Mavzu: Kompleks birikmalar Reja: Koordinasion(kompleks) birikmalar kimyosi Kimyoviy bog’lanish nazariyasining yaratilishi


Download 0.94 Mb.
bet1/4
Sana13.05.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1457723
  1   2   3   4
Bog'liq
Boyqoʻziyeva Ruxsora

Mavzu:Kompleks birikmalar Reja: 1.Koordinasion(kompleks) birikmalar kimyosi 2.Kimyoviy bog’lanish nazariyasining yaratilishi.


Vеrnеr koordinatsion nazariyasi asosidagi K2[PtCl6] (IV) komplеks birikmasining tuzilishi.

Aqliy hujum metodi

1.Koordinasion(kompleks) birikmalar kimyosi bo’yicha kimning nazariyasini bilasiz?

2.Koordinasion(kompleks) birikmalar kimyosi bo’yicha O’zbekistonda qaysi olimlar ish olib borishgan?

3. Koordinasion(kompleks) birikmalar hosil bo’lishiga sababchi kuchlar nima?

  • Vaqt о‘tishi bilan yuqori tartibdagi birikmalarning soni ko’payib bordi. Keyinchalik, yuqori tartibli birikmalarning nisbatan barqarorlari kompleks (koordinatsion) birikmalar deb ataladi. Tasser 1798 yilda birinchi bо‘lib kompleks birikma (CoCl3 · 6NH3) ni hosil qildi.
  • Kompleks birikmalarni о‘rganish shuni kо‘rsatdiki, kompleks hosil bо‘lish hodisasi ayrim elementlardagina uchramasdan, balki D.I.Mendeleyev davriy sistemasining kо‘pchilik elementlariga xos bо‘lgan hodisadir.
  • Тошпўлатов Ю.Т., Исҳоқов Ш.С. Анорганик кимё. Т.: Ўқитувчи. 1992. 31-бет

A.Verner nazariyasi.

A.Verner nazariyasi.

1893 yilda A.Verner kompleks birikmalarning tuzilishi haqida yangi nazariya yaratdi. Bu nazariya quyidagi uch banddan iborat :

  • ayrim elementlar о‘zining asosiy valentliklaridan tashqari, yana qо‘shimcha valentlik namoyon qila oladi;
  • har qaysi element о‘zining asosiy va qо‘shimcha valentligini tо‘yintirishga intiladi;
  • markaziy atomning qо‘shimcha valentligi fazoda ma’lum yо‘nalishga ega bо‘ladi.
  • A.Verner nazariyasi koordinatsion nazariya deb ataladi. Vernerning fikricha birinchi tartibdagi birikmalar asosiy valentlik hisobiga, koordinatsion birikmalar esa qо‘shimcha valentlik hisobiga hosil bо‘ladi. Koordinatsion birikmadagi markaziy atom bilan bevosita birikkan ligandlar orasidagi barcha bog‘lanishlar soni markaziy atomning koordinatsion soni deb ataladi. Koordinatsion birikmada markaziy atom bilan ligandlar orasidagi barcha bog‘lanishlar bir xil kuchga ega bо‘ladi.

  • Bu fikr tо‘g‘ri ekanligi keyinchalik boshqa tadqiqotlar asosida tasdiqlandi. Yana shuni ham aytib о‘tamizki, A.Verner nazariyasining yaratilishidan ilgari kimyo sohasida S.Arreniusning elektrokimyoviy nazariyasi, Y.Vant – Goff hamda Le Belning stereokimyoviy tasavvurlari, D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi kashf etilgan edi

oksidlanish
darajasi

I

II

III

IV

V

VI

VII

VIII

Qo’shimchasi

а

о

и

е

ан

он

ин

ен
  • 1893 yili anorganik kimyo jurnalining 3 sonida shvetsariyalik olim A. Verner(1866-1919 yy.) "Anorganik moddalarning tuzilishi haqida" nomli maqolasini e’lon qildi. Bu maqolada u kompleks birikmalar haqida original g’oyalar va butunlay yangi tushunchalarni e’lon qildi. Bu davrga kelib koordinatsion birikmalar nazariyasi yaratilishining asosiy manbai va turtki bo’lgan fan yutuqlari quyidagilar hisoblanadi:
  • 1. Organik kimyodagi stereokimyoviy tushunchalarning aniqlanishi;
  • 2. S.Arreniusning elektrolitik dissotsilanish nazariyasi kimyoda tasdiqlandi;
  • 3. Moyillik va uning o’lchami haqidagi ta’limot rivojlandi
  • 4. Co, Pt, Cr, Ir, Cu, Ni, Fe va boshqa metallarning kompleks birikmalari kimyosi haqida juda katta ma’lumotlar ularning tarkibi va tuzilishi orasidagi bog’liqlik haqida tushuncha berdi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling