Mavzu: kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish mashg‘ulot maqsadi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana16.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1516210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1.9 (1)

 
II. ASOSIY QISM 
 
1-o‘quv savoli. Zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda aholiga 
birinchi birinchi yordam ko‘rsatish qoida va talablari
Tibbiy yordamning bir necha turlari mavjud bo‘lib, tibbiy yordam deganda 
o‘z-o‘ziga, o‘zgalarga yordam ko‘rsatish, ma’lum malakaga ega bo‘lgan tibbiyot 
xodimlari tomonidan davolash evakuatsiya jarayonida hamda tibbiy muassalarda 



tibbiy vositalar yordamida olib boriladigan davolash-profilaktik tadbirlar majmui 
tushuniladi. 
Birinchi yordam - bu shikastlanish joyida yoki uning atrofida, o‘z-o‘ziga va 
o‘zgalarga, shuningdek, avariya-qutqaruv ishlari ishtirokchilari (yoki tibbiyot 
xodimlari)tomonidan cheklangan tibbiy vositalar yoki qo‘l ostidagi vositalar 
yordamida ko‘rsatiladigan oddiy tibbiy amaliyotlar hisoblanadi. 
Birinchi yordamning maqsadi shikastlovchi omillarning ta’sirini bartaraf 
etish, jarohatlanganning hayotini saqlab qolish, og‘ir asoratlar rivojlanishining 
oldini olish yoki kamaytirishdan iborat bo‘lib, birinchiyordam uchun eng maqbul 
davr jarohatdan keyingi 5-30 daqiqalar hisoblanadi. 
Birinchi yordam quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- yonayotgan yoki kuyayotgan kiyimlarni o‘chirish; 
- yuqori nafas yo‘llarini shilimshiq, qon, tuproq va boshqa bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan begona narsalardan ozod qilish orqali asfiksiyani bartaraf etish, tanani qulay 
tarzda joylashtirish (til ketib qolganda, qusishda, burundan qon ketganda); 
- “og‘izdan og‘izga” yoki “og‘izdan burunga” usulida sun’iy nafas berish; 
- tashqi qon ketishida barcha mavjud usullar bilan vaqtincha to‘xtatish: jgut 
qo‘yish, tomirni barmoq bilan bosish,bosib turuvchi bog‘lam qo‘yish, oyoqlarni 
maksimal bukib bog‘lash; 
- yara va kuyish yuzalariga aseptik bog‘lab qo‘yish;
- sinish, yumshoq to‘qimalarning maydalanishi, tananing katta qismi 
kuyganda immobilizatsiya qilish;
- yurakni massaj qilish; 
- og‘riq qoldiruvchi vositalar, qusishga qarshi dorilar yuborish;
- tuzli eritma yoki quvvatllovchi issiq ichimlik (choy, qahva) berish, tana 
harorati tushib ketishi yoki ko‘tarilib ketishining oldini olish; 
- antidotlar yuborish; 
- qisman sanitar ishlovdan o‘tkazish; 
-zararli hududdagilarga gazniqob kiydirish; 
- radioaktiv moddalar organizmga tushganda profilaktik dorilardan 
foydalanish, birlamchi reaksiyani davolash; 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling