Mavzu: Korxonalarda moliyaviy xisobotni tashkil etish masalalari Mundarija


Download 93.17 Kb.
bet15/18
Sana22.02.2023
Hajmi93.17 Kb.
#1222743
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
moliya,AZAMAT

Ushbu mavzuning maqsadi – talabalarga korxonalarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlari haqida qo’shimcha ma’lumotlar taqdim etish, bilimlarni chuqurlashtirish, shuningdek ushbu bilimlarni amaliyotga tatbiq etish asosida foydalanuvchilar uchun zaruriy ma’lumotlarni shakllantirish, boshqaruv tizimi uchun zarur bo‘lgan qarorlarni qabul qilish, korxonaning iqtisodiy-moliyaviy holatini tahlil etish, amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonlarning nazoratini yuritish borasidagi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishda turli mulkchilik korxonalarini yanada kengaytirish, biznesni muvafaqqiyatli rivojlantirish hamda aholini yangi ishchi o‘rinlar bilan ta’minlash bugungi zamonning dolzarb talablaridan biri bo‘lmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyatini yanada rivojlantirish dolzarb masalalardan biri ekanligini bildiradi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati samaradorligini ta’minlash maqsadida ishonchli va to‘liq axborotlarni tezkorlik bilan olish hamda ulardan samarali foydalanish muhim iqtisodiy qarorlar qabul qilishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bu, o‘z navbatida, moliyaviy hisobotlarda keltirilgan ma’lumotlar iqtisodiy mohiyatining aniq va tushunarli bo‘lishini hamda uning korxona faoliyatidagi rolini, baholash usullarini va boshqa hisobot ma’lumotlarining bir-biri bilan mutanosibligini ta’minlash kabi vazifalarni talab qiladi. Moliyaviy hisobot ma’lumotlarining ishonchliligini tasdiqlash esa sifatli auditorlik hisobotlari va xulosalari orqali amalga oshirilishi davr talabi hisoblanadi.
Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo’lgani kabi, korxonalarning moliyaviy hisobotlari borasida ham ulkan o‘zgarishlar sodir boidi. Keyingi yillar mobaynida xalqaro standartlarga to‘la-to‘kis javob beruvchi buxgalteriya hisobi tizimini yaratish borasida ko‘pgina islohotlar olib borilmoqda. Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo‘shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o‘rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini jahon standartlariga ko‘chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 -yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” jamiyat hayoti barcha sohalari uchun asosiy dasturulamal bo‘lib hisoblanadi. Mamlakatni yanada rivojlantirish va rivojlangan davlatlar darajasiga yetkazish maqsadida qabul qilingan ushbu hujjatning uchinchi yo‘nalishida belgilangan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari borasidagi vazifalar ijrosi tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga ham bog‘liqdir.


Download 93.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling