Mavzu: Kichik va o`rta biznesni rivojlantirish iqtisodiy erkinlikni ta`minlash omili sifatida


Download 63.26 Kb.
bet5/7
Sana19.06.2023
Hajmi63.26 Kb.
#1602271
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KICHIK BIZNES

2.2.Biznesda kredit tizimi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi, biznesni qo‘llab-quvvatlashning beshta asosiy yo‘nalishini ko‘rsatib o‘tib, ularning har biri bo‘yicha ko‘plab tashabbuslarni ilgari surdi, xabar beradi The DairyNews davlat rahbarining matbuot xizmati ma'lumotlariga tayangan holda.
Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida davlatimiz rahbari Tadbirkorlar kuni munosabati bilan mukofotlangan soha vakillaridan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshirdi.
Davlatimiz rahbari soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan 5 ta yo‘nalishda tashabbuslarni bildirdi.
Birinchi yo‘nalish - korxonalarni toifalarga ajratib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida yondashuvni belgilash.
Bunda, korxonalar yillik aylanmasi bo‘yicha toifalarga ajratiladi. Bular:

  • 1 milliard so‘mgacha bo‘lgani - mikro biznes;

  • 10 milliard so‘mgacha bo‘lgani - kichik biznes;

  • 100 milliard so‘mgacha bo‘lgani o‘rta biznes toifasiga kiradi.

Shundan kelib chiqib 2023 yil 1 yanvardan boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4 foizdan 25 foizgacha bo‘lgan stavkalari o‘rniga yagona 4 foizli soliq stavkasi joriy etiladi.Bunda, olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1 va 2 foizli stavkalar saqlab qolinadi.Yoki, ular ixtiyoriy ravishda yiliga 20-30 million so‘m to‘lasa, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq idoralariga taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi.
Ikkinchi toifa, ya'ni aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshib, umumiy soliq to‘lash tartibiga o‘tgan korxonalar bir yil davomida foyda solig‘ini 2 barobar kam to‘laydi.
«Ushbu imkoniyatlar 370 ming tadbirkorga yengilliklar yaratadi va ularga juda katta stimul beradiv, dedi davlatimiz rahbari.
Prezident tez o‘sib borayotgan yuqori salohiyatli o‘rta korxonalar sonini hozirgi 3,5 mingtadan 10 mingtaga yetkazish zarurligini ta'kidladi.
Buning uchun, 2023 yil 1 yanvardan:

  • kichikdan o‘rta biznesga o‘tgan korxonalar ikki yil davomida foyda solig‘ining faqat 50 foizini to‘laydi;

  • mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi;

  • soddalashtirilgan soliq, moliyaviy va statistika hisobotlari joriy etiladi;

  • davlat xaridlarida 20 foiz kvota o‘rnatilib, ushbu xaridlar doirasida ularga oldindan 50 foiz mablag‘ to‘lab beriladi (amalda 15 foiz).

Ochiq muloqotda kichik va o‘rta biznes uchun eng muammoli masalalardan biri qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va qaytarish bilan bog‘liqligi ta'kidlandi.
Prezident 2021 yilgi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida biznes uchun soliq yukini tushirish siyosatini davom ettirib, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini yanada tushirishga va'da bergan edi.
«Ochiq aytishim kerak, “iqtisodiyot pandemiya tufayli hali to‘liq tiklanmadi, jahon iqtisodiyotidagi vaziyat yaxshi emas, shu sababli buni keyinga qoldiraylik», deb taklif berganlar ham bo‘ldi.
Lekin sizlarni ishontirib aytaman: biz islohotlar yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz va 2023 yil 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 foizga tushiramiz!», - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Joriy yil 1 iyuldan boshlab bo‘sh bino, foydalanilmayotgan yer uchastkasiga nisbatan mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash bekor qilingan edi.
Lekin avval oshirib hisoblangan soliqlar nima bo‘ladi, degan savol 19 ming tadbirkorni bezovta qilmoqda va bu bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.
«Shularni inobatga olib, tadbirkorlarning oshirilgan soliq stavkalari bo‘yicha hisoblangan 2 trillion so‘mlik qarzlaridan butunlay voz kechsak, nima deysizlar?», - deya tadbirkorlarga murojaat qildi davlatimiz rahbari.
Prezident ilgari surgan ikkinchi tashabbus - tadbirkorlarimiz faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimini yaratishdir.
Bu borada kichik biznes loyihalariga 20 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Download 63.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling