1. Belgilangan muddatda qaytarilib berilishi.
Bu faqat kreditning tamoyiligina
emas, balki uning xususiyati, mohiyatini ifodalaydi. Uni pul berishning boshqa shakllari
subsidiya, dotatsiya kabilardan farqi ham shunda, qaytarish bo`lmasa kredit munosabatlari
ham bo`lmaydi.
2. Muddatliligi. Kredit berishning bu tamoyili
avvalgi tamoyil bilan chambarchas
bog`langan. Kredit shartnomasi
tuzilayotgan paytda
qaytarish
sharti bilan birga
muddati ham ko`rsatiladi. qarz mablag`laridan foydalanganligi uchun to`lanadigan haq
ham uning muddatiga bog`liq.
3. Kreditdan foydalanganlik uchun haq to`lash
tamoyili. qarz olib, birovning
mablag`ini
ishlatib turgani
uchun ma’lum miqdorda foiz to`lanadi. Ssuda kapitali
bozorida foiz darajasi
muhim rol o`ynaydi, bozordagi vaziyatni belgilaydi. Protsent
stavkasi
shakllanishiga
bozor omillari, eng avvalo, talab va taklif, undan tashqari
Markaziy bank hisob stavkasi, banklararo kredit bozoridagi protsent stavkasi, depozitlar
stavkasi ta’sir etadi. Depozitlar bo`yicha stavka qancha yuqori bo`lsa, kredit uchun ham
shuncha yuqori bo`ladi.
4. Moddiy jixatdan ta’minlanganligi. qarz oluvchi ham, qarz beruvchi ham qarzga
olingan mablag`ni
qaytarilishiga ishonch, ya’ni real imkoniyati borligini ifodalaydi. Agar
kredit berish uchun real tovar moddiy boyliklar zahirasi hisobga olinsa, shuning o`zi
kreditning ta’minlangani bo`ladi. Agar kredit sezonli xarajatlarni qoplash uchun berilsa,
bu xarajatlar real
moddiy boyliklar qiymatiga kirishi
ko`zda tutiladi. Kredit savdo
bitimlari uchun berilsa, shartnoma tuzilib, qarz egasiga qaytarilishi hisobga olinadi.
Kredit berishda garov olish alohida o`rin tutadi. Kafolatli shartnoma asosida kredit
jismoniy shaxslar, dexqon xo`jaliklari, fermerlar, ijarachilarga berilishi mumkin. Bunday
shartnomaga ko`ra kafolatchi qarzni qaytarilishiga kafil bo`ladi, moboda qarz olgan
qaytara olmasa, kafil bo`lgan shaxs to`lashi kerak bo`ladi. qarz shartnomasi sug`urta
kompaniyalari javobgarligi asosida ham tuzilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |