Mavzu: Kirish. Darsning maqsadi


Download 252.32 Kb.
bet3/9
Sana02.05.2023
Hajmi252.32 Kb.
#1420959
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

I. Tashkiliy qism. Sinf xonalarini darsga tayyorlash (salomlashish, davomatni aniqlash), o’quvchilarni darsga jalb qilish. Dunyoda va O’zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklar haqida xabar berish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash.
Uyga berilgan vazifalar topshiriqlar, savollar, testlar bo’yicha bajariladi.

  • Guruhlar tuzib kelgan krossvordlardan foydalangan holda o’qituvchi uni yechish uchun guruhlarga tarqatadi. Eng yaxshi tuzilgan krossvordni muallifi va krossvordni yechgan guruhlar rag’batlantiriladi;

  • Mavzuga oid tuzilgan testlar o’quvchilarga tarqatiladi va to’gri yechgan o’quvchilar rag’batlantiriladi;

  • O’qituvchi bergan quyidagi savollariga o’quvchilarning og’zaki javobi tinglanadi:

III. Yangi mavzu bayoni.
Buyuk geografik kashfiyotlar atamasi haqida. Buyuk geografik kashfiyotlar atamasi XV asr oxiri - XVII asr o'rtalarida yevropalik sayyohlar tomonidan amalga oshirilgan yirik geografik kashfiyotlarga nisbatan ishlatiladi. Geografik kashfiyotlar esa odamlar uchun shu vaqtgacha noma’lum bo'lgan yangi yerlarning qidirib topilishidir. Xo'sh, qanday omillar XV asr oxiridan boshlab buyuk geografik kashfiyotlaming amalga oshirilishiga sabab bo 'lgan edi? Birinchidan, XV asr oxiri - XVI asr boshlariga kelganda Yevropada tovar ishlab chiqarish yuqori sur'atlarda o'sa boshladi. Bu esa xomashyoga bo'lgan talabni oshiiib yubordi. Yevropaning o'zida xomashyo kam bo'lganligi uchun uni faqat boshqa о'lkalardan olib kelish zaruratga aylandi. Ikkinchidan, yangi davr hukmron tabaqalarning boylikka, pulga bo'lgan ehtiyojini yanada orttirib yubordi. Endi ularning ongini o'zga yurtlarning oltin-kumushlarini va boshqa qimmatbaho boyliklarini egallab olish ishtiyoqi chulg'ab oldi. Uchinchidan, quriqlikdan va O'rta Yer dengizidan o'tadigan savdo yo'llari, shujumladan, Buyuk Ipakyo'li ham xavfli bo'lib qoldi. Bu yo'llar ustidan nazorat Yevropa mamlakatlarining asosiy raqibi Usmonli turklar saltanati qo 'liga о'tib ketdi. Binobarin, endi yevropaliklar oldida yangi dengiz savdo yo'llarini ochish tarixiy zaruratga aylandi. Dengiz savdo yo'llarini ochishga imkon bemvchi zamonaviy kemalar va harbiy qurollar mavjud edi. Bundan tashqari,dengizda kompasdan foydalanish,astrolyabiya ixtiro qilinganligi ham katta ahamiyatga ega bo'ldi.

Download 252.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling