Mavzu: Kirish. Darsning maqsadi


Download 252.32 Kb.
bet1/9
Sana02.05.2023
Hajmi252.32 Kb.
#1420959
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi


Sinf: 8
Fan: Jahon tarixi
Mavzu: Kirish.

Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga Yangi tarixning boshlanishi, Yevropa va Osiyoda yangi jamiyatning shakllanishi haqida ma’lumot berish.
b) Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni fanga muhabbat, istiqlolga sadoqat ruhida tarbiyalash.
c) Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish nutq o’stirish.


Darsning turi: Yangi bilimlarni o‘rganish
Dars usuli: Savol-javob
Dars jihozi: Tarix darsligi, mavzuga oid xarita, rasm, kompyuter, tarqatma material, testlar, krassvord, daftar, doska, bo’r.
Darsning tuzilishi:

I. Tashkiliy qism


II. O’tilgan mavzuni takrorlash
III. Yangi mavzu bayoni
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
V. Dars yakunlarini chiqarish
VI. Uyga vazifa berish


I. Tashkiliy qism. Sinf xonalarini darsga tayyorlash (salomlashish, davomatni aniqlash), o’quvchilarni darsga jalb qilish. Dunyoda va O’zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklar haqida xabar berish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash.


III. Yangi mavzu bayoni.


«Yangi tarix» tushunchasi haqida. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov о 'zining "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobida "O 'z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unitgan millatning kelajagi yo'q", - deb ta'kidlashi bilan birga har qanday inson jahon tarixini, umumbashariy taraqqiyot yo'lini chuqur idrok etishi zarurligini ham uqtirganlar. Darhaqiqat, mustaqillik sharofati bilan biz jahon tarixini haqqoniy о'rganish imkoniyatiga ega bo 'ldik. Siz aziz о'quvchilarga jahon tarixini o'rganishdek qiziqarli va murakkab faoliyatda qunt va zukkolik hamrohingiz bo'lishini tilaymiz. Siz VII sinf «Jahon taiixi» darsligi orqali xorij davlatlarining V-XV asrlar tarixini о'rgangan edingiz. Ayni paytda bu asrlarning «O'rta asrlar» deb atalishini hambilib olgansiz. Qo'lingizdagi VIII sinf «Jahon taiixi» darsligi Sizni xorij davlatlarining XVI-XIX asri 60- yillari taiixi bilan tanishtiradi. Olimlar insoniyatning XVI asrdan boshlanadigan tarixiga «Yangi tarix» deb nom berganlar. Xo'sh, nega? Buning sababi shuki, XVI asr insoniyat tarixida yangi jamiyat - kapitalizm deb atalgan jamiyatga asos soldi. Bu jamiyatning dastlab G'arbiy Yevropa va Shimoliy Ameiikada qaror topa borish jarayoni XVI-XIX asrlami о 'z ichiga oladi. Kapitalizm - jamiyatning xususiy mulk, bozor iqtisodiyoti va demokratik tartiblarga asoslangan shakli. Bu jamiyatning nomi «kapital» so'zidan olingan. Kapital - o'z egasiga daromad keltiruvchi xususiy mulk va mablag', o'zini-o'zi ko'paytiruvchi sarmoyadir. Bu sarmoyaning asosida erkin tadbirkorlik faoliyati yotadi. Kapitalizm Siz VII sinfda bilib olgan feodal jamiyatidan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi? Tub farq bu – jamiyatning kishilarga xususiy mulkdan va yollanma mehnatdan foydalanishda keng erkinlik berganligidir. Agar o'rta asr feodal jamiyatida kishi kishiga qonun bilan majburlab bog'lab qo'yilgan bo'lsa, kapitalizm davrida barcha fuqarolar qonun jihatidan rasman erkin bo'lganlar. Ayni paytda, bu jamiyat insonning qobiliyati, salohiyati, g'ayrati va shijoatiga katta yo'l ochgan jamiyat hamdir. Shu sababli kapitalizm insoniyat tarixida misli ко'rilmagan kashfiyotlar va ixtirolar davri ham bo'ldi. Kapitalizm davrida kishilar motor, mashina, paroxod, parovoz, temiryo'l, dizel, martin pechi va boshqalarni kashf etdilar. Aviatsiya, telegraf, telefon, televideniye, radioni o'ylab topdilar. Yer yuzini elektr chiroqlari bilan yoritish boshlandi. Yangi-yangi energiya manbalari yaratildi. Yangi jamiyat - kapitalizm dastlab G'arbiy Yevropada, keyinroq esa Shimoliy Amerikada qaror topdi. Kapitalizm jamiyati keyinchalik industriyal jamiyat deb ham atala boshlandi. Industrial jamiyat -bu, kapitalizmning rivojlangan bosqichidir.
Osiyoda yangi jamiyat shakllanishining o'ziga xos xususiyatlari. Osiyoda yangi jamiyatning qaror topishi nihoyatda uzoq davrni qamrab oldi. Buning asosiy sababi, Osiyoda an'anaviy jamiyat hukm surganligi edi. Xo'sh, an'anaviy jamiyat qanday jamiyat edi? An'anaviy jamiyat - mulkchilik, ishlab chiqarish hamda taqsimot shakllari qat'iy belgilab qo'yiladigan, o'zgarmas, turg'un jamiyatdir. Deyarli butun Osiyoda, shu jumladan, Markaziy Osiyoda ham Yevropa va Shimoliy Amerikada kapitalizm gurkirab rivojlanayotgan bir paytda, o'rta asrlarning mahsuli bo'lgan an'anaviy jamiyat hukm suraverdi. Xo'sh, nega shunday bo 'ldi? Avvalo, Osiyoda Yevropadagidek yerga to'la xususiy mulkchilik qaror topmadi. Yevropada feodal jamiyatining ilk bosqichidayoq yer mulkdorlar о'rtasida to'la taqsimlanib bo'lingan edi. Dehqonlar esa о'sha yer egalariga biriktirib qo'yilgan. Bunday dehqonlar, Siz VII sinf «Jahon tarixi» darsligidan bilib olganingizdek, krepostnoy dehqonlar deb atalgan. Osiyoda esa mulk barcha merosxo'rlar о'rtasida taqsimlangan. Chunki, jamiyatdagi huquqiy va axloqiy me'yorlar mayda va jamoa mulkchiligini himoya qilardi. Bu qoida ishlab chiqarishning yiriklashuviga, daromadning bir qo'lda to'planishiga imkon bermagan.



Download 252.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling