Mavzu Kredit va uning mazmuni. Reja (2)
Download 96.51 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kredit va uning mazmuni. REJA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM Iqtisodiyot yo‘nalishi 20.116 guruh talabasi Mo'ydinzoda Muhammadali Kredit va uning mazmuni mavzusida Mustaqil ishi Kredit va uning mazmuni. REJA: • Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari. • Kredit turlari va tamoyillari. • Foiz va unga ta’sir etuvchi omillar. • Kredit va bank tizimi. • Pul multiplikatori. • Markaziy bank va uning asosiy vazifalari. 1. Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari. Kredit so`zi lotincha credit - ishonch degan ma’noni anglatib, tovar yoki pulni ma’lum bir muddatda qaytarish sharti bilan qarzga berishni bildiradi. Birov pulini qaytarib olishga ishongani uchun qarz beradi. Kredit munosabatlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. Dastlab natura shaklida (g`alla, chorva va boshqalar) mulkdorlar tomonidan qarzga berish rasm bo`la boshlagan. Keyinroq pul shaklida ham beriladigan bo`ldi. qarzga pul berishning dastlabki shakli sudxo`rlik bo`lib, u nihoyatda yuqori darajada protsent bilan qaytarilishi bilan kreditdan farq qiladi. qadimgi Gretsiyada eramizgacha IV- asrda oyiga 42 %, yiliga 570 % gacha foiz to`langani tarixiy manbalarda qayd etilgan. Bundan tashqari sudxo`r qarz oluvchidan qo`shimcha imkoniyatlar yaratilishini ham talab qilgan. Badiiy adabiyotda birinchi bo`lib, fransuz yozuvchisi O. Balzak sudxo`r obrazini yaratgan. S.Ayniyning “Sudxo`rning o`limi“ asari o`zining mazmuni, obraz ifodasi jixatdan Balzak asaridan ham o`tib ketgan desak xato qilmaymiz. Sudxo`rlik qarzi bir tomondan kuchayib mayda ishlab chiqaruvchilarni xonavayron qilgan, ikkinchi tomondan kapitalning dastlabki jamg`arish uchun zarur mablag`larni shakllanishga yordam bergan. Industrial ishlab chiqarish va klassik kapitalizmning vujudga kelishi bilan kreditsiz ishlab chiqarish faoliyatini yuritish qiyinlashib qoladi. Kapital bir xo`jalikda pul shaklida, ikkinchisida tovar shaklida bo`lib, turli sohalarda harakati bir-biriga to`g`ri kelmaydi. Kapital harakatining alohidalashgani tufayli bir xo`jalikda pul etishmasa, ikkinchisida bo`sh pul mavjud bo`ladi. Natijasida mablag`i yo`q xo`jaliklar, bo`sh pul mablag`i borlardan qarz olishga majbur bo`ladilar. Bo`sh pul mablag`i borlar o`z pullarini ma’lum muddatga qarzga berar ekanlar, pularini boshqa birovni qo`liga topshirib, xatarli tavakkal qilganlari uchun ma’lum miqdorda haq oladilar. o`z mablag`i etarli bo`lmagan xo`jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy resurslarga bo`lgan ehtiyojini kredit orqali qoplaydi. Takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz davom etishini ta’minlash zaruriyati kredit munosabatini ob’ektiv zarur qilib qo`yadi. CHunki tovarlar ishlab chiqarish, uni sotish, tovar ishlab chiqarish uchun zarur resurslarni sotib olish bir vaqtning o`zida yuz bermaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bo`sh pul mablag`larini o`lik boylik, xazina sifatida saqlash befoyda. Jamiyat taraqqiy etishi bilan kredit munosabatlari rivojlanib, yangi-yangi imkoniyatlar vujudga kela boradi. hozirgi iqtisodiyotni kreditsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Download 96.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling