Mavzu: Kationlarning ikkinchi va uchunchi analitik guruhi


III-guruh reagenti va uning kationlarga ta`siri


Download 60.7 Kb.
bet6/11
Sana25.01.2023
Hajmi60.7 Kb.
#1119302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Laboratoriya 3 (sirtqi)

III-guruh reagenti va uning kationlarga ta`siri
Uchinchi guruh kationlari uchun (NH4)2S guruh reagenti hisoblanadi.Uchinchi guruh kationlarini bu reagent yordamida cho`ktirishda ayrim qoidalarga rioya qilish zarur,chunki ba`zi bir kationlar (Fe3+, Fe2+, Mn2+, Zn2+, Co2+ va Ni2+) sulfidlar, qolganlari (Al3+ va Cr3+) gidroksidlar holida cho`kmaga tushadi.
Uchinchi guruh kationlari aniqlanadigan eritmalarda erkin holdagi kuchli kislotalarning mavjudligi maqsadga muvofiq emas,ular NH4OH eritmasi yordamida neytrallanishi kerak. Bunga sababa metallar sulfidlari bilan ishlash vaqtida vodorod sul`fid ajralib chiqishi mumkin. Bunda quyidagi tajribalarni o`tkazish mumkin.
1. Oltita probirkaga Fe3+(1), Fe2+(2), Mn2+(3), Zn2+(4), Ni2+(5) va CO2+(6) kationlarining tuzlari eritmasidan 2 tomchidan solib, (NH4)2S eritmasidan 3-4 tomchidan qo`shib aralashtirilganda,cho`kmalar hosil bo`lishi kuzatiladi:
2Fe3++3(NH4)2S= Fe2S3+6NH4+
Fe2++(NH4)2S= FeS+2NH4+
Mn2++(NH4)2S= MnS+2NH4+
Zn2++(NH4)2S= ZnS+2NH4+
Ni2++(NH4)2S= NiS+2NH4+
Co2++(NH4)2S= CoS+2NH4+
2. Ikkita probirka olib ulardan biriga Al3+, ikkinchisiga Cr3+ ionlarining biror tuzi eritmasidan 2 tomchidan solinadi va ustiga o`shancha (NH4)2S eritmasidan tomizamiz. Natijada Al(OH)3 ning oq, Cr(OH)3 ning esa kulrang-binafsha cho`kmasi hosil bo`ladi. (NH4)2S gidrolizlanishidan eritmada S2- va OH- ionlari hosil bo`ladi. Cr(OH)3 va Al(OH)3 gidroksidlarning eruvchanlik ko`paytmasi kichik bo`lganligi sababli alyuminiy va xrom gidroksidlari cho`kmaga tushadi.
Gidroksidlarning hosil bo`lishi quyidagi tenglamalarga muvofiq keladi:
2 AlCl3+3(NH4)2S+6H2O → 2Al(OH)3+6NH4Cl+3H2S
yoki
Cr2(SO4)3+3(NH4)2S+6H2O → 2Cr(OH)3+3(NH4)2SO4+3H2S
Al(OH)3 va Cr(OH)3 gidroksidlar uchinchi guruh kationlarining sulfidlari singari, kuchli kislotalarning suyultirilgan eritmalarida eriydi.

Download 60.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling