Mavzu: kuchli zilzila oqibatida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish mashg‘ulot maqsadi


-o‘quv savoli. Jabrlanganlarni vayrona hududidan olib chiqish usullari


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana16.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1516210
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1.9 (1)

3-o‘quv savoli. Jabrlanganlarni vayrona hududidan olib chiqish usullari 
Zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda ko‘plik vayronalar tagida yoki 
vayronalar elementlari xavfi ostida qoladi. Bunday sharoitda shikastlanganlarni 
vayrona hududidan olib chiqish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu ishda 
qutqaruvchilardan tashqari aholi ham faol ishtirok etishi kerak. Shuning uchun 
jabrlanuvchilarni vayronalar hududidan olib chiqish usullari bilan barcha tanish 
bo‘lishlari kerak. 
Zambil yordamida jabrlanuvchilarni tashiganda quyidagi qoidalarga amal 
qiling: 
1. Jabrlanuvchini zambilga yotqizishdan oldin uning yaralanish yoki 
jabrlanish xarakterini hisobga oling. Chunonchi, umurtqa pog‘onasi singanda 
zambilga faner yoki taxta qo‘yilib, shundan keyingina jabrlangan kishi yotqiziladi. 


10 
2. Jabrlanuvchi qusganda yoki qusish ehtimoli bo‘lganda yoki pastki jag‘i 
shikastlanganda uni yuz tuban yotqizing. Bunda jabrlanuvchinig bukilgan tirsagi 
tagiga palto, kostyum yoki yostiq qo‘yib boshini bir tomonga burib qo‘ying. 
3. Tos suyagi singan jabrlanuvchini chalqancha yotqizing, oyog‘ini bukib 
tagiga kiyim, adyol yoki boshqa qo‘l ostida bo‘lgan vositalarni bolish qilib qo‘ying. 
4. Ko‘krak qafasi jarohatlangan jabrlanuvchini suyab o‘tqizib qo‘ying. 
5. Tekis joyda va balandlikka chiqishda jabrlanuvchining boshi old tomonda, 
pastlikka tushishda esa orqa tomonda bo‘lishini ta’minlang. Har ikkala holatda ham 
zambilning bir tomonini bir oz ko‘tarib jabrlanuvchining gorizontal holatda 
bo‘lishiga harakat qiling.
6. To‘siq, ariq, transheya, yoriqlar va boshqa to‘siqlardan o‘tishda quyidagi 
qoidaga amal qiling: 
zambilchilar zambilning ikkala tomoniga o‘tib turishlari, zambil dastagidan 
tutishlari, zambilni ehtiyotlik bilan ko‘tarishlari va uning old tomonini to‘siqqa 
qo‘yishlari kerak. Shundan keyin bir kishi zambilning orqa uchidan tutib turadi
ikkinchisi esa to‘siqdan o‘tadi va zambilni qabul qilib oladi. Keyin uni birgalikda 
to‘siq tepasidan olib o‘tishib zambilning oyoq tomonini to‘siq ustiga qo‘yishadi. 
Shundan so‘ng ikkinchi zambilchi to‘siqdan o‘tadi, zambilni o‘zi ko‘targan 
tomonidan tutadi va ikkalasi yurishni davom ettirishadi. 
2-rasm 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling