Mavzu Kredit va uning mazmuni. Reja (2)
Oltinchidan, tadbirkorlar, katta puldorlar qo`lidagi pullar
Download 96.51 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Kredit turlari va tamoyillari
Oltinchidan, tadbirkorlar, katta puldorlar qo`lidagi pullar.
Bulardan tashqari: davlat byudjetidan uzoq muddatli qarz berish uchun maxsus mablag` ajratiladi. Undan tashqari MB qo`shimcha emissiya tufayli moliya-kredit muassasalariga kreditlar berishi mumkin. Ma’lum vaqt mobaynida bo`sh pullar uning egalariga xech qanday daromad keltirmaydilar, shuning uchun kam miqdordagi foiz bilan ham qarz berish foydali bo`lib qoladi. Natijada ana shu bo`sh pullar ssuda kapitaliga aylantiriladi. Bunda banklar muhim rol o`ynaydi. Ular yuqori foiz bilan pulga muhtoj bo`lgan biznesmenlar, tadbirkorlar va boshqalarga o`z maqsadlarini amalga oshirish uchun qarz beradi. hozirgi sharoitda xo`jalikni moliyalashtirishda qarz mablag`larini ulushi oshib borishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Ularning ulushi ayniqsa kapital quyilmalar hajmida ko`payib bormoqda. Bunday tendensiya YAponiya, Italiya, Fransiyada yaqqol ko`zga tashlanadi. Masalan: YAponiya firmalari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sarflagan mablag`larni 4/5 qismi chetdan jalb qilingan, ya’ni qarz olingan. Respublikamiz iqtisodiyotiga ham shunday tendensiya xos. 2. Kredit turlari va tamoyillari. Kredit turlari xilma-xil, ularga turli jihatdan yondashish mumkin. - qarz oluvchilarning asosiy guruhlariga ko`ra: korxonalar, aholi, davlat krediti; - Ko`zlangan maqsadga ko`ra: iste’mol, qishloq xo`jaligi, savdo, investitsiya, byudjet kreditlari. - Berilgan vaqtiga ko`ra: qisqa (1 yilgacha), o`rta (1 yildan 5 yilgacha), uzoq (5 yildan ortiq) muddatli kreditlarga bo`linadi. - Funksiya qilish sferasiga ko`ra, kredit ikki turga bo`linadi: oborot kapitalini tashkil etish, uni tor ma’noda kredit deb yuritiladi. hamda asosiy kapital olish uchun sarflanadigan, odatda uni ssuda deb yuritiladi. 1. Overdraft – bank mijoziga kunlik foiz to`lash sharti bilan hisob raqamidagi mablag`i etmagan hollarda shartlashilgan miqdorda qarz berib, bank kreditini ta’minlanishini talab qilmasligi mumkin. Bunda bank mijozi hisobiga kelib tushgan pulni darrov o`z hisobiga o`tkazib olmaydi. Mijoz qarzni o`ziga qulay paytda to`laydi. 2. Kontokorrent shaklida qarz berganda bank moliyaviy jihatdan barqaror deb topgan mijozlariga oborot mablag`lari uchun kreditni qattiq cheklamasligi mumkin. 3. Avans-Evropa mamlakatlarida bankning har xil shartga ko`ra (overdraft, kontokorrent ham shunga kiradi) qarz berishi. - Kreditni qaytarish ta’minlanganligiga ko`ra ham ikki turga bo`linadi: ta’minlanmagan yoki blankli (overdraft, kontokorrent) va ta’minlangan kredit; - Kredit berish usuliga ko`ra: kompensatsion ya’ni o`z mablag`larini to`ldirish uchun hisob schyotiga (varaqasiga) o`tkaziladigan va to`lov to`g`ridan-to`g`ri qarzni qaytarish, haq to`lash topshirilgan kredit; - Kredit qaytarilishiga ko`ra: to`lash muddati uzaytirilgan, bo`lib to`lanadigan, hamda biri to`la qaytariladigan kreditlarga bo`linadi. qarz hajmi va muddatini cheklanishi darajasiga ko`ra limitlangan va limitlanmagan kreditlarga bo`linadi. Kreditning qaysi turi bo`lmasin, qanday shaklda berilishidan qat’iy nazar, kredit berishning asosiy tamoyillariga rioya qilinishi kerak. Ular quyidagilar: Download 96.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling