Mavzu: Kimyo darslarida,,Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari va ularni tenglashtirish” mavzusini o‘qitishning zamonaviy usullari. Kirish


Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuzish


Download 46.98 Kb.
bet4/11
Sana30.01.2024
Hajmi46.98 Kb.
#1817029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining mohiyati. 2 Oksidlanish-fayllar.org

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuzish.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini, asosan, ikki usulda tuziladi:
1.Elektron balans usuli. 2. Yarim reaksiya usuli.
Elektron balans usuli qaytaruvchi yo'qotgan umumiy elektronlar sonini oksidlovchi qabul qilgan elektronlar soni bilan baravarlashga asoslangandir. Bunda
quyidagilarga amal qilish kerak:
1.Eng avval reaksiya sxemasi, ya'ni reaksiya uchun olingan va reaksiya natijasida hosil bo'lgan moddalarning formulalari yoziladi. Masalan:
Cu + HNO3 = Cu(NO3)2 + NO + H2O
2.Reaksiyadan oldin va reaksiyadan keyin oksidlanish darajasi o'zgargan elementlarning oksidlanish darajalari hisoblab topiladi va ular har qaysi elementning belgisi tepasiga yozib qo'yiladi:
0 + 5 +2 + 2
Cu + HNO3 = Cu(NO3)2 + NO + H2O
3.Oksidlanish va qaytarilish jarayonlarini ikki qatorga yozib oksidlovchining olgan va qaytaruvchining bergan elektronlari soni ularning yoniga yoziladi:
Cu0− 2e → Cu2+ 2
N3++ 3e → N2+ 3
4.Misning bergan va azotning olgan elektronlarini balans qilish uchun sxema quyidagicha ko'chirib yoziladi:

Cu0− 2e → Cu2+


2

3

N3++ 3e → N2+


3

2

5.Bu topilgan koeffitsiyentlar o'zaro qisqarsa, qisqartiriladi va oksidlovchi hamda qaytaruvchining oldiga, ya'ni oksidlovchining olgan elektronlari soni qaytaruvchiga koeffitsiyent sifatida, qaytaruvchining bergan elektronlari bo'lsa oksidlovchiga koeffitsiyent sifatida qo' yiladi:


Cu + HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O
6.Reaksiyada ishtirok etayotgan boshqa birikmalarning koeffitsiyentlarini topishda tenglamaning o'ng va chap tomonlari bir-biri bilan taqqoslab chiqiladi:
3Cu + 8HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O
9
Oksidlovchilar tarkibidagi element uz oksidlanish darajasini pasaytiradi, qaytaruvchilar tarkibidagi element uz oksidlanish darajasini oshiradi.


Download 46.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling