Mavzu: Kationlarning ikkinchi va uchunchi analitik guruhi
Download 60.7 Kb.
|
Laboratoriya 3 (sirtqi)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kationlarning II analitik guruhiga umumiy xarakteristika va ularning sifat reaksiyalari.
Laboratoriya 3 Mavzu: Kationlarning ikkinchi va uchunchi analitik guruhi. Reja: 3.1. II-III-guruh reagenti va uning guruh kationlariga ta`siri. 3.2. II-III-guruh kationlarini shaxsiy reagentlar ta`sirida cho’ktirish. Kationlarning II analitik guruhiga umumiy xarakteristika va ularning sifat reaksiyalari. II-guruh kationlariga Ca2+, Sr2+ va Ba2+ ionlari kiradi. Ular D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasida II-guruhning asosiy guruhchasida joylashgan metallardir. Ikkinchi guruh kationlarining karbonatlari suvda erimaydi,ammo HCl, HNO3 va CH3COOH kislotalari eritmalarida yaxshi eriydi. Ana shuning uchun (NH4)2CO3 tuzidan ishqoriy muhitda guruh reagenti sifatida foydalaniladi. Ushbu guruh kationlarining sulfat, fosfat hamda oksalatlar ko`rinishidagi tuzlari ham suvda kam eriydi. BaS, SrS va CaS sulfidlar esa suvda yaxshi eriydi, shu xossasiga asoslanib ikkinchi guruh kationlarini sulfidlari suvda erimaydigan III-IV guruh kationlaridan ajratish mumkin. Kalsiy ionlari tuproq tarkibidagi kichik zarrachalar sirtida joylashadi. Tuproqning yutish sig`imi uning tarkibidagi kalsiy ionlariga bog`liq. Tuproq stukturasi, suv-havo rejimi ham kalsiy miqdoriga bog`liq. Kislotali tuproqda Ca2+ ionlari Na+ ionlariga, sho`rhok tuproqlarda esa Na+ kationlariga almashingan bo`ladi. Kislotaligi yuqori bo`lgan tuproqlar ohaklanadi, sho`rhok tuproqlarga esa CaSO4∙2H2 O gips qo`shiladi. Tarkibida kalsiy va fosfor bo`lgan birikmalar qishloq xo`jaligida fosforli o`g`itlar nomi bilan ishlatiladi. Ca3(PO4)2+2CaSO4-fosfat talqoni Ca(H2PO4)2+2CaSO4-oddiy superfosfat Ca(H2PO4)2-qo`sh superfosfat CaHPO4∙2H2O-presipitat Shuningdek kalsiyning azotli birikmalaridan kalsiy sianamid CaCN2, kalsiyli selitra Ca(NO3)2 kabilar ham yuqorida eslatilgan maqsadlarda ishlatilishi mumkin. Kalsiy ionlari Ca(HCO3)2 tuzi holida qattiq suv tarkibida bo`ladi. Tuproq va ekinning Ca2+ ioniga bo`lgan talabi maromida sug`orish va iste`mol qilish natijasida ma`lum darajada qondiriladi. Ba2+ ionlari zaharli,lekin BaSO4 tuzi ermaydi va shuning uchun ham zararsiz. BaSO4 medisinada rentgenoskopiyada ishlatiladi. BaCl2 va BaCO3 tuzlari qishloq xo`jaligida zaharli ximikatlar sifatida ishlatiladi. Download 60.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling