Mavzu: konstitutsiyaviy islohotlar hamda ularning mazmun-mohiyati


O‘zbekistonning konstitusiyaviy tarixi


Download 43.06 Kb.
bet2/4
Sana03.06.2024
Hajmi43.06 Kb.
#1899052
1   2   3   4
Bog'liq
1-MAVZU

O‘zbekistonning konstitusiyaviy tarixi

Konstitutsiya – o‘ta jiddiy va biz tomonimizdan hali to‘liq anglab etilmagan tarixiy hamda huquqiy hujjatdir. Xalqning ko‘ngli, yuragi va diliga olib kirish uchun uni chuqur va puxta o‘rganish, mutolaa qilish hamda anglash lozim bo‘ladi. Buning uchun biz albatta tarixga murojaat qilishimiz lozim.


Har bir davlatning boshqaruv tizimi tarixan ma'lum bir huquqiy manbalarga binoan shakllantirilgan. Lekin bu huquqiy manbaalar turli ko‘rinishlarda va turlicha iboralar bilan nomlanib kelingan. Hozirgi O‘zbekiston Respublikasi hududida ilgaridan Konstitutsiyaviy hujjatlar, ya'ni siyosiy tuzum mohiyatini belgilovchi asosiy me'yoriy hujjatlar mavjud bo‘lgan. Masalan, tarixiy manbalarga kura, VIII asrdan boshlab Movarounnahrda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi Asosiy Qonun (manba) tariqasida Qur'oni Karim amalda
bo‘lgan. Shuningdek XIII-XIX asrlarda Movarounnahrda shariat bilan bir qatorda davlatning huquqiy ahvoliga ma'lum darajada ta'sir ko‘rsatib kelgan Chingizxon yosuni va Amir Temur tuzuklari Sharqona madaniyatga monand Konstitutsiyaviy hujjatlar edi.1
Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi. O‘zbekiston tarixida 1992 yilgi Konstitutsiyasiga qadar bir nechta Konstitutsiyalar qabul qilingan bo‘lib, lekin ular mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyalari emas edi. Ma'lumki, O‘zbekiston SSR tashkil etilgunga qadar mamlakatimiz hududida RSFSR tarkibidagi Turkiston ASSR va Xorazm va Buxoro Sovet respublikalari kabi mustamlaka davlatlar mavjud bulgan. Bolsheviklar rahbarligidagi Sovetlar hukmronligiga asoslangan bu davlatlarda Konstitutsiyalarning mavjudligi go‘yoki mustaqillik belgisi sifatida ko‘rsatilar edi. Aslida bunday Konstitutsiyalar RSFSR, keyinchalik SSSR Konstitutsiyalaridan bir ko‘chirma edi xolos. 1918 yil 15 oktyabrda bolsheviklarning hokimiyatini Turkiston ASSR hududida amalga oshirishni belgilab beruvchi TASSRning birinchi Konstitutsiyasi 1918 yil 10 iyunda qabul qilingan RSFSR Konstitutsiyasi asosida qabul qilindi. Unga binoan Turkiston ASSR RSFSRning bir tarkibiy qismi hisoblangan. Turkiston ASSRning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi 1920 yil 24 sentyabrda Turkiston o‘lkasi Sovetlarining IX syezdida qabul qilindi va u Turkistonning mustamlaka davlat sifatidagi "huquqi"ni aniq belgilab berdi. Bu yangi Konstitutsiyasi 20 bob, 109 ta moddadan iborat bo‘lib, unda xon va uning qarindoshlariga tegishli bo‘lgan mulklar davlatniki deb belgilandi va Moskvaga olib ketildi.
O‘rta Osiyodagi yana bir bolsheviklar hokimiyati o‘rnatilgan Xorazm Sovet Respublikasida ham 1920 yilda Konstitutsiya qabul qilindi va unga ko‘ra, XXSR hududida ishlab chiqarish vositalari Sovet hokimiyati o‘rnatilgunga qadar kimga tegishli bo‘lgan bo‘lsa, xususiy mulkchiligicha qoldirildi va yerga shaxsiy egalik qilish, uni sotish, har kim o‘z boyliklaridan erkin foydalanish huquqlari e'lon qilindi. Bu bilan bolsheviklar avvalo ushbu hududdagi milliy va tabiiy boyliklarni o‘zlashtirib olib, undan keyin davlatchilikka karshi kurashishni maqsad qilib olgan edilar.
1923 yil 20 oktyabrda IV Butun Xorazm Sovetlarining syezdida yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Bu Konstitutsiya ham oldingilaridan kam farq qilib, bolsheviklarning O‘rta Osiyodagi hokimiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Konstitutsiyaga binoan boylar, dallollar, ruhoniylar va shu kabilar saylash va saylanish huquqidan mahrum etilib, “butun hokimiyat Sovetlarniki” deb e'lon qilindi.
O‘rta Osiyodagi yana bir davlat Buxoro amirligida ham 1920 yil sentyabr oyida Sovet hokimiyati o‘rnatilib, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil etildi. 1921 yil 23 sentyabrda II Butun Buxoro Sovetlarining syezdi o‘tsazilib, unda RSFSR Konstitutsiyasiga mos ravishda BXSR Konstitutsiyasi qabul qilindi.
1924 yil 31 yanvarda qabul qilingan SSSR Konstitutsiyasi asosida uning tarkibidagi respublikalar o‘z Konstitutsiyalarini qabul qildilar.
1927 yil 30 martda O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi qabul qilinib, uning tarkibiga Tojikiston avtonom respublikasi kiritildi. Respublika tarkibiga avtonom respublikaning kiritilishi Markaz uchun ularni doim nazoratini yanada mahkam qilib turish uchun qulaylik tug’dirar edi.
1936 yil 5 dekabrda qabul qilingan SSSR Konstitutsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan 1937 yilgi O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasida davlat boshqaruvini amalga oshirish shakllari joylarda Sovetlarni tashkil etish tartibi, ularning vakolat muddatlari, saylash va saylanish tartiblarining ayrim holatlari oldingi Konstitutsiyaga nisbatan qisman o‘zgartirildi, 1978 yil 19 mart kuni O‘zSSRning yangi Konstitutsiyasi loyihasi mutbuotda e'lon qilindi. O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan 15 aprel kuni Oliy Sovet sessiyasida O‘zSSR Konstitutsiyasi loyihasi SSSRning 1977 yil 7 oktyabrida amalga kiritilgan Konstitutsiyasiga monand ravishda muhokama qilinib ayrim moddalariga o‘zgartirishlar kiritildi va 19 aprel kuni qabul qilindi. Shu tariqa sobiq sho‘ro tuzumi sharoitida Konstitutsiyalar tez-tez o‘zgartirilardi, ya'ni barqaror emas edi.
Agar amaldagi Konstitutsiya o‘z mohiyati talablariga javob bermay qo‘ysa, Konstitutsiyaviy islohot uchun zarurat tugiladi. O‘zbekistonning 1978 yilgi Konstitutsiyasi ham davlatimizning hozirgi zamon maqomiga, alalxusus, shaxs bilan davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning xalqaro huquq talab va me'yorlariga javob bermay qo‘ygan edi.
Shuning uchun ham 1990 yilning iyunida Respublika Oliy
Kengashining ikkinchi sessiyasida yangi Asosiy Qonun loyihasini tayyorlash uchun 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy Komissiya tuzildi. Bir yarim yil mobaynida bu loyiha ustida ishlar olib borildi.
1992 yil 8 dekabrda Oliy Kengashning o‘n ikkinchi chaqiriq 11-sessiyasida mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiya 6 bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan iborat qilib belgilandi. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimiz parlamenti Konstitutsiya normalariga muvofiq 750 dan ortiq qonunlarni qabul qildi, 200 dan ortiq ko‘p tomonlama xalqaro shartnomani ratifikasiya qildi va shu tariqa Asosiy Qonunimizni amalga oshirishning yaxlit huquqiy mexanizmi yaratildi.



Download 43.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling