Mavzu: kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish mashg‘ulot maqsadi


Jabrlanganlarni tibbiy muassasalarga evakuatsiya


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana16.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1516210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1.9 (1)

Jabrlanganlarni tibbiy muassasalarga evakuatsiya
qilish jarayoni
Tibbiy evakuatsiya bosqichida bajariladigan vazifalar shart-sharoitlarga 
qarab, har xil bo‘lishi mumkin. Bunda har bir bosqich uchun boshqaruv, apteka, 
laboratoriya, ta’minot bo‘linmalari tashkil etilishi mumkin. 
2-o‘quv savoli. Zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda aholiga 
birinchi birinchi yordam ko‘rsatish tartibi
Zilzila oqibatida ko‘plab insonlar turli darajada shikastlanishlar oladi. Bunda 
zilzila kuchiga qarab shikastlanish turi ham har xil bo‘ladi. 
Zilzila natijasida olinadigan shikastlar shikastlovchi omilning ta’sir qilish 
tezligiga, kuchiga, davomiyligiga, ta’sir qilish joyiga va jabrlanuvchining yoshiga 
bog‘liq bo‘ladi. Jarohat mexanizmiga qarab shikastlarning quyidagi turlari 
kuzatilishi mumkin: zarbali, kompression va aralash. 
Zarbali shikastlanish ta’sirida har xil darajadagi – miya chayqalishidan tortib, 
bosh miyaning og‘ir jarohatlanishigacha bo‘lgan holatlar kuzatilishi 
mumkin.Bunday holatlarda jabrlanuvchi es-hushini va hatto xotirasini 
yo‘qotishi,zarba tekkan joyda yumshoq to‘qimalarning shikastlanishi, har xil 
sinishlar ham aniqlanishi mumkin. 



Kompression (bosib qolish) mexanizm ta’sirida (bino, qurilish bo‘laklari va 
boshqa jihozlarning bosib qolishi) jarohatlovchi kuch katta bo‘lmaydi. Bunda 
suyaklarning sinishi va deformatsiyalanishi kam hollarda kuzatiladi. 
Aralash mexanizmli shikastlanishda esa tayanch-harakat a’zolari, bosh 
suyagi, miya to‘qimasining jarohatlanishi, tana to‘qimalarining yuk ta’sirida ezilishi 
birgalikda keladi. 
Bosh suyagi va miyaning shikastlanishi. Bosh suyagining jarohati 
kommotsion-kontuzion sindrom ko‘rinishida organizmning o‘ziga xos xususiyati 
bilan 
xarakterlanadi. 
Bosh 
suyagining jarohati yumshoq to‘qimalarda 
gematomalarning paydo bo‘lishi, ular butunligining buzilishi (yorilishlar), bosh 
suyagining sinishi hamda miya shikast- lanishlari bilan kechadi. 
Bosh suyagining shikastlanishi ochiq va yopiq xarakterda bo‘lishi mumkin. 
Bosh sohasining yopiq shikastlanishida yumshoq to‘qimalarning anatomik 
butunligi buzilmaydi. Teri osti tomirlarining shikastlanishi tufayli gematoma hosil 
bo‘ladi va bosh sohasida turli o‘lchamli shish (g‘urra) paydo bo‘ladi. 
Shikastlangan soha og‘riq, qizarish, keyinchalik esa ko‘karish kuzatilishi 
mumkin. Ochiq shikastlanish holatlarida esa to‘qimalar anatomik butunligi buzilishi 
tufayli jarohatlar paydo bo‘ladi va jarohatlarga xos bo‘lgan belgilar kuzatiladi. 
Bosh suyagi shikastlanishida 8–15% holatlarda bosh miya funksiyasining 
buzilishlari qayd etiladi. Yopiq shikastlanishlar ochiq shikastlanishlarga qaraganda 
3 marta ko‘proq uchraydi. 
Zilzila natijasida yuzaga kelgan bosh jarohatlarida jarohat darajasi har xil 
bo‘lgani holda yaralar uchramaydi. Yiringli yaralarning mavjudligi jarohatning 
eskiligidan dalolat beradi. Odatda zilzila oqibatida olingan bosh jarohatlarida bosh 
suyagi aponevrozining jarohati, teri va teri osti qavati jarohatlariga qaraganda 
ko‘proq ochilib turadi. Jarohatdan oqayotgan qon hajmi bosh suyaklarining 
shikastlangan yoki shikastlanmaganligidan dalolat berishi mumkin. Chunki bosh 
suyaklari shikastlanganda miya tomirlari va qavatlaridan qon ko‘p ketadi. 
Zilzila oqibatida olingan bosh jarohatida orqa miya suyuqligi yoki miya 
to‘qimasi bo‘laklari bo‘lishi mumkin. 
Ko‘p hollarda ko‘z qovog‘ining «ko‘zoynak» ko‘rinishidagi qontalashuvi 
kuzatiladi. Bu bosh suyagi asosi oldingi sohasining sinishidan darak beradi. 
Quloqlardanqon ketishi esa bosh suyagi asosi o‘rta qismining singanligini 
ko‘rsatadi. 
Bosh miya shikastlanishining uchta asosiy turi farqlanadi: miya chayqalishi, 
lat yeyishi va ezilishi. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling