Mavzu: konstitutsiyaviy islohotlar hamda ularning mazmun-mohiyati
Download 43.06 Kb.
|
1-MAVZU
MAVZU: KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLAR HAMDA ULARNING MAZMUN-MOHIYATI REJA: 1. Kirish. “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini o‘rganish” o‘quv kursining predmeti, o‘rganish usullari 2. O‘zbekistonning konstitusiyaviy tarixi 3. Konstitusiyaviy islohotlar: dunyodagi zamonaviy tendensiyalar 4. O‘zbekiston Respublikasida Konstitusiyaviy islohotlar tushunchasi, zarurati va ahamiyati Davlat agar dinu oyin (qonun) asosida qurilmas ekan, to‘ra-tuzukka bog‘lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tartibi yo‘qoladi. Bunday saltanat yalang‘och odamga o‘xsharkim, uni ko‘rgan har kimsa nazarini olib qochadi. Yoxud kas-u nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshigito‘sig‘i yo‘q uyga o‘xshaydi. Amir Temur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023-yil 8-maydagi PF-67–son Farmoniga ko‘ra barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari o‘quv rejalari tanlov fanlari blokiga “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” fanini kiritish vazifasi yuklatigan. Shunga muvofiq oliy ta‘lim muassasalari talabalarining Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan yangi normalarga doir bilimlarini oshirish, Konstitutsiyamizning davlat hayotida, jamiyat taraqqiyotida, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan adolatli va xalqparvar davlat barpo etish yo‘lida dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni to‘laqonli amalga oshirish, uning maqsadi, ko‘lamiga monand va munosib bo‘lgan yangi konstitutsiyaviy dunyoqarashni shakllantirishni hamda amalda qo‘llay olish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini o‘rganish” o‘quv fani sifatida kiritildi. “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini o‘rganish” o‘quv kursining maqsadi Oliy ta‘lim muassasalari talabalarida Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan muhim normalarga doir bilimlarini oshirish, Konstitutsiyamizning davlat hayotida, jamiyat taraqqiyotida, yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan adolatli va xalqparvar davlat barpo etish yo‘lida dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalarni to‘laqonli amalga oshirish, uning maqsadi, ko‘lamiga monand va munosib bo‘lgan yangi konstitutsiyaviy dunyoqarashni shakllantirishni hamda amalda qo‘llay olish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarni oshirishdan iborat. Download 43.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling