Mavzu: Kimyo darslarida,,Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va ularni tenglashtirish” mavzusini o‘qitishning zamonaviy usullari. Kirish
Download 46.98 Kb.
|
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining mohiyati. 2 Oksidlanish-fayllar.org
Oksidlanish darajasi. Ayni birikma batamom ionli tuzilishga ega deb faraz
qilinganda, uning tarkibidagi biror elementning shartli zaryadi o'sha elementning oksidlanish darajasi deyiladi. Elementlarning oksidlanish darajasini aniqlashda quyidagilarga rioya qilinadi: 1. Erkin holda elementlarning oksidlanish darajasi 0 ga teng deb qabul qilingan. 2. Vodorodning oksidlanish darajasi metall bilan hosil qilgan gidridlaridan boshqa hamma birikmalarida +1 ga teng: H2 +1O, H2 +1SO4, H+1Cl, H2 +1S Gidridlarda bo 'lsa, uning oksidlanish darajasi −1. Masalan, NaH. 3. Peroksid va ftor bilan hosil qilgan birikmalardan boshqa hamma holatlarda kislorodning oksidlanish darajasi −2 ga tengdir. Masalan, H2O−2, HNO3−2, SO3−2. Peroksidlarda kislorodning oksidlanish darajasi−1 ga teng. Masalan, H2O2−1, H− − O−1 − O−1 − H, Na2O2, Na−O−1 − O−1 − Na. Ftor bilan hosil qilgan birikmalarda kislorodning oksidlanish darajasi +1(O2 +1F2−1) va +2(O+2F2−1) ga teng. 4. Metallarning oksidlanish darajasi birikmalarda doimo + qiymatli bo'ladi va u asosan, metall joylashgan gruppaning raqamiga teng bo'ladi. Masalan, natriyning oksidlanish darajasi +1, kalsiyning oksidlanish darajasi +2, aluminiyning oksidlanish darajasi +3. Murakkab modda tarkibidagi barcha elementlarning oksidlanish darajalari yig'indisi nolga tengligini nazarda tutish kerak. Masalan, KMnO4 tarkibidagi marganes atomining oksidlanish darajasini aniqlash zarur. Buning uchun kaliyning oksidlanish darajasini +1 va kislorodnikini −2 deb olib, marganesning oksidlanish darajasi 𝑥 quyidagi tenglama asosida topiladi: +1 + 𝑥 + (−2) ⋅ 4 = 0, bunda 𝑥 = +7 Sulfat kislotadagi oltingugurtning oksidlanish darajasi: H21+SxO4 2−, (+1) ⋅ 2 + 𝑥 + (−2) ⋅ 4 = 0, 𝑥 = +6dir. Sulfit kislotadagi oltingugurtning oksidlanish darajasi: H21+SOO32−, (+1) ⋅ 2 + 𝑥 + (−2) ⋅ 3 = 0, 𝑥 = +4 dir. Ayrim hollarda bunday yo'l bilan topilgan oksidlanish darajasi unchalik to’g’ri bo'Imasligi mumkin. Masalan, Na2 1+S2 xO3 (+1)2 + 2𝑥 + (−2) ⋅ 3 = 0, = +2 Bunday holda birikmaning struktura formulasini tuzish talab etiladi: Bu yerda oltingugurtning bittasi +4, ikkinchisi 0 oksidlanish darajasiga egadir. Yoki natriy persulfatni olib (Na21+S2 xO8 2−) ko radigan bo'lsak, (+1) ⋅ 2 + 2𝑥 + (−2) ⋅ 8 = 0, 𝑥 = +7 Oltingugurtning oksidlanish darajasi +7 ga o'xshaydi, bunday bo'lishi mumkin emas, ya'ni oltingugurtning yuqori oksidlanish darajasi +6 dir. Agar struktura formulasini yozadigan bo 'lsak: oltingugurtning oksidlanish darajasi +6, kislorodniki −1 va −2 dir. Download 46.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling