Mavzu: “Korxona mahsulotlariga (hizmatlarini, ishlarini) narxini shakllantirish”


Download 71.45 Kb.
bet6/10
Sana17.12.2022
Hajmi71.45 Kb.
#1026478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
to\'lanboyev azizbek

Narxni aniqlash usullari



  1. Baxo (narx) – tovar qiymatining pul shakli. Narx tovar exud xizmatda gavdalangan ijtimoiy mexnatni qiymatni pul shaklida ifoda etish, pulda o‘lchash. Narxni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga bo‘lgan talab va uning taklifiga bog‘liq bo‘ladi. Narx faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek, tovarning foydaligi, sifati va boshqa tovarlar o‘rnini bosa olishi, muomaladagi pulning xarid qobiliyatiga xam bog‘liq.

  2. Korxonaning ulgurji baxosi – maxsulot tannarxiga kiritilgan ishlshab chiqarish sarflari va maxsulot sotilishidan tushgan foyda asosida belgilanadi, ya’ni: Ub(k)=t/n+F (QQS va aksizsiz).

  3. Erkin-ulgurji (sotish) baxosi – korxonaning ulgurji baxosi, qo‘shimcha qiymat va aksiz soliqlari asosida tashkil topadi.

  4. CHakana baxo – savdo muassasalari orqali sotiladigan maxsulot va tovarlar baxosi bo‘lib, ularning erkin-ulgurji (sotish) baxosi va zakana muassasalarining savdo ustamalari (nadbavkalari) asosida belgilanadi.

  5. Muvozanat baxosi – sotuvchilar taklif qiladigan va xaridorlar sotib olmoqchi bo‘lgan tovarlar miqdori tenglashgan xolatda talab narxi taklif narxiga teng bo‘ladi, xamda u aynan shu bozorda va aynan shu vaqtning o‘zida xam sotuchi, xam xaridorni qondiradigan birdan-bir baxodir.

Korxonaning narx siyosati

Korxona iqtisodiyotida baxolar shakllanishida asosiy tomoyil – bu maxsulotni ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlari) va sotishga ketgan sarflarni qoplash va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishni ta’minlash, davlat va maxalliy organlarga tegishli soliqlarni to‘lab, korxona xodimlarining ma’lum xayot standartini ta’minlash xajmida iste’mol fondlarni tashkil qilish uchun zarur miqdorda foyda olishdir. Bu vaziyatda foyda baxo, ishlab chiqarish sarflari va sotilgan tovarlar miqdorining funksiyasi bo‘lib yuzaga keladi.


Bu xolda ishlab chiqarilayotgan maxsulotga ketgan sarf xarajatlar darajasi korxonani o‘ziga bog‘liq bo‘lsa, baxo darajasining shakllanishi va sotish xajmlari esa ko‘proq bozor konyukturasiga bog‘liq. SHuning uchun ko‘proq foyda olishga intilish (foyda ishtiyoqi) xar bir korxonada o‘ziga xos xususiy baxolanish siyosatini olib borishni takazo etadi. Bozor baxosinin optimal varianti – bu muvozanat baxosidir. Bu baxo talab xajmi taklifga teppa-teng bo‘lganidagi sharxdir, xamda u aynan shu bozorda va aynan shu vaqtning o‘zida xam sotuvchi, xam xaridorni qondiradigan birdan-bir baxodir. Baxo muvozanat baxosidan past bo‘lsa, talabning ortib ketishi, ya’ni tanqislik yuzaga kelishini payqash qiyin emas. Aksincha, baxo muvozanat baxosidan yuqori bo‘lsa, bozorda taklif ortiqcha bo‘lib ketadi. Muvozanat baxosi uzoq vaqt davom etishi uchun:

  • sotuvchilar va xaridorlar bozor konyukturasi va unda tarkib topayotgan sharxdan to‘la xabardor bo‘lidilar;

  • sotuvchilar va xaridorlar shu qadar ko‘pki, bunda xech bir odam yoki gurux sharx ustidan nazorat o‘rnata olmaydi;

  • maxsulotlar bir xil bo‘lishi, ya’ni xaridor sifat uchun biror sotuvchiga bozor narxidan yuqoriroq xak to‘lashga, sotuvchi esa narxni kamaytirishga to‘g‘ri kelmaydi;

  • sotuvchilar va xaridorlar bozorga xoxlasa kirib, xoxlasa chiqib ketishi kerak;

  • talab va takliflarning barqarorligi xuqm surigi lozim, chunki u o‘zgarishi bilan bozor narxi xam o‘sadi yoki pasayadi.


  • Download 71.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling