Mavzu: Kationlarning ikkinchi va uchunchi analitik guruhi


Download 60.7 Kb.
bet8/11
Sana25.01.2023
Hajmi60.7 Kb.
#1119302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Laboratoriya 3 (sirtqi)

Reaksiyaning bajarilishi. Temir (III) tuzining 1-2 tomchi eritmasiga o`shancha HCl va 2-3 tomchi kaliy ferrosianid eritmasidan qo`shiladi. Zn2+ kationi ham
K4[Fe(CN)6] kompleks tuzi bilan oq cho`kma hosil qiladi.
3ZnSO4+2K4[Fe(CN)6]=K2Zn3[( Fe(CN)6]2+3K2SO4
Cho`kma ishqorlarda eriydi.
Fe2+ kationiga xos reaksiyalar
Temir (II) tuzlari eritmada och yashil rangli bo`ladi. Reaksiyalar FeSO4 tuzining suvdagi eritmasidan foydalanib o`tkaziladi.
1. O`yuvchi ishqorlar yoki NH4OH bilan o`tkaziladigan reaksiya. NaOH va KOH temir (II)-ionlarini qoramtir-yashil rangli Fe(OH)2 holida cho`ktiradi:
Fe2++2OH- → Fe(OH)2
Fe(OH)2 kislotalarda eriydi, havo kislorodi ta`sirida oson oksidlanib, qo`ng`ir tusli temir (III)-gidroksid hosil qiladi:
4Fe(OH)2+H2O+O2=4Fe(OH)3
Reaksiyaning bajarilishi. Temir (II)-sulfat tuzining 2-3 tomchi eritmasiga o`shancha ishqor yoki NH4OH eritmasi qo`shiladi.
2. Fe2+ ionini oksidlantirib, Fe3+ ga aylantirish yo`li bilan aniqlash. HNO3, H2O2, KMnO4 singari oksidlovchilar Fe2+ ionini Fe3+ ga aylantiradi. Uchinchi guruh kationlariga guruh reaktivining ta`siri natijasida hosil qilingan cho`kma konsentrlangan HNO3 da eritiladi. Cho`kma erishi jarayonida Fe2+ ionlari ham oksidlanib Fe3+ ionlariga aylanadi.
2FeS+8HNO3→ 2Fe(NO3)3+4H2O+2S +2NO
Fe3+ ionlari ishqorlar ta`sirida to`liq cho`kadi, ana shuning uchun ham Fe2+ ionining oksidlanishi maqsadga muvofiqdir.

Download 60.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling