1. Vodorod sulfid bilan o`tkaziladigan reaksiya. Vodorod sulfid rux ionlari bilan sulfidning oq cho`kmasini hosil qiladi:
ZnCl2+H2S→ ZnS↓+2HCl
Hosil bo`lgan cho`kma xlorid kislotada qisman erigani uchun cho`ktirish to`liq bo`lmaydi.
Reaksiyaning bajarilishi. Probirkaga rux tuzi eritmasidan 4-5 tomchi, CH3COONa tuzi eritmasidan 2-3 tomchi solinadi va tayyorlangan aralashma orqali vodorod sulfid o`tkaziladi.
2. O`yuvchi ishqorlar va NH4OH bilan o`tkaziladigan reaksiya. NaOH va KOH rux tuzlari eritmasidan rux gidroksidni iviqsimon oq cho`kma holida cho`ktiradi:
ZnCl2+2KOH→Zn(OH)2↓ +2H2O
Rux gidroksid, alyuminiy va xrom(III) gidroksidlari kabi amfoter xossalarga ega va shuning uchun ham kislotalarda, ham ishqorlarda eriydi.
Reaksiyaning bajarilishi. Rux tuzining 2-3 tomchi eritmasiga ishqor eritmasidan avval 1 tomchi, keyin esa ko`p miqdorda qo`shiladi. Cho`kmaning tushishi va keyinchalik uning erishi kuzatiladi.
Co2+ kationiga xos reaksiyalar
Kobalt (II) tuzlarining eritmalari pushti rangli bo`ladi. Reaksiyalarni CoCl2 yoki Co(NO3)2 tuzlarining suvdagi eritmalari bilan o`tkazish mumkin.
1. O`yuvchi ishqorlar yoki NH4OH bilan o`tkaziladigan reaksiyalar. Co2+ ionining tuzlari eritmalariga NaOH yoki KOH ta`sir ettirilganda asosli tuzlarning zangori rangli cho`kmalari hosil bo`ladi:
CoCl2+NaOH→Co(OH)Cl↓ + NaCl
Agar eritmalar aralashmasi isitilib, yana ishqor qo`shilsa, zangori rangli cho`kma Co(OH)Cl pushti rangli cho`kmaga o`tadi, ya`ni Co(OH)2 hosil bo`ladi.
Reaksiyaning bajarilishi. 4-5 tomchi Co2+ tuzi eritmasiga NH4OH eritmasidan dastlab bir tomchi, so`ngra cho`kma to`liq eriguncha qo`shing.
2. Ammoniy rodanid bilan o`tkaziladigan reaksiya. NH4CNS kobalt ioni bilan (NH4)2Co(CNS)4 tarkibli zangori rangli kompleks birikma hosil qiladi:
CoCl2+4NH4CNS→ (NH4)2Co(CNS)4 +2NH4Cl
Eritmaga amil spirt qo`shib chayqatilganda hosil bo`lgan kompleks birikma organik erituvchilar qatlamiga o`tib, uni zangori rangga bo`yaydi, reaksiyaning sezgirligi ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |