O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
I.Aqlih hujum:
1. Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlardan 13 tasini sanab
bering.
2. Alisher Navoiyning “Qaro ko`zum ” radifli g`azalida qanday badiiy san`at qo`llangan?
3. “Kecha kelgumdir debon” radifli g`azali necha baytdan iborat?
G`azalning maqta`sini ayting
4. Begona bayt deganda nimani tushunasiz?
5. “Sharqqa she`riyatni o`rgatib bo`lmaydi” fikrlarining muallifi kim?
6. Alisher Navoiy ijodidan g`azaldan tashqari yana qanday janrlar o`rin olgan?
II.Shoir ijodi asosida yod olingan she’rlardan she’riy daqiqalar o’tkazish.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Shoirlar ijojidagi qi’t’alar asosida savol-javob.
II.Alisher Navoiy qi’t’alaridan ifodali o’qib,g’oyaviy-badiiy tahlil qilish.
Chun g`araz so`zdin erur ma`ni anga,
Noqil o`lsa xoh xotun , xoh er.
So`zchi holing boqma , boq so`z holini,
Ko`rma kim der ani , ko`rgilkim ne der.
Bu qit’ada Alisher Navoiy insonning tashqi qiyofasiga emas,balki aytayotgan so’ziga boq,deb ta’kidlaydi.Bu uning kimligini senga ko’rsatib beradi.Maqsadli aytilgan so’z ma’noli bo’ladi…Bunda shoir insonning odobi uning so;zidan bilinadi,deb uqtiradi…
II. Kamol et kasbkim, olam uyidin
Sanga farz o`lmag`ay g`amnok chiqmoq
Jahondin notamom o`tmak biaynih ,
Erur hammomdin nopok chiqmoq
Bu qit’ada esa shoir inson o’zini kamolga yetkazishni kasb qilib olishi kerakligini uqtirib,senga olam uyidan g’amgin bo’lib chiqish farz hisoblanmayda,bu dunyodan notamom,kamolga yetmasdan o’tmoq-xuddi hammomga kirib,chala yuvinib,nopok holda chiqqanday gap,deydi
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Ulki iflosdin ayog’inda,
Kafsh yo’li azmi chog’I yo’qtur oning.
Shukr qildik boqib birav sori,-
Ki yururg’a ayog’i yo’qtur oning.
Bu qit’aning asosiy g’oyasi-shukronalik.Shir bu misralarda;oyoqqa kiyishga kavushi yo’q kishi kavush kiyish uchun oyog’i borligiga shukur qilsin,chunki yurishga oyog’I bor,ana boshqabirovgaboqsin,yuraydesa,oyog’i yo’q uning…
II,Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
III,Test sinovi:
1.”Kamol et kasbkim..”qit’asi “Xazoyin ul-maoniy”ning qaysi devonidan olingan?
A.”G’aroyib us-sig’ar” B.”Badoyi’ ul-vasat”
C.”Favoyid ul-kibar” D.”Navodir ush-shabob”
2.”Kamol et kasbkim..”qit’asi g’oyasi.
A.Kasb tanlash B.Ezgulik C.Poklik,komillik D.To’g’rilik
3.Shoirning shukronalik haqidagi qit’asi:
A.”Kamol et kasbkim…” B.”Ulki,iflosdin ayog’inda…”
C.”Chun manga lutf etti…” D.”Yuqori o’lturni kim tilasa…”
4.Yaxshilig gar qilmasa,bori yamonlig’ qilmasa,-
Kim yamonlig’ qilmasa,qilg’ancha bordur yaxshilig’..Qanday san’at qo’llanilgan?
A.Talmeh B.Tanosub C.Irsoli masal D.Tazod
5.”Bosh omon bo’lsa,do’ppi topiladi”-qaysi qit’aga mos xalq maqoli’
A.”Ulki iflosdin ayoginda..’ B.”Kamol et kasbkim…”
C.”Har kishikim topsa…’ D.”Chun manga lutfv etti…”
Do'stlaringiz bilan baham: |