Mavzu: kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish mashg‘ulot maqsadi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana16.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1516210
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1.9 (1)

 
 
 
Tasmani “sakkizsimon” qilib taqish 
usuli


15 
Borish qiyin bo‘lgan joylardan jabrlanuvchini olib chiqish. 
Jabrlangan odamlarni tik turib olib ketish imkoniyati bo‘lmagan joydan olib 
chiqishda quyidagi usullar qo‘llaniladi. 
1. «Opichlab olish» usuli. Ko‘tarib boradigan odam jabrlanuvchi oldida 
cho‘kkalab turadi, jabrlanuvchi uning bo‘ynidan quchoqlab oladi. Jabrlanuvchi 
behush yoki juda behol bo‘lsa va qutqaruvchini quchoqlab ola olmasa, uning 
bilaklari bir-biriga bog‘lab qo‘yiladi. Opichlab boradigan odam jabrlanuvchining 
bog‘langan qo‘llari orasidan boshini o‘tkazib va emaklab yurgan holda 
jabrlanuvchini orqasida sudraydi.
2. «Orqada ko‘tarish» usuli. Ko‘taradigan odam jabrlanuvchining yoniga 
yotadi, jabrlanuvchi ko‘taradigan odamning ustiga chiqib olib, yelkalaridan ushlab 
oladi. Agar jabrlangan odamning bunday qilishga holi kelmasa, ko‘taradigan odam 
jabrlanuvchini yonboshlatib yotqizadi, uning ko‘kragiga orqasini taqab turib
jabrlangan odamni o‘zining ustiga yotqizib oladi. Ko‘taradigan odam emaklab 
ketayotganda faqat bitta oyog‘i bilan emaklaydi, shunda jabrlanuvchi uning 
orqasidan tushib ketmaydi. 
 
11-rasm 
«Orqada ko‘tarish» usuli 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3. Ilmoq yordamida sudrash. Jabrlanuvchi birorta matoga (adyolga, 
brezenga) uzunasiga yotqiziladi. Matoning ikkala uchi uning tagidan bog‘lanadi. 
Zambil tasmasining yoki arqonning boshqa uchidan oldindan halqa qilib qo‘yiladi, 
ana shu halqa tashiydigan odamning yelkasidan o‘tkaziladi, u tor joydan o‘tar ekan 
jabrlangan odamni sudraydi. Bu xildagi usul bilan plash yoki paltodan foydalangan 
holda jabrlanuvchini sudrasa bo‘ladi, buning uchun arqonning uchini qaytarilgan 
yengdan o‘tkazib, tugiladi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling