Mavzu: kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish mashg‘ulot maqsadi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
1.9 (1)
Uzoq ezilish sindromi. Uzoq ezilish sindromi ko‘plab yumshoq
to‘qimalarning uzoq vaqt yuk ta’sirida ezilishi natijasida kelib chiqadi. Uning umumiy va mahalliy belgilari mavjud. Umumiy belgilar shok, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va mioglobinuriyadan (siydik orqali mioglobulin moddasining chiqishi) iborat. Uzoq ezilish sindromi, zilzila va binolar qulashi paytida uchraydi. Masalan, Ashxoboddagi yer qimirlashi paytida shikastlanganlarning 3,5% da bu sindrom kuzatilgan. Xirosimadagi atom bombasi portlashi oqibatida esa 20% kishilarda bu holat aniqlangan. Uzoq ezilish sindromi uch davrda kechadi: erta, o‘rta va kech davrlar. Erta davrda (2–3 kun davom etadi) bosib turgan og‘irlikdan xalos etilganlarda umumiy va mahalliy belgilar erta (bir necha o‘n minut yoki bir necha soat o‘tgach) ko‘zga tashlanadi. Mahalliy belgilar ezilgan joyning tez shishishi, terining ko‘karishi va sovishi bilan namoyon bo‘ladi. Keyinchalik esa terida pufakchalar hosil bo‘lib, pufak ichida qontalashgan suyuqlik paydo bo‘ladi. Ana shu davrda rivojlana boshlaydigan gemodinamik o‘zgarishlar (qon bosimining pasayishi, yurak urishining tezlashuvi va b.) boshlang‘ich davr uchun xos bo‘lgan umumiy belgilardir. Uzoq vaqt davomida ezilib yotgan odam (1–2 sutka), ko‘pincha, qutqarib olinganidan so‘ng bir necha soat ichida hayotdan ko‘z yumadi. Ba’zan bitta oyoq yoki qo‘l bosilib qolishi mumkin. Qutqarib olingandan so‘ng qo‘l yoki oyoq oqargan, sovugan, barmoq uchlari ko‘kargan bo‘ladi. Suyaklar, ko‘pincha, zararlanmaydi. Sezish hissi yo‘qoladi. Tomir urishi aniqlanmaydi. Bir necha kun ichida ezilgan qo‘l va oyoqlar shishib, ikki-uch barobar kattalashib ketadi. Ikkinchi o‘rta davr (3 kundan 10–12 kungacha). Bunda ko‘z oqining sarg‘ayishi, tomir urishining tezlashuvi, qon bosimining tobora pasayishi, plazma yo‘qotilishi, qonning quyulishi va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi belgilari kuzatiladi. O‘tkir buyrak yetishmovchiligi dastlabki soat va kunlardan kuzatilib, bu vaqt mioglobulinuriya tufayli siydik qo‘ng‘ir rangga kiradi. Keyinchalik buyrakning siydik chiqarish faoliyati buzilib, qonda azot miqdori oshib ketadi. Bu davrda ham bemor darmoni quriydi, qusadi, og‘ir hollarda 3– 7 - kungakelib hushdan ketadi. Og‘ir zaharlanish oqibatida kelib chiqadigan yurak yetishmovchiligi o‘limga sabab bo‘ladi. 8 Uchinchi kechki davr. Kasallik unchalik og‘ir kechmaganida ikkinchi hafta oxiridan to 3 oygacha davom etadi. Bunda buyrakfaoliyati asta-sekinlik bilan tiklanib, siydikda silindr, oqsil, eritrotsitlar yo‘qolib boradi. Yumshoq to‘qimalarning ezilish hajmi va davomiyligiga qarab bu sindromning yengil, o‘rtacha og‘irlikdagi, og‘ir va o‘ta og‘ir darajalari yoki kechish turlari farqlanadi. Yengil darajasi yoki turi yumshoq to‘qimalar kam muddat (4 soatgacha) davomida og‘irlik ostida ezilgan holatlarda kuzatildi: bunda buyrak faoliyati bir oz buzilib, bir necha kun ichida bemor sog‘ayib ketadi. O‘rtacha og‘irlik darajasi yoki turida yumshoq to‘qimalar og‘irlik ostida 6 soatgacha qolib ketganda kuzatilib, bir necha kun mobaynida siydik mioglobin hisobiga rangi o‘zgaradi. Bemor kamharakat bo‘lib qoladi, ko‘ngli ayniydi, zaharlanish belgilari paydo bo‘ladi, qon zardobida mochevina va kreatinin miqdori oshadi. Og‘ir darajasi yoki turida (yuk ostida 6–8 soat qolib ketganda) shok hamda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi belgilari: ko‘ngil aynishi, qusish, hushdan ketish kuzatiladi. siydikda oqsillar, xilma-xil silindrlar miqdori oshib ketadi. Qonda esa azot miqdori ko‘tariladi. Buyrak mutlaqo siydik ajratmay qo‘yadi. O‘ta og‘ir darajasi yoki turi 6–8 soatdan ziyodroq yuk ostida qolib ketganda kuzatilib, kuchli shok, qonda azot miqdorining ko‘tarilishi, buyrak siydik ajratmay qo‘yishi bilan xarakterlanadi. Jabrlanganlar bir-ikki kun ichida o‘ladilar. Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam voqea sodir bo‘lgan joyda ko‘rsatiladi. Ezilgan soha bosib turuvchi yukdan xalos etilmasdan turib yoki xalos etilgandan zahoti shikastlangan sohadan yuqoriroqqa jgut qo‘yiladi. Ezilgan soha bog‘lov materiallari bilan qattiq bog‘lanadi va harakatsizligi ta’minlanadi. Shikastlangan soha iloji boricha sovitiladi. Zudlik bilan transportirovka qilinadi. Zilziladan so‘ng talafot ko‘rganlarning 1/3 qismida ezilish sindromining og‘ir turlarini uchratish mumkin. Bunda shikastlanganlarning 1/3 qismida bu sindromning namoyon bo‘lishi minimal bo‘ladi. Armanistondagi zilzila paytida kuzatilgan uzoq ezilish holatlari odatdagi ana shunday hollardan farq qilmadi. Birinchi kunlardayoq jabr ko‘rganlarda ezilgan to‘qimalar va autoliz mahsulotlari qonga so‘rilishi natijasida organizmning jarohatdan keyingi zaharlanish belgilari yuzaga keldi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling