdirish cho`kma hosil bo`lish jarayonini tezlatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |