Mavzu: kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish mashg‘ulot maqsadi
Shikastlanganlarni tibbiy evakuatsiya qilishga tayyorlash va nazorat
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
1.9 (1)
Shikastlanganlarni tibbiy evakuatsiya qilishga tayyorlash va nazorat
qilish. Saralash jarayonida shikastlanganlar birinchi va ikkinchi navbatda yordamga muhtoj bo‘lganlarga hamda birinchi va ikkinchi navbatda olib ketilishi lozim bo‘lganlarga, shuningdek, yengil shikastlanganlarga ajratiladi. Shikastlanganlarni evakuatsiya qilishga tayyorlashdan maqsadularning hayotiga tahdid soluvchi kasalliklarni (qon ketish, asfiksiya, muskullar tortishib qolishi va hakozo) bartaraf etish va oldini olish hamda ularni keyingi evakuatsiyaga bosqichlariga tayyorlash. Tibbiy yordamning boshqa bir turi shifokorgacha bo‘lgan yoki birinchi tibbiy yordam turlari ham farqlanadi. Ushbu yordam turlari birinchi yordam turidan tibbiy xodimlar(hamshira, feldsher)ning ko‘proq ishtirok etishi bilan farqlanishi mumkin. Birinchi tibbiy yordam agar tibbiyot xodimlarining (hamshira, feldsher) ishtiroki ko‘proq bo‘lsa, u quyidagilarni o‘z ichiga olishi va ular tomonidan ko‘rsatiladigan yordam muddati 1 soatgacha uzayishi mumkin: 3 - asfiksiyani bartaraf etish (og‘iz va burun bo‘shlig‘ini tozalash, kislorod bilan nafas oldirish, qo‘lda nafas olish apparati bilan nafas berish); - antidotlar yuborish yoki ichirish; - og‘riq qoldiruvchi vositalarni yuborish (shu jumladan, novokain blokadasi) va muskullar tortishiga qarshi dorilarni yuborish; -qusishga qarshi hamda tinchlantiruvchi dorilarni yuborish; - qo‘yilgan jgutni tekshirish va nazorat qilish; -zarur bo‘lgan hollarda simptomatik dori vositalari, yurak-qon tomir va nafas olishni yaxshilaydigan dorilar yuborish; -standart taxtakachlar yordamida shikastlanuvchining harakatsizligini ta’minlash va transport vositalari yoramida tashishga tayyorlash; - infeksiyalarning oldini olish uchun yallig‘lanishga qarshi dorilar, antibakterial preparatlar berish yoki buyurish; - havo harorati past bo‘lganda isitish, issiq ichimlik ichirish (qorin sohasida jarohatlar bo‘lmagan hollarda) va h.k.; - aseptik bog‘lamlar qo‘yish. Zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda ko‘rsatiladigan ushbu tadbirlar ma’lum tashkiliy tadbirlar asosida olib borilishi lozim. Shuning uchun zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish va davolashni tashkil etish asoslarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Favquloddavaziyatlarda jabrlanganlarning barchasiga to‘la qonli tibbiy yordam ko‘rsatishning imkoni bo‘lmaydi. Shu sababli tibbiy yordamni bosichma- bosqich tashkil etish lozim bo‘ladi. Tibbiy yordamning bosqichma-bosqich tashkil qilinishi - har bir aniq holatda kim tomonidan qanday yordam ko‘rsatish lozimligi shikastlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligi oshishiga xizmat qiladi. Zilzilada jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan, eakuatsiya bosqichlarida tibbiy yordam ko‘rsatish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 1. Tibbiy muassasadan tashqarida – favqulodda vaziyat o‘chog‘ida (zonasida), shikastlanganlarni yig‘ish joyida, evakuatsiya jarayonida. Ushbu sharoitda birinchi yordam, birinchi tibbiy yordam va shifokorgacha bo‘lgan yordam turlari ko‘rsatilishi mumkin. 2. Kasalxona sharoitida – sutka davomida tibbiy nazorat va davo muolajalari olib borish imkoni mavjud bo‘lgan sharoitda. Ushbu sharoitda birinchi shifokor yordami, malakali tibbiy yordam, ixtisoslashgan tibbiy yordam, yuqori texnologik tibbiy yordam turlari, ko‘rsatilishi mumkin. 3. Ambulatoriya sharoitida – sutka davomida tibbiy nazorat olib borilmaydigan, lekin tibbiy yordam ko‘rsatish mumkin bo‘lgan sharoitda. Ushbu sharoitda birinchi shifokor yordami ko‘rsatiladi. Shunday qilib, tibbiy yordam ko‘rsatish muammolarini hal qilishning tashkiliy qismi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ya’ni, zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish ikki bosqichda (kasalxonagacha bo‘lgan va kasalxona bosqichlarida) amalga oshiriladi. Ushbu tibbiy yordam ko‘rsatish bosqichlari tibbiy evakuatsiya sharoitigagina tushmasligi mumkin. Shuning uchun evakuatsiya bosqichlaridagi tibbiy yordam 4 alohida o‘rganilishi lozim. Tibbiy evakuatsiya bosqichlarida quyidagi vazifalarni bajaruvchi qo‘shimcha tuzilmalar tuziladi: tibbiy evakuatsiyaning ma’lum bosqichida bo‘lgan jabrlanuvchilarni qabul qilish, hisobga olish va tibbiy saralash; - agar zarur bo‘lsa, jabrlanuvchilarni qisman, ba’zi hollarda to‘liq sanitar ishlovdan o‘tkazish (zararsizlantirish va dezinfeksiya qilish); - shshikastlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish (davolash); - diagnostik tekshirishlar o‘tkazish; - boshqa joyga evakuatsiya qilinishi lozim bo‘lgan jabrlanuvchilarni joylashtirish; - yuqumli kasallikka chalingan bemorlarni va boshqalar uchun xavfli bo‘lgan, jiddiy ruhiy kasallikka chalinganlarni ajratish (alohidalash); 1-rasm Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling