Mavzu: Kationlarning ikkinchi va uchunchi analitik guruhi


Download 60.7 Kb.
bet5/11
Sana25.01.2023
Hajmi60.7 Kb.
#1119302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Laboratoriya 3 (sirtqi)

Reaksiyaning bajarilishi. Kalsiy tuzining 1-2 tomchi eritmasiga 1-2 tomchi ammoniy oksalat eritmasidan qo`shiladi.
2. Kaliy ferrosianid bilan bajariladigan reaksiya. K4 Fe(CN)6 kompleks tuz ammoniyli bufer eritma ishtirokida, Ca2+ kationi bilan oq cho`kma-kalsiy ammoniy ferrosianidni hosil qiladi:
CaCl2+2NH4Cl+K4[Fe(CN)6]= Ca(NH4)2[Fe(CN)6] +4KCl
yoki Ca2++2NH+4+[Fe(CN)6]4-= Ca(NH4)2[Fe(CN)6]
Cho`kma CH3COOH da erimaydi, mineral kislotalarda esa eriydi.

Reaksiyaning bajarilishi.Kalsiy tuzining 1-2 tomchi eritmasiga 2 tomchi NH4Cl va 2 tomchi NH4OH eritmasidan qo`shiladi va aralashma eritmadagi pH=9 bo`lganida qizdiriladi,so`ngra kaliy ferrosianidning yangi tayyorlangan to`yingan eritmasidan 3-4 tomchi tomiziladi.
Kationlarning III analitik guruhi va ularning sifat reaksiyalari
Uchinchi analitik guruh kationlariga Al3+, Cr3+, Fe3+, Fe2+, Mn2+, Zn2+, Ni2+ va Co2+ ionlari kiradi.Ularning ko`pchiligi, birinchi va ikkinchi guruh kationlaridan farqli ravishda suvdagi eritmalarda rangli bo`ladi. Shuningdek, uchinchi guruh kationlarining sulfidlari suvda erimaydi, ammo kuchli kislotalarning suyultirilgan eritmalarida eriydi.
(NH4)2S tuzi uchun guruh kationlari uchun guruh reaktivi sifatida ishlatiladi. Al3+va Cr3+ ionlarining sulfidlari Al2S3 va Cr2S3 gidrolizlanib, Al(OH)3va Cr(OH)3 gidroksidlar holida cho`kmaga tushadi.Qolgan barcha ionlar esa reagenti ta`sirida sulfidlar holida cho`kmaga tushadi.
Uchinchi guruh kationlarini ikki guruhchaga ajratilishining asosiy sababi kationlarning NH4Cl li muhitda NH4OH bilan o`zaro ta`sirlashuviga asoslangan. Ionlar konsentrasiyasining ko`paytmasi Al(OH)3,Cr(OH)3 va Fe(OH)3 gidroksidlarning eruvchanlik ko`paytmasi qiymatidan ortadi va uchala gidroksid oq iviqlar ko`rinishida cho`kmaga tushadi.Shu sababli birinchi guruhchaga Al3+ , Cr3+ , Fe3+ ionlari kiradi,ular NH4OH bilan ammoniy tuzlar ishtirokida cho`kmaga tushiriladi(lekin Fe3+ ionlari NH4Cl ishtirokida (NH4)2S bilan qaytarilib Fe2+ ionlariga aylanadi), ikkinchi guruhchaga Fe2+, Mn2+, Zn2+, Co2+, Ni2+ ionlari kiradi,ular kuchsiz ishqoriy muhitda (NH4)2S ta`sirida sulfidlar holida cho`kmaga tushadi:
Me2+ +(NH4)2S= MeS +2NH4+
Uchinchi guruh kationlarining kuchli kislota anionlari bilan hosil qilgan tuzlari suvli eritmalarda kislotali muhitga ega bo`ladi. Alyuminiy, xrom va rux gidroksidlari amfoterlik xossasini namoyon qiladi.
Alyuminiy va rux kationlari doimiy oksidlanish darajasiga ega, uchinchi guruhning boshqa kationlari o`zgaruvchan oksidlanish darajasini namoyon qiladi va ular oksid- lovchi-qaytaruvchi xossalarga ega.
O`rganilayotgan guruh kationlarini saqlovchi tuzlar muhim biologik ahamiyatga ega. Kuchsiz kislotali muhitli bo`z tuproqlar tarkibida Al3+ kationlari saqlanadi. Ko`pgina madaniy o`simliklar ana shunday tuproqda sust o`sadi.
Al2(SO4)3 tuzini suvga ozgina Ca(OH)2 bilan aralashtirilib qo`shilsa Al(OH)3 hosil bo`ladi va u cho`kayotib suvda suzib yurgan komponentlarni o`zi bilan olib ketadi. Bundan vodoprovod suvini tiniqlastirishda foydalaniladi.
Temir ionlari hayvon va o`simlik to`qimalarida mavjud. Fe2+ kationi qon gemoglobinida uchraydi, agar u yetishmasa kamqonlik kasalligiga olib keladi. Agar tuproqda temir ionlari yetishmasa o`simliklarda xlorofill zarachalari kamayadi, barglarning yashilligi yo`qoladi.
Hayvon va o`simlik to`qimalarida Mn2+, Zn2+, Co2+, Ni2+ va Cr3+ ionlari juda kam miqdorda bo`ladi. Mn2+ ionlari hujayra va to`qimalarda oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini faollashtiradi, o`sishga va qon hosil bo`lishiga yordam beradi. Zn2+ ionlari xlorofill, vitaminlar va o`stiruvchi moddalar hosil bo`lish jarayonida bevosita ishtirok etadi. Tarkibida ZnO bo`lgan malhamlar veterinariyada teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi. ZnSO4 eritmasidan ko`z kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Co2+ ionlarining tuproqda etishmasligi bug`doy, qand lavlagi, beda va kanop kabi o`simliklarning rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Hayvonlar ozuqasiga Co2+ tuzlarini qo`shish ular qonidagi gemoglobin va to`qimalardagi vitamin miqdorini oshiradi.

Download 60.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling