Mavzu: kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish mashg‘ulot maqsadi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
1.9 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miyaning lat yeyishi.
Miyaning chayqalishi. Miyaning chayqalishi mexanik kuchning tez va
kuchli ta’siridan kelib chiqadi. Miya chayqalishining yengil, o‘rtacha va og‘ir darajalari tafovut qilinadi. Yengil darajali miya chayqalishida qisqa muddatli hushni yo‘qotish, ba’zan bosh aylanishi, quloqlar shang‘illashi, ko‘z oldi qorong‘ilashishi, bosh og‘rishi, teri oqarishi, ko‘ngil aynishi yoki qusish kuzatiladi. Shikastlanganda retrograd amneziya (jarohat olishdan oldingi voqelikni esdan chiqarish) holati kuzatiladi. Yuqorida qayd qilingan belgilar 5–7 kundan so‘ng asta-sekin yo‘qoladi. 6 O‘rta darajali miya chayqalishida bir necha soat davomida hushni yo‘qotish, adinamiya, ruhiy qo‘zg‘alish, qusish, reflekslarning pasayishi, nistagm, ko‘z qorachig‘ining torayishi, tomir urishining sustlashuvi, nafas olishning tezlashishi kuzatiladi. Og‘ir darajali miya chayqalishi uzoq muddat (bir necha soatdan kungacha) davom etadigan hushsizlik bilan xarakterlanadi. Bunda nafas olish yuzakilashadi, tomir urishi sustlashadi va kuchsizlanadi, teri oqaradi, reflekslarhamda ko‘z qorachig‘ining yorug‘likka bo‘lgan reaksiyasi yo‘qoladi, siydik va najasning ixtiyorsiz ajralishi kuzatiladi. Bunday holat komaga va uning oqbatida kelib chiqadigan o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. Miyasi chayqalgan jabrlanuvchilar, yengil chayqalganda uch haftagacha, og‘irroq chayqalishlarda bir oydan ikki oygacha yotgan holda davolanishlari lozim. Miyaning lat yeyishi. Miya lat yeyishi deganda, miya moddasining shikastlanishi tushuniladi. Og‘ir jarohatlarda bu shikastlanish olingan zarbaning qarama-qarshi tomonida joylashgan bo‘ladi. Miya lat yeganida miya funksiyasi buziladi.Bu holat jarohatdan so‘ng birdan rivojlanadi. Oyoq yoki qo‘lning (monoplegiya) yoki gavda yarmi mushaklarining (gemiplegiya) falajlanishi kuzatiladi, ovoz yo‘qoladi (afaziya), yuz nervlarining shikastlanishi tufayli yuz qiyshayishi (assimetriya) va ko‘rishning yomonlashuvi yuz beradi. Tana harorati 40oS gacha keskin ko‘tarilishi mumkin. Birinchi tibbiy yordam nafas olish va qon tomir tizimlarining faoliyatini yaxshilashga qaratiladi. Nevrologik belgilarni yo‘qotish uchun jabrlanuvchi keyinchalik 4–5 hafta davomida davolanadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling