Mavzu: “Korxona mahsulotlariga (hizmatlarini, ishlarini) narxini shakllantirish”


Narxning iqtisodiy mohiyat va turlari


Download 71.45 Kb.
bet2/10
Sana17.12.2022
Hajmi71.45 Kb.
#1026478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
to\'lanboyev azizbek

Narxning iqtisodiy mohiyat va turlari

Maxsulot baxosi korxona uchun uning foydasini belgilovchi muxim omili bo‘libgina qolmay, tovarlarni muvafaqiyatli realizatsiyasi (sotishi) dagi sharti xamdir. O‘zaro foydali kelishuvlarni amalga oshirish uchun sotuvchi va xaridorni bog‘lab, ular o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi sharxlar yoki baxolar kerak. Harido o‘z imkoniyatlardan kelib chiqqan xolda tanlaydi. Bozordagi baxo talab va taklifga binoan erkin belgilanadi, aynan ma’lum bozorda ma’lum vaqtda sotilayotgan tovarning real qiymatini aks ettiradi.Narx muammosi va uning tashkil topishi mexanizmi iqtisodiy nazariyada eng murakkab va asosiy hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida narx tizimi asosiy tashkiliy kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Tovarlar narxi tadbirkor uchun asosiy bir dastak hisoblanadi. U narxga qarab o‘zining shaxsiy ehtiyojni qondirish yo‘lida harakat qiladi.


Sotuvchi va xaridorning, alohida ishlovchilarning, tadbirkorlarning, tarmoqlarning, butun jamiyatning va davlatning iqtisodiy manfaatlari narxda aks ettirilgan bo‘lad. Narx – bozor mеxanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U o’zining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xo’jalik yurituvchi sub’еktlari bo’yicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdеk, u ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirib, sog’lom raqobat muhitining yaratilishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Ushbu bobda narxning iqtisodiy mazmuni va vazifalari, shakllanish tamoyillari, narx darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar, narx turlari batafsil bayon etiladi. Shuningdеk, turli darajadagi raqobat sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari, davlatning narx siyosati va uning O’zbеkistondagi o’ziga xos jihatlari ham ko’rib chiqiladi.


Narx – tovar qiymatining puldagi ifodasi ekanligini qayd qiladi.

Narx – bu tovar va xizmatlarning foydaliligini, ya’ni kishilarga naf keltirishini baholash vositasi bo‘lib, tovar birligi uchun to‘lanadigan pul miqdori bilan o‘lchanadi.


Narx tovar uchun olinadigan pul birligi miqdori sifatida aniqlanadi. Bunda ikki xil narxni ajratib ko‘rsatishadi. a) talab narxi bu – narx har bir tovar birligining xaridorlarni o‘ziga jalb qila olish qobiliyatidir (ma’lum vaqtda), istaklar ko‘paysa u pasayadi. b) taklif narxi – bu tovar sotuvga kelib tushgan narxdir.
Narx – talab va taklifning muayyan nisbatida, tovar (xizmati)ni ishlab chiqarishga ketgan iqtisodiy resurs xarajatlari hamda uning nafliligining pul ko‘rinishida ifodalanishidir Korxonaning narx siyosati Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx bir qator vazifalarni bajaradi:

  1. Bozor muvozanatini ta’minlash. Bunda narx bozordagi talab va taklifga ta’sir ko‘rsatish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. Bozor narxi-bu muvozanatli narx bo‘lib, u bozorda talab va takliflarning mos tushganligini bildiradi.

  2. Iqtisodiy regulyatorlik funksiyasi. Narx bozor iqtisodiyotining asosiy mexanizmidir. Ishlab chiqaruvchilar narx o‘zgarishiga qarab ish yuritadilar. U barometr kabi bozor holatini ko‘rsatib turadi. Masalan: «A» tovarga bo‘lgan talab oshsa narx ham oshadi, bu esa tadbirkorlarni shu tovarni ishlab chiqarishga yo‘naltiradi va aksincha.
    Raqobat vositasi funksiyasi. Ma’lumki raqobat ham bozor iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi. Raqobat turlarining eng muhimlaridan biri bu narx vositasidagi kurashdir. Narxni pasaytirish orqali bu kurashda yutib chiqish mumkin.
    4. Hisob – kitob funksiyasi. Narx – bu almashuv qiymat, boshqacha qilib aytganda, tovar uchun to‘lanadigan pul miqdoridir. SHu asosida u hisob-kitob funksiyasini bajaradi.
    5.Sotsial himoya funksiyasi. Bozor iqtisodiyotining o‘tish bosqi-chida ijtimoiy himoya vazifasini o‘tovchi narxlar, aholining keng qatlamlarini hayotiy zarur ist’emolchilik tovarlari bilan minimal darajada ta’minlash maqsadida ham qo‘llaniladi. Qiymatni hisobga olish vazifasi. Tovarni ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, olingan natijalar va uning nafliligi narx yordamida hisobga olinadi.
    6. Taqsimlash vazifasi. Narx vositasida daromadlar, mahsulotlar va iqtisodiy resurslar mulkdorlar, tarmoqlar, sohalar hamda hududlar o‘rtasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Erkin bozor iqtisodiyotida narx asosan talab va taklif asosida tashkil topadi. Agar erkin bozorda taklif ko‘p bo‘lsa tovarlarning narxi pasayadi va aksincha. Tovar kam bo‘lsa narx ko‘tariladi. Agar talab va taklif bir-biriga mos tushsa bozorda muvozanat narx tashkil topadi. Bu narxni biz bozor narxi deb ataymiz.
    Oldinroq ta’kidlab o‘tganimizdek, u tovarning narxi bozorda, talab va taklif, ishlab chiqarish xarajatlari va naflilik asosida tashkil topadi. Bu birinchidan, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, ikkinchidan, tovarning sifatini yaxshilashga undaydi. Bu esa o‘z navbatida raqobatda yutib chiqishga imkon bersa, ikkinchi tomondan aholini sifatli tovarlar bilan ta’minlashga sharoit yaratib beradi. Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra narxlar quydagi turlarga ajratiladi.

  • Ulgurji narxlar. Bu narxlarda tovarlar katta partiyalarda, ko‘tarasiga sotiladi. U tarkiban ishlab chiqarish xarajatlari hamda ulgurji-savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini o‘z ichiga oladi.

  • CHakana narxlar. Bu tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narxlar. CHakana narx o‘z tarkibiga tovarning ulgurji narxi hamda chakana savdo tashkilotlari xarajatlari va foydasini oladi.

  • Xarid narxlari. Bu narxlar davlat buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovarlarga belgilanadi. Ayrim hollarda bunday narxlarga muayyan ustama va imtiyozlar bo‘lishi ko‘zda tutiladi.

  • Dotatsion narxlar. Davlat byudjeti hisobidan arzonlashtirilgan narxlardir.

  • Demping narxlar. Bunday narxlarda ishlab chiqaruvchilar bozordagi mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarishda foydalanadi. U bozorga «suqilib kirish» narxi deb ham ataladi.

  • Nufuzli narxlar. Aloxining yuqori daromad oluvchi qatlami harid qiladigan nufuzli (obro‘-talab) tovarlarga belglanadi.

  • Ta’riflar. Turli xil xizmatlar (telefon, transport, kommunal va h.k) baxosi sifatida chiqadi.

Tartibga solinishi darajasiga ko‘ra narxining quyidagi turlari mavjud bo‘lishi ko‘zda tutiladi.



  • Qat’iy belgilangan narxlar. Ma’muriy tarzda belgilanib, bozor kuchlari ta’sir ko‘rsatmaydi va muayyan davr davomida doimiy bo‘lib qoladi.

  • Erkin narhlar. Talab va taklif ta’siri ostida vujudga keladigan bozor narxlaridir.

  • Tartibga solinadigan narxlar. Ayrim tovarlarga davlat narxlarning yuqori (iste’molchi manfaatini ko‘zlab) va quyi (ishlab chiqaruvchi manfaatini ko‘zlab) chegarasini belgilaganda, hamda moliyaviy va kreditli dastaklardan foydalanib, narxga ta’sir ko‘rsatganda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.


Download 71.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling