Mavzu: kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish mashg‘ulot maqsadi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana16.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1516210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1.9 (1)

Miyaning ezilishi. Miya ezilishi bosh suyagi ichidagi tomirlardan qon ketishi 
yoki suyaklar sinishi natijasida ro‘y beradi. 
Qon to‘planishi (gematoma) miya qattiq po‘stlog‘i ustida (epidural 
gematoma) hamda miya to‘qimasi ichida (miya ichi gematomasi) hosil bo‘ladi. 
Miya ezilishining ilk belgilari: es-hushning yo‘qolmasdan tormozlanishi
bosh og‘rishi hisoblanadi. Ko‘z qorachig‘ining qon quyilgan tomonda kengayishi 
kuzatiladi. Keyinchalik esa bemorning tashqi muhitga reaksiyasi yo‘qoladi, 
hushidan ketadi, tomir urishidaqiqasiga 40-50 martagacha sekinlashadi. Nafas olish 
yomonlashadi, shovqinli va notekis bo‘lib qoladi. 
Miya ezilishi bosh miyaga qon ketishi natijasida kelib chiqqan bo‘lsa uning 
belgilari birdaniga yuzaga chiqmasligi mumkin. Shuning uchun ham 
jabrlanuvchilarshifokorlar nazoratiga topshiriladi. 
Bosh suyagi va miya jarohatlarida birinchi yordam osoyishtalikni ta’minlash, 
bosh sohasining harakatsizligini ta’minlash, nafas olishni yaxshilash, ya’ni hayot 
uchun xavfli bo‘lgan holatlarning oldini olishdan iborat bo‘ladi. Bosh miyaning 
yopiq jarohatlarini davolash bemorga mutlaq osoyishtalik yaratishdan boshlanishi 
kerak. Ularni transportirovka qilish boshi bir oz ko‘tarilgan, yotgan holda bajarilishi 
lozim. Bemor hushsiz bo‘lganligi tufayli, qusuqning nafas yo‘liga tiqilishi, til ketib 
qolishiga qarshi choralar ko‘riladi. Ba’zan transportirovka qilishda kislorod bilan 
nafas oldirish va yurak-tomir vositalaridan berish lozim bo‘ladi. 
Og‘ir bemorni transportirovka qilishda maxsus taxta, zambil yoki g‘ildirakli 
zambil ishlatiladi. Bemor solingan zambil ikki yoki to‘rt kishi yordamida 



chayqatmasdan ko‘tariladi. Jabrlanuvchilarni yuqori qavatlarga ko‘tarishda uning 
boshi old tomonda va oyoq tomonini gorizontal holda bo‘lishi lozim. Bemorni 
zambildan to‘shakka o‘tkazishda zambilni karavot sathida ushlash va 3 kishi zambil 
bilan karavot orasida bemorga qaragan holda turishi lozim. Bunda bir kishi bemor 
boshi va ko‘kragini, ikkinchi kishi beli va sonini, uchinchisi esa boldirini ushlashi 
kerak. 
Zilzilalarda bosh suyagi va miya shikastlanishlari bilan bir qatorda bel 
suyaklarining, jumladan, umurtqa pog‘onasi, yuz suyaklari (yuqori va pastki jag‘ 
suyaklari, burun suyaklarining) sinishilari ham kuzatilishi mumkin. Bu 
shikastlanishlar bosh va yuz sohasining hamda tananing boshqa qismlari yumshoq 
to‘qimalarining ham jarohatlanishi bilan kechadi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling