Mavzu Kredit va uning mazmuni. Reja (2)
Xo`jaliklararo pul krediti
Download 96.51 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro kredit
- 3. Foiz va unga ta’sir etuvchi omillar.
Xo`jaliklararo pul krediti xo`jalik yurituvchi sub’ektlarni bir-birriga beradigan krediti.
Korxona, tashkilotlar aksiya, obligatsiya, kredit biletlari va boshqa qimmatbaho qog`ozlar chiqarish orqali beriladi. Bu operatsiyalar korxonalarni markazlashtirilmagan moliyalashtirish (aksiya chiqarish) va kreditlash (obligatsiya va boshqa qimmatbaho qog`ozlar) degan nom olgan. Xalqaro kredit bu ssuda kapitalining xalqaro miqyosdagi xarakatidir. Xalqaro kredit tovar yoki pul (valyuta) shaklida berildi. qarz beruvchilar va qarz oluvchilar banklar, xususiy firmalar, davlat organlari, xukumatlar, yirik korparatsiyalar, xalqaro va regional tashkilotlari bo`lib, ularning kredit berish shartlari bir-birinikidan jiddiy farq qilishi mumkin. 3. Foiz va unga ta’sir etuvchi omillar. Rivojlangan bozor xo`jaligida ssuda kapitali bozori vujudga keladi. Bu bozorda alohida tovar-kapital oldi-sotdi qilinadi. Bunda pul qo`shimcha fazilat foyda keltirishga ega bo`ladi. U ishlatib turishga berilar ekan, egasiga avvalgi miqdoriga qaraganda belgilangan foiz darajasida ko`payib shartlashilgan muddatda qaytib keladi. Bozorga chiqarilgan pulining narxi protsent bo`ladi. Bu uning ma’lum ehtiyojni qondirish uchun pulning xossasidan foydalanganligi uchun beriladigan xaq bo`ladi. Foiz darajasi yoki miqdori avvaldan belgilanadi. U ssuda protsenti hamda bank protsentidan iborat. Mijozlar odatda o`z pullarini bankka qo`yar ekanlar unga foiz olishadi. Bu bankning pul egalariga to`laydigan foizi bo`lib, uni bank protsenti deb ataladi. U yuqori bo`lsa pulni bankda saqlovchi mijozlar ko`payadi, kamaysa aksincha. Daromad (protsent) summasi Aytaylik mijoz o`z pulini bankka qo`yib qarzga bergan kapitali 50000 so`m bo`lsin. 5000 so`m daromad olsin u holda yillik bank protsenti 10% ni tashkil etadi. Bankdan qarz oluvchi ssuda protsenti to`laydi. har bir ssuda oluvchini olgan qarzi unga qanchaga tushishi qiziqtiradi. Uni quyidagicha hisoblab chiqarish mumkin: r = kr x r’ x t; r-ssuda uchun to`langan umumiy foiz. kr- qarz miqdori; r’-protsentning yillik miqdori; t - kredit berilgan vaqt. Aytaylik, “Zamin bank” Fermerga 200 ming so`m, 14% yillik protsent hisobidan yarim yilga qarz berdi. Fermer xo`jaligi kredit uchun qancha haq to`lashi kerak? Ssuda foizi quyidagicha bo`ladi: r = 200*14*6/12=14000. Demak, fermer 200 ming so`mni 106 ming so`m qilib qaytarishi kerak. Odatda ssuda foizi bank protsentiga nisbatan yuqori belgilanadi. Bu bank xarajatlarini qoplash va daromad olish imkonini beradi. Bankning oladigan protsenti bilan beradigan protsenti o`rtasidagi farq marja deyiladi. Bu erda shunday savol tug`iladi, qanday manba hisobiga to`lanadigan protsent qoplanadi? qarzga olingan pul kapital sifatida ishlatiladi, ya’ni foyda olish nazarda tutiladi. Pul egasi mulkdor sifatida shu pulni ishlatib olingan foydaning bir qismini talab qiladi. SHunday qilib, protsent qarz pulini ishlatib olingan daromaddan qoplanadi. Buni A.Smit o`zining «Odamlar boyligi..” asarida ko`rsatib o`tgan. qarz puli iste’mol uchun ishlatilsa, foiz daromadning bir qismi bo`lmaydi (chunki daromadning o`zi yo`q), u qarzdorning kelajakda iste’mol uchun mablag`idan qoplanadi. Agar tadbirkor 200 ming so`m olib ishlab chiqarish yoki savdoga ishlatsa 14000 so`m protsent to`lasa uni foydasidan qoplanadi, agar iste’molchi mebel xarid qilsa 14000 so`mni ish haqidan to`laydi. Bankning yalpi foydasi uni o`tkazgan barcha operatsiyalaridan olingan daromadi bo`lib, uning xarajatlari (bank xodimlariga ish haqi, amortizatsiya, bank binosini saqlash xarajatlari, kanselyariya xarajatlari va boshqalar) qoplanganidan qolgan qismi bankning sof foydasi hisoblanadi. Download 96.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling