Mavzu: Kationlarning ikkinchi va uchunchi analitik guruhi
Guruh reagenti va uning ikkinchi guruh kationlariga ta`siri
Download 60.7 Kb.
|
Laboratoriya 3 (sirtqi)
Guruh reagenti va uning ikkinchi guruh kationlariga ta`siri
II-guruh kationlarini karbonatlar holida cho`kmaga tushirish uchun umumiy reagent sifatida faqat ammoniy karbonatni ishlatish mumkin. Bu maqsadda Na2CO3 yoki K2CO3 ishlatiladigan bo`lsa, eritmaga Na+ yoki K+ ionlarini oldindan kiritib qo`ygan bo`lamiz va bu ionlar analiz qilinayotgan eritmada oldin bo`lgan-bo`lmaganligini aniqlash qiyin bo`ladi. (NH4)2CO3 guruh reagenti ta`sirida Ca2+, Sr2+, Ba2+ ionlarining suvda erimaydigan karbonatlari hosil bo`ladi: Ca2++CO2-3= CaCO3 Sr2++CO2-3= SrCO3 Ba2++ CO2-3= BaCO3 Guruh reagenti suv ta`sirida kuchli gidrolizlanadi: (NH4)2CO3+HOH NH4HCO3+NH4OH NH+4+HCO3- Gidrolizlanish reaksiyasi tenglamasidan ko`rinib turibdiki, eritmada HCO-3 ionlari ham bo`ladi, uning kationlari bilan hosil qiladigan tuzlari Ca(HCO3)2 Sr(HCO3)2 Ba(HCO3)2 lar suvda yaxshi eriydi. Demak,Ca2+ , Sr2+, Ba2+ kationlarining bir qismi cho`kmaga tushmaydi. Ammoniy gidroksid ta`sir ettirilganda erkin kislotalar neytrallanadi, natijada muhit ishqoriy bo`lib Mg2+ kationi asosli tuz hosil qilib cho`kmaga tushishi mumkin: 2MgCl2+2(NH4)2CO3+H2O= Mg2(OH)2CO3+4NH4Cl+CO2 eritmaga NH4Cl tuzi eritmasidan qo`shilsa,muvozanat chapga siljiydi va Mg+2 ioni eritmada qoladi. Kationlarga guruh reagentining ta`sirini o`rganish uchun uchta probirkaning biriga CaC12, ikkinchisiga SrCl2 va uchinchisiga BaCl2 eritmalaridan 2-3 tomchidan solib, ularning har-biriga NH4OH va NH4Cl ning 2N eritmasidan 1 tomchidan qo`shiladi va so`ngra probirkalarni suv hammomida qizdirib turib, (NH4)2CO3 eritmasi ta`sir ettirilsa oq cho`kmalar (CaCO3 SrCO3 va BaCO3) hosil bo`lishi kuzatiladi. Ikkinchi guruh kationlarining karbonatlari CO2 gazini hosil qilib parchalanadigan kuchsiz kislota tuzlari bo`lganligi sababli cho`kma HCl , HNO3 va CH3COOH lar ta`sirida oson eriydi: BaCO3+2H+↔Ba2++H2O+CO2 Download 60.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling