Mavzu: Kirish. Darsning maqsadi
Download 252.32 Kb.
|
8-sinf jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyuk geografik kashfiyotlarning ahamiyati.
- IV. O’rganilgan mavzuni mustahkamlash.
Keyingi kashfiyotlar. Atlantika okeani orqali Hindistonga boriladigan dengiz yo 'li 1498- yilda kashf etildi. Bu kashfiyotni portugaliyalik dengiz sayyohi Vasko da Gama amalga oshirdi. 1519- yilda yana bir portugaliyalik dengizchi F. Magellan Amerika qit'asini aylanib o'tib, Hindistonga boradigan dengiz yo'lini ochdi. Dunyoni aylanib suzish 1522- yilda nihoyasiga yetkazildi. Bu ekspeditsiya yeming dumaloqligini, uning katta qismi suv bilan qoplanganligini isbotladi. L.V. Torres boshchiligidagi ekspeditsiya esa 1605- yilda Avstraliyani kashf etdi.
Buyuk geografik kashfiyotlarning ahamiyati. Buyuk geografik kashfiyotlar ilm-fan uchun katta ahamiyatga ega bo 'ldi. Uning natijasida geografiya, tarix, etnografiya va okeanshunoslik fanlari yangi xulosalar, ma'lumotlar bilan boyidi. Bundan tashqari, bu kashfiyotlar tufayli yangi dengiz savdo yo'llari ochildi. Bu yo'llar O'rta Yer dengizidan Atlantika okeaniga ко'chdi. Bu esa, о'z navbatida, jahon savdosini vujudga keltirdi. IV. O’rganilgan mavzuni mustahkamlash. O’qituvchi o’quvchilarni 3-4 ta guruhga bo’lib, mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar va atamalar yozilgan kartochkalarni tarqatib, o’quvchilardan uning izohini so’rash orqali mustahkamlanadi; Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali mustahkamlanadi; O’qituvchi bergan quyidagi savollariga o’quvchilarning og’zaki javobi tinglanadi: 1.«Geografikkashfiyotlar»atamasigaizohbering. Savol va topshiriqlar 1. «Geografik kashfiyotlar» atamasiga izoh bering. 2. Qanday omillar Buyuk geografik kashfiyotlarga sabab bo'ldi? 3. Dengiz savdo yo'llarini ochish ishiga boshchilik qilgan X.Kolumb va F. Magellan haqida nimalarni bilib oldingiz? 4. Avstraliya qit'asi nechanchi yilda kashf etildi? 5. Buyuk geografik kashfiyotlarning ilm-fan taraqqiyotida tutgan o'rni haqida nimalarni bilib oldingiz? 6. Dunyo siyosiy xaritasidan dengiz sayyohlari borgan hududlarni aniqlang. Download 252.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling