Ba2+ kationiga xos reaksiyalar
Reaksiyalarni BaC12 yoki Ba(NO3)2 tuzlaridan birortasining suvdagi eritmasi bilan o`tkazish mumkin.
1. Kaliy bixromat bilan o`tkaziladigan reaksiya. Ba2+ ionlari bilan K2Cr2O7 kutilganidek BaCr2O7 emas,balki sariq cho`kma BaCrO 4 hosil qiladi, chunki CrO2-4 ionlarini hosil qiladi: Cr2O72-+H2O 2CrO2-4+2H+
Ba2+ kationiga xrom tuzlarining ta`sirini quyidagi tenglamalar bilan ifodalash mumkin: BaCl2+K2CrO4=BaCrO4+2KCl
Ba2++CrO2-4= BaCrO4
yoki
2BaCl2+K2Cr2O7+H2O=2BaCrO4+2KCl+2HCl
2Ba2++Cr2O72-+H2O=2BaCrO4+2H+
BaCrO4 cho`kmasi kuchli kislotalarda eriydi, ammo CH3COOH da erimaydi.Reaksiyaning amalga oshish jarayonida kuchli kislota(HC1)hosil bo`lishi tufayli BaCrO4 cho`kmasi eriydi.
Reaksiyaning bajarlishi. Bariy tuzining 2-3 tomchi eritmasiga 1-2 tomchi CH3COONa eritmasidan va 2-3 tomchi kaliy bixromat eritmasidan qo`shiladi
2. Eruvchan sulfatlar yoki sulfat kislota bilan o`tkaziladigan reaksiya.Ba2+ ionlari SO2-4 anionlari ishtirokida oq cho`kma BaSO4 hosil qiladi:
Ba(NO3)2+Na2SO4= BaSO4+2NaNO3
yoki
Ba+2+SO-24= BaSO4
Reaksiyani bajarilishi. Bariy tuzining 2-3 tomchi eritmasiga 2-3 tomchi sulfat kislota (yoki K2SO4, Na2SO4,(NH4)SO4 tuzlaridan birortasi) eritmasidan qo`shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |