Mavzu: Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yaratish tartibi


-jadval Materialning korroziyaga chidamlilik darajasi


Download 2.79 Mb.
bet3/45
Sana13.09.2023
Hajmi2.79 Mb.
#1677008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
Mavzu Konstruksiyalash haqida umumiy ma’lumot va mashina yarati (1)

1.1-jadval
Materialning korroziyaga chidamlilik darajasi


Chidamlilik guruhi

Korrozion chidamlilik bali

Korroziya tezligi,
mm/yil

Juda chidamli

1

<0,001

O`ta chidamli

2
3

0,001...0,005
0,005...0,01

Chidamli

4
5

0,01...0,05
0,05...0,1

Chidamliligi past

6
7

0,1...0,5
0,5...1,0

Chidamliligi juda past

8
9

1,0...5,0
5,0...10

Chidamsiz

10

>10

Odatda, asosiy talablarga mos va loyiq materiallar bir nechta bo`ladi. Bunday hollarda, qo`shimcha shart va fikrlarni e’tiborga olib, material tanlanadi.
Shuning uchun, qurilmalarni tayyorlash uchun asosiy materiallarni tanlashni loyihachi nuqtai nazaridan ko`rib chiqish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Konstruksion material sifatida temir (Fe) texnik toza holda umu-man qo`llanilmaydi, chunki qimmat turadi va qayishqoqligi yuqori, ayrim hollarda uni yuqori bosimli qurilmalarda qistirma sifatida ham ishlatiladi.
Cho`yan. Temirning uglerod va kremniy, fosfor marganets va oltingugurt bilan ko`p komponentli qotishmasi kulrang cho`yan bo`ladi. Cho`yan tarkibidagi uglerod miqdori 2,8-3,7% bo`ladi. Boshqa komponentlarning esa miqdori quyidagicha:
S=3,0-3,6%; Si=1,6-2,4%; Mn=0,5-1,0%; R < 0,8%; S < 0,12%.
Cho`yanlar narxi past va o`rtacha mexanik xossalarga ega bo`lgan-ligi ularni texnikaning turli sohalarida keng qo`llanilishiga olib keladi.
Po`lat. Bu materialsiz texnika xozirgi kundagi yuqori darajaga erishmagan bo`lardi. Bunga sabab, po`latning mustahkamligi, dinamik yuklamalarga bardoshliligi, quyilish, bolg`alanish, shtamplanish va payvandlanish qobiliyatiga egaligi, dastgohlarda qayta ishlanishga moyilligi va arzonligidir.
Po`latlarda uglerod miqdori 1,5% gacha bo`lsa, konstruksion po`latlarda 0,7% dan ortmaydi.
Legirlovchi qo`shimchalar ta’siri. Muhim legirlovchi element-larga quyidagilar kiradi: xrom, nikel, molibden, marganets, kremniy, titan, volfram, vanadiy. Ayrim hollarda alyumin va mislar ham qo`shimcha sifatida po`latlarga qo`shiladi.
Kimyoviy tarkibiga ko`ra po`latlar uglerodli va legirlangan turlar-ga bo`linadi. Bu elementlar po`lat sifatini yaxshilaydi va maxsus xossali bo`ladi.
Legirlangan po`latning kimyoviy tarkibi uchun yagona shartli belgilar (harf va raqamlar) qabul qilingan(1.2-jadval).
1.2- jadval

Download 2.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling