Mavzu: Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yaratish tartibi
Texnologik jihozlarni konstruksiyalashning umumiy uslublari
Download 2.79 Mb.
|
Mavzu Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yarati (1)
Texnologik jihozlarni konstruksiyalashning umumiy uslublari. Konstruksiyalash ko`pincha konstruktorlarning jiddiy, irodali va favqulodda tanlangan yechimlari asosi bilan bog`langan holda bajari-ladi. Mashina va jihozlarni loyihalash, texnika taraqqiyot rejalarini oldindan hisobga olib bajarilishi kerak. Eng ko`p tarqalgan konstruksiyalash uslublari: ekstrapolyatsiyalash uslubi, bunda qisqa davr ichida o’zlashtirilgan ko’nimadan foydalanish; ekspert baholash uslubi, bir guruh mutaxassislar fikridan foydalanish; modellash uslubi - matematik, eksperemental modellarning tahlili va ulardan foydalanish.
Yangi mashina va jihozni yaratayotganda uning funksional ish bajarishini, asosiy texnik va iqtisodiy ko`rsatkichlarini, xomaki tuzili-shini, qismlarning detallarini tayyorlash uchun yangi materiallardan foydalanishni, zamonaviy texnologiyalarni qo`llashni va boshqa ham-ma bosqichlarni bajarishda texnika taraqqiyotini hisobga olish kerak. Hozirgi paytda konstruksiyalash uchun sistemali (analiz va sintez) yo`nalish qo`llaniladi. Bunda asosiy vazifa maxsus bog`lanishlarni tadqiqotlash qonuniyatlarni aniqlash va ular asosida maxsus yangi optimal yechimlar olinadi. Jihoz va ularning detallarini konstruksiyalash jarayoni 2 ga bo`linadi: hisoblash va tasvirlash. Bu jarayonlarni parallel va birin-ketin uslubda bajarish mumkin. Konstruksiyalashda asosiy yo`nalishlardan biri optimallashtirish hisoblanadi. Optimallashtirishda qo`yiladigan ikkita asosiy talab: olinadigan samaradorlik eng minimal harajatlardan va chegaralangan resurslardan maksimal ko’rsatkichka ega bo`lish kerak. Bu ikkita kriteriyalardan foydalanib eng maqbul (optimal) konstruksiyali jihoz yaratish mumkin. Texnologik jihozlarning qism va detallarni konstruksiyalashda boshlang`ich texnik shartlar bilan uzviy bog`langanligini hisobga olish kerak (1.1-rasm). Konstruktor yig`ilayotgan birikmani mukammal ixchamligini, yig`ish, ishlatish va ta’mirlash ishlarini bajarayotganda kam mehnat sarflanishini I-II o`zaro bog`lanishlarni hisobga olganda ta’minlaydi. Yig`ma birikmaga qo`yilgan talablarni qoniqarli bajarish, asosan ixchamlikni, detallarning o`lchamlarining kichikligini, ta’mirlashni va yuqori mustahkamlikka ega bo`lgan materiallarni, yangi texnolo-giyalarni qo`llashni I-IV uzviy bog`lanishda ko`rish mumkin. Detallarda xavfli yuza qirqimida o`lchamlarni aniqlash, II-IV bog`lanishni ko`rib chiqayotganda hisoblash mumkin. Har bir uzviy bog`lanishni ko`rib fikr yuritgandan keyin detalning shakli ham asosiy konstruktiv parametrlari bilan uzviy ravishda bog`liqligi va ularni konstruksiyalashda foydalanishi ma’lum bo`ladi. II 1.1-rasm. Detalning konstruksiyalashda berilgan boshlang`ich shartlar bilan bog`lanishlari Detalning uzoq muddatda ishlashini va texnik tekshirish, ta’mirlash ishlarida mehnatni hamda qo`llanadigan qurilmalarni, materiallarni kam sarflanishini II-V bog`lanishda ko`rish mumkin. Detalning uzoq muddat ishlashini ta’minlash uchun ishlaydigan detal yuzalarini g`adir-budurligini kamaytirish va yuzani silliqlash kerak. III-IV o`zaro bog`lanish detallarning mustahkamligini oshirishini ta’minlanishi ko`rsatilgan. Konstruksiyani ishlatishda ta’sir etuvchi shartlarini va unga tashqi yuklamalar ta’sirini hisobga olib, kon-struksiyaning mustahkamligi va uzoq muddat ishlashini III-V va IV-V o`zaro bog`lanishni ko`rish mumkin. Konstruktor detallarni tayyorlash jarayonida, kesish, qirqish va h.k. uslublari bilan, o`zaro shakli, mate-riali, ishlov berish asosi, o`lchami, massasi, yuzalarining g`adir-budurligining bog`lanishini 2-shakldagiday ko`rib chiqish va yaratish, hisoblash uchun qo`llash kerak. Download 2.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling