Mavzu: Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yaratish tartibi
Download 2.79 Mb.
|
Mavzu Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yarati (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- III bosqich - Xomaki loyiha.
- V bosqich - Ishchi hujjatlar.
I bosqich - Texnik topshiriq. Loyihani bajarishda konstruk-siyalash (mahsulotni yaratish) topshirig`ini rasmiylashtirish texnik topshiriqni ishlab chiqish bosqichlariga asos bo`ladi.
II bosqich - Texnik taklif. Texnik taklifda topshiriqni amalga oshirishning taklif qilingan varianti muhokama qilinadi. Mavjud va mumkin bo`lgan variantlar ko`rib chiqiladi. Texnik taklif xomaki loyihani bajarish uchun asos bo`ladi. III bosqich - Xomaki loyiha. Xomaki loyihalashda umumiy tasavvur beradigan hisoblar va chizmalar bajariladi. Xomaki loyihada jihozning konstruktiv yechimi va asosiy o`lchamlari belgilanadi, chizmalar bilan birgalikda hisoblash qismlari olib boriladi. IV bosqich - Texnik loyiha. Texnik loyiha loyihalanayotgan qurilma haqida to`liq ma’lumot, ishchi hujjatlarni tayyorlash uchun boshlang`ich shartlar beradigan loyihalash hujjatlaridir. V bosqich - Ishchi hujjatlar. Uni tuzish jihozni tayyorlash uchun zarur barcha loyihalash hujjatlarini ishlab chiqishni taqozo qiladi: detal chizmalari, yig`ma, montaj, gabarit chizmalar. Konstruksiyaga ishlov berish uchun quyidagi masalalarni yechish kerak: 1. Konstruktor uchun texnik topshiriq hujjat hisoblanadi va uni bajarish talabi qo`yiladi. 2. Jihoz gabarit o`lchamlari kichik bo`lishini, jihoz tugunlarini yig`ish va ochish ishlarining rostlash va ishlatishni qulay bo`lishini ta’minlaydigan yig`ma birikmalarni to`g`ri joylashtirish. Loyiha topshirig`ida yig`ma birikmalarni joylashtirish sxemasi va yig`ma birikmalarning turi odatda keltirilgan yoki berilgan bo`ladi. Bu holda loyihachi berilgan sxemaning kamchilik va afzalligini baholay bilishi kerak. 3. Jihoz va apparatlar detalining materiallarini tanlashni va ularni termik ishlov berishni asoslab berish. Detal og`irligini kamaytiradigan materiallar sarfini va detal narxini kamaytirishni ta’minlaydigan mate-riallarni va termik qayta ishlash usulini tanlash. Jihoz o`lchami va og`irligini belgilaydigan detallarni tayyorlashda legirlangan po`lat, termik va kimyoviy-termik qayta ishlash usuli, hamda mustahkam-laydigan texnologiyani (zakalka, azotlash va h.k) qo`llash kerak. Plastmassa, qayta ishlangan cho`yan va boshqa materiallarni ishlatish kerak. 4. Ishlab chiqarish hajmi: quymani olish usuli va mexanik ishlov berish ketma-ketligini hisobga olgan holda detalning texnologik tizimini tanlash. 5. Standart mahsulotlarni keng ko`lamda qo`llanilishi (podship-niklar, muftalar, reduktorlar, mahkamlash detallari, moylash quril-malari, dastaklar va bundan tashqari loyihalanayotgan detallarning standart elementlari: bo`yinlar, quyma qiyaliklar va boshqalar). Standartlar, izlanishlar va ko`plab o`tkazilgan tajribalar asosida ishlab chiqiladi. Shuning uchun standart detallar va ularning element-lari mukamallashtirilgan hisoblanadi. Standartlash muhim texnik-iqtisodiy omil bo`lib, quyidagilarni ta’minlaydi: yangi qism va detallarni loyihalash va ularni ish chizma-sini qayta bajarmaslik natijasida loyihalash xarajatlarini qisqartiradi. Standart texnologiyani qo`llash natijasida mahsulotning tannarxi va tayyorlash muddatini qisqartiradi. Standartlashtirilgan mahsulot xa-rakteristikasining tartiblashtirilga, ishlab chiqarishga markazlashtirish-ga, ishlatish paytida almashtirish va oson ta’mirlashga olib keladi. Hamma mahsulotlar uchun detallarning alohida elementlarini yoki o`lchamlari sonini qisqartirish. Standartlashtirish kabi ixchamlashti-rishning vazifasi mahsulotning sifati va texnik-iqtisodiy ko`rsatkich-larini ko`tarishdan iborat. Ixchamlashtirish prinsiplari detallarni tay-yorlanadigan materiallar uchun ham taalluqlidir. Ixchamlashtirish prinsiplarini to`g`ri baholay olmaslik loyihaning-konstruktorning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Konstruktor ixchamlashtirish prinsiplariga loyihalashning hamma bosqichlarida amal qilishi kerak. Hamma yig`ma chizmalarini ishlab chiqqandan keyin ixchamlash-tirish maqsadda berilgan konstruksiyasining oxirgi tahlili o`tkaziladi. Bunda-masalan: dumalanish podshipniklarning rusimi va o`lcham-lari, tishli g`ildiraklarning modullari, mahkamlovchi detallarning o`l-chamlari, o`rnatish o`lchamlari, materiallari hisobga olinadi. 6. Detallar konstruksiyasi elementlarini ixchamlashtirish ishlab chiqarish narxini pasaytiradi, ishlov beruvchi asboblar sonini kamaytiradi, ishlatish va ta’mirlash ishlarini soddalashtiradi. Masalan tish modulini ixchamlashtirish tish kesuvchi asboblar xilma-xilligini kamaytiradi, o`rnatish o`lchamlarini ixchamlashtirish natijasida o`l-chov asboblarining sonini kamaytiradi. Mahkamlash (qotirish) detal-larini ixchamlashtirish natijasida esa mahkamlash kalitlarini sonini kamayishiga erishish mumkin. 7. Detallar yuza tozaligining sinflari, aniqlik darajasi, o`rnatish va o`tkazishlarni asoslab berish. Ishlab chiqarish oldiga yuqori va bajarib bo`lmaydigan talablar qo`yish o`rinsizdir. Bunday talablar mahsulotni sifatini pasaytirib, tannarxini oshiradi. 8. Ishqalanish sharoitida ishlaydigan detallarni (podshipnik, tishli detallar va boshqa) a’lo darajada moylash. Moylash detallarni ishqala-nish darajasini kamaytiradi, ishlash vaqtini uzaytiradi. Moylash faqat moylovchi materiallarni joyiga ta’minlash bilan emas, balki sifatli yonilg`i va moylash materiallarni ishlatish bilan ham ta’minlanishi kerak. 9. Davlat texnika nazorati, texnik xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarish. Konstruksion materiallarni tanlashda va jihozni yuvish ishlarini tashkil qilishda sanitariya nazorati talablariga rioya qilish (1.3-jadval). Jihoz va apparatlarni loyihalayotganda tashqi ko`rinishi chiroyli bo`lishi talabini qondirish. Texnik-estetik ko`rinish bu-maqbul holatda jihozlarni ishlatish, demak, mehnatni kam sarflash, ishlatish qulayligi va ish unumdorligini oshirish. Texnologik karta va sxema tuzishdan avval, konstruktor (yaratuvchi) oldingi jihozlarning tuzilishi, ishlash prinsipi, texnologik jarayon va ishchi qismlarning harakat qonuniyati bilan tanishib chiqishi va tahlil qilishi kerak. Tahlildan so`ng texnologik karta va sxema tuzishga kirishiladi. Mashinaning strukturali sxemasini tuzish. Yangi mashinani ishlash va konstruksiya qilishning birinchi bosqichi uning strukturali sxemasini tuzish va ishlab chiqishdir. Strukturali sxemaga asoslanib, mashinaning asosiy o`lchamlari aniqlanadi va taxminiy kinematik sxema tuziladi. Mashina strukturali sxemasi dvigatel, har xil uzatma-lar, vallar, bajaruvchi va boshqa mexanizmlarning tavsiya etilgan shartli belgilariga asoslanib tuziladi. Shartli belgilarni tushirish va ulash uzluksiz va shtrix chiziqlar yordamida dvigateldan boshlanib, alohida uzatkich va mexanizmlar ketma-ket joylashtiriladi. Strukturali sxemada dvigatel quvvati, valning aylanish tezligi, oraliq uzatmaning uzatishlar soni, valning tartib nomeri (rim raqamlari bilan belgilanadi), bajarish mexanizmlarining nomi, ishchi qismlar nomini keltirish kerak. Download 2.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling