Mavzu: Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yaratish tartibi


) termoplastlar; 2) reaktoplastlar


Download 2.79 Mb.
bet5/45
Sana13.09.2023
Hajmi2.79 Mb.
#1677008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Mavzu Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yarati (1)

1) termoplastlar; 2) reaktoplastlar.
Termoplastlar isitilganda yumshash, sovutilganda qotish xossasiga va bu jarayonni bir necha marta qaytarish xususiyatiga ega.
Reaktoplastlar esa, isitilganda eriydi va ma’lum bir temperaturagacha qizdirilsa, qotib qoladi va qayta yumshamaydi, erimaydi.
Shisha plastiklar - poliefir smolalar va shisha tolalaridan tashkil qilingan sun’iy material. Undan yirik, o`lchamlari katta distillyatsion kolonnalar, skrubberlar, omborlar, diametri 4,5 m, balandligi 6 m li idishlar tayyorlash mumkin. Shisha plastiklar 20 0C yoki undan yuqori temperaturada qizdirilsa, polimerizatsiya bo`ladi.
Ftoroplast-4. Qayishqoqligi yuqori, elektr tokini o`tkazmaydigan, issiqlikka chidamli, -200 0C dan +500 0C gacha temperaturada ishlatish mumkin. Mashinasozlik va kimyoviy muhitlarga o`ta chidamliligi, uning yaxshi xossalaridan biridir. Bu ko`rsatkich bo`yicha plastmassalar, Au, Pt, emal, maxsus qotishma va boshqa materiallardan ustundir.
Ftorplast-4 dan har xil qalinlikdagi listlar, trubalar, yupqa devorli silindrik idishlar, membranalar, silfonlar va boshqa turli mahsulotlar tayyorlash mumkin.
Ayniqsa qurilmalar uchun qistirma sifatida foydalanishda unga teng keladigan material yo`qdir.
To`ldiruvchisiz plastmassalarning chidamliligi quyidagi xossalar bilan xarakterlanadi:
1. Penoplastlar past kontsentratsiyali kislota, ishqor va organik eritmalarga nisbatan chidamli;
2. Shisha plastiklar benzin, metanol, butanol, etil atsetat, 10% li azot, fosfor va vodorod xlorid kislotalaraga nisbatan chidamli;
3. Ftorplastlar hamma kislota va ishqorlarga nisbatan past va yuqori temperaturalarga chidamli. Oksidlovchi kislotalar qaynash jarayonida ham ftorplast o`z xossalarini yo`qotmaydi. Ammo, natriy yoki kaliy, ftor va o`lchamli ftor xloridlar ta’sirida yemiriladi.
Plastmassalarni metallar bilan taqqoslash shuni ko`rsatadiki, plastmassalar bir necha afzalliklarga ega:
a) solishtirma og`irligi kichik;
b) solishtirma mustahkamligi yuqori;
с) texnologik xossalari yaxshi;
d) korrozion bardoshliligi yuqori.



Download 2.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling