Detalning konstruksiyalashda berilgan boshlang`ich shartlar bilan bog`lanishlari.
Zamonaviy texnologik jihoz oldingi ishlab chiqilgan texnologik jihozlardan unumli va texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari yuqori darajada bo`lishi kerak. Texnologik jihoz konstruksiyasini ishlab chiqayotgan-da quyidagi takliflardan foydalanish mumkin:
tabiatda uchraydigan harakatlarning prinsipini qo`llash;
ma’lum konstruksiyani o`zgartirmasdan yangi jihozlarga qo`llash;
yangi shartlarni bajarish (texnologik rejimlarni va harakatlarni)
uchun ma’lum konstruksiyani moslash;
o`tgan davrda tadbiq qilib bo`lmagan nazariy va ilmiy tadqiqot ishlarini joriy qilish;
texnologik jihozlarda bir nechta ish bajaruvchi elementlarni birlashtirish va ularning sonini kamaytirish;
konstruksiyada elementlarning mustahkamligini va uni o`zgartirish mumkinligini ta’minlash;
konstruksiyada qismlarni oson va har xil materiallardan tayyorlash uchun murakkab detallarni ba’zi-bir qismlarga bo`lish;
detallarni qismlarga bo`lish va tayyorlanishi, ishlatilishi, ta’mirlanish eng qiyin bo’lgan qismlarni o`zgartirish;
3-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Mashinalarni loyihalash bosqichlari va materiallar, yig‘ma birliklarning nomlanishi.
Mashina va jihozlarni loyihalash bosqichlari
Mashina va jihozlarni loyihalashda quyidagi ishlar olib boriladi:
- loyihalashtirilayotgan jihozning texnik topshirig`i;
- texnik taklif;
- xomaki loyiha;
- texnik loyiha;
- texnik hujjatlar.
Texnik topshiriqdagi loyihalashtirilayotgan jihozga qo`yiladigan texnik-iqtisodiy va boshqa talablar, jihozning vazifasi va texnik xarakteristikasi aniqlanadi.
Texnik loyiha loyihalashtirilayotgan jihoz haqida to`liq tasavvur beradigan yakuniy texnik xulosalarni va barcha loyiha hujjatlarini o`z ichiga oladi.
Umumiy ko`rinish chizmasi va izohnoma texnik loyihaning zaruriy hujjatlaridir. Loyihalashtirilayotgan jihoz qismlarining chiz-malari, sxemalari, jadvallar, hisoblar, spetsifikatsiya va boshqalar qo`shimcha hujjatlar bo`lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |