Mavzu Kredit va uning mazmuni. Reja (2)


Download 96.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana02.06.2024
Hajmi96.51 Kb.
#1836425
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5. Maqsadliligi. Kredit qat’iy ravishda aniq maqsad uchun beriladi. Bank kredit berish
uchun qarz olayotgan uni nima maqsadda olayotgani, undan qanday foyda olishi
mumkinligini tahlil qiladi.
Tadbirkorlar uni «biznes-reja»da ko`rsatishadi. Kredit
berayotganda bank albatta uni
hisobga oladi, kreditni qaytarmaslik xatarini belgilaydi.
6. Kredit berishga tabaqalashgan xolda yondashish. Bu tamoyil turli qarz oluvchilarga
individual tarzda yondashishni ifodalaydi. Bank qarz berib, qaytarib olmaslik xatarini
hisoblab
chiqib, har
bir
mijoz
uchun qarz berish yoki bermaslik masalasini har
tomonlama tahlil etib hal etadi.
Kreditning tarixiy rivojlanish jarayonida turli shakllari kelib chiqib, ularning eng
asosiylari tijorat va bank kreditidir. Tijorat krediti - bu korxonalar, tadbirkorlar va boshqa
xo`jalik sub’ektlarining bir-biriga tovar shaklida beradigan kreditidir. Bunda tovarlar qarzga
beriladi. Ko`pincha tijorat krediti veksel (qarz majburiyatnomasi) bilan hujjatlashtiriladi.
Tijorat krediti cheklangan tarzda qo`llaniladi. Uni keng tarzda qo`llanishiga
quyidagilar
to`sqinlik qiladi:
a) qarz beruvchini rezerv mablag`i, rezerv fondini cheklanganligi;
b) tovar shaklida kreditni ishlatilishini cheklanganligi. Aytaylik korxona material qarz
olgan bo`lsa, uni faqat ishlab chiqarish vositasi xom-ashyo sifatida ishlatishi mumkin, uni
ish xaqi tarzida ishlata olmaymiz;
v) bu qarz ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan korxonalardan ularni
iste’mol
qiladiganlarga
berilishi mumkin, aksincha emas. Tijorat kreditining bu
cheklanganligi bank krediti yordamida xal etiladi.
Bank krediti -
bu moliya kredit muassasalari (banklar, fondlar, assotsiatsiyalar)
tomonidan har qanday xo`jalik sub’ektlari (tadbirkorlar, korxonalar, tashkilotlar va
boshqalar)ga pul shaklida - ssuda tarzida beriladi. Bank krediti qisqa (1 yilgacha), o`rta (1
yildan 5 yilgacha) va uzoq (5 yildan ortiq) muddatga berilishi mumkin. Kredit faqat tovar
muomalasi (aylanishini)ga xizmat ko`rsatib qolmay, kapital jamg`arilishga ham xizmat
ko`rsatadi. Bank krediti bitimlar hajmi, muddati, yo`nalishi bo`yicha cheklanmaganligi
jihatidan tijorat kreditidan farq qilishi, uni kreditning asosiy va ustun shakliga aylantiradi.
Kreditning ulardan tashqari quyidagi shakllari mavjud.

Download 96.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling