Mavzu: Kationlarning ikkinchi va uchunchi analitik guruhi


Download 60.7 Kb.
bet7/11
Sana25.01.2023
Hajmi60.7 Kb.
#1119302
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Laboratoriya 3 (sirtqi)

Al3+ kationiga xos reaksiyalar

  1. O`yuvchi ishqorlar bilan bo`ladigan reaksiya. Alyuminiy tuzlari NaOH yoki KOH bilan ta`sirlashib, Al(OH)3 ning oq amorf cho`kmasini hosil qiladi:

Al3++3OH- = Al(OH)3
Alyuminiy gidroksidning ishqorlarda erishi natijasida metaalyuminat tuzlari hosil bo`ladi:
2Al(OH)3+3H2SO4 = Al2(SO4)3+6H2O
Al(OH)3+NaOH = NaAlO2+2H2O
Natriy metaalyuminatga suv molekulalarining birikishi natijasida natriy tetragidroksoalyuminat hosil bo`lishi mumkin:
NaAlO2+2H2O = Na[Al(OH)4]
Reaksiyaning bajarilishi. Al3+ tuzining 5-6 tomchi eritmasiga 1-2 tomchi natriy gidroksid qo`shiladi va oq cho`kma Al(OH)3 hosil bo`lishi kuzatiladi. Probirkadagi aralashma ikkita probirkalarga bo`linadi. Cho`kmani HCl va mo`l ishqorda eruvchanligi sinab ko`riladi.
3+ kationiga xos reaksiyalar
Temir (III) tuzlarining suyultirilgan eritmalari sariq, konsentrlangan eritmalari qizil-qo`ng`ir tusli bo`ladi. Reaksiyalarni FeCl3 yoki Fe2(SO4)3 tuzlarining suvdagi
eritmalaridan foydalanib bajarish mumkin.
1.O`yuvchi ishqorlar va ammoniy gidrooksid bilan o`tkaziladigan reaksiya. NaOH, KOH, NH4OH temir (III) ionlari bilan Fe(OH)3 ning kislotalarda eriydigan, lekin ko`p miqdordagi ishqorlarda ham erimaydigan qizil-qo`ng`ir tusli amorf cho`kma hosil qiladi:
Fe3++3OH-=Fe(OH)3
Reaksiyaning bajarilishi. Temir (III) tuzining 2-3 tomchi eritmasiga o`shancha ishqor qo`shiladi. Qizil-qo`ng`ir tusli temir gidroksid cho`kmasi hosil bo`lishi kuzatiladi.
2. Kaliy ferrosianid bilan o`tkaziladigan reaksiya.
K4[Fe(CN)6] temir (III) ionlari bilan to`q-ko`k rangli «berlin lazuri» cho`kmasini hosil qiladi:
4Fe3++3[Fe(CN)6 ]4- → Fe4[Fe(CN)6]3
Bu Fe3+ ioniga xos reaksiyadir.

Download 60.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling